Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YANGI IMKONIYATLAR GAROVI

21.11.2022 1417

Gulchehra Bozorova, Navoiy viloyati

Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab mamlakatda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida islohotlar hayotning barcha sohalari bilan  uzviy bogʻliq holda amalga oshirilmoqda. Yоshlarimizning barkamol boʻlib yetishishida mahalla, oila, jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalari alohida oʻrin egallaydi. Kelajak avlod haqida qaygʻurish, sogʻlom, barkamol insonni voyaga yetkazishga intilish xalqimizga xos milliy xususiyatlardandir. Darhaqiqat, barkamol avlod dastlab oilada vujudga keladi, oila muhitida yaxshi yoki yomon insonlar boʻlib voyaga yetadi.  

Yangi Oʻzbekistonni bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2021-yil mamlakatimizda  Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb nomlanishi bejiz boʻlmadi. Prezidentimiz tomonidan taʼlim va yoshlar siyosati boʻyicha qoyilgan bir qancha muhim takliflari oz ijobiy yoʻlini topmoqda. Jumladan, maktab taʼlimini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish, taʼlim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, oʻquv dasturlari, oʻqituvchi va domlalar uchun metodik qoʻllanmalarni ilgʻor xalqaro dasturlarga moslashtirish kabi bir qator ishlar amalda oʻz tasdigʻini topmoqda.

Oliy oʻquv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga koʻpaytirib, 2 mingtaga yetkazishi, aʼlo baholarga oʻqiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalarning joriy etilishi – davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan maqsadli va rejali ishlar zamirida yoshlarni zamonaviy bilim, tajriba, milliy hamda umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil, mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazishdek muhim masaladir.

Yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha hududlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqa. Bu maskanlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida bisnes bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar shakllantiriladi, “startap” loyihalarga yordam ko‘rsatadi. Bu jarayonda, albatta, o’ziga yarasha xarajatlar boʻlishi, bu xarajatlarning xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanligini anglashimiz kerak. Haqiqatan ham, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda, kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq.

Yoshlarga berilayotgan bu eʼtibor, oʻz mevasini bermoqda. Bunga yoshlarimiz xalqaro va respublika miqyosida erishayotgan yutuqlari yaqqol dalildir. Mazkur islohotlarning samarasi oʻlaroq kelajagimiz bunday yoshlar qoʻlida porloq boʻlishiga hech qanday shubha yoʻq. Chunki aynan bugungi yoshlar ertangi kunimizning, Yangi Oʻzbekistonning, Uchinchi Renessansning poydevori hisoblanadi.

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish