Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

23.8.2023 2997

Shahlo BEGIMQULOVA, Jizzax shahridagi 22-maktabning tarix fani o‘qituvchisi

Davlat ramzlariga nimalar kiradi? O‘zbekiston Respublikasining maydoni va aholisi qancha? Yurtimizda qanday orden, medal va nishonlar ta’sis etilgan? Mamlakatimizda qanday daryo va ko‘llar bor? Siz yashayotgan tuman va shahar nechanchi yil tashkil etilgan? Atrofingizdagi tog‘, o‘lka va ziyoratgohlarni bilasizmi? O‘zbekistonning qanday sun’iy suv havzaliri bor?..

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan maktabimizda o‘tkazilgan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” mavzuidagi interfaol tadbirda o‘quvchi-yoshlar “Vatan” va “Zamon” guruhlariga bo‘linib, ana shunday qiziqarli va muhim savollarga javob berishdi. O‘quvchilar Vatan haqida qo‘shiq va she’rlar aytishib, xalq maqollari va aforizmlardan namunalar keltirishdi. Davlat ramzlari va mustaqillikka oid ko‘zgazma ham tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida barcha shartlarni a’lo bajargan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. So‘ng tabiat qo‘yniga borib, atrof-muhitni asrab-avaylash bo‘yicha bilimlarini oshirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish