Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yangi O‘zbekistoning yangi Konstitutsiyasi — erkin va farovon kelajagimiz poydevori

13.5.2023 949

Botirxo‘ja Sayfixo‘jayev, TDYU xodimi

Mana chorak asr davomida mamlakatimizdagi tub islohot va o‘zgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa uning haqiqatan ham xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjat ekanidan dalolat beradi.

Mana shu so‘zning dalili sifatida shuni takidlash joizki, 2023-yil 30-aprel mamlakatimiz uchun muhim siyosiy tadbir referendum o‘tkazildi. Ushbu siyosiy tadbirda mamlakatimiz aholisi faol ishtirok etdi. Xususan, men ham mana shu tadbirda o‘z fuqarolik pozitsiyamdan foydalangan holda ishtirok etdim.

Referendum to‘g‘risidagi qonunga binoan, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga taklif etilgan o‘zgarishlar O‘zbekiston xalqi tomonidan ma’qullandi. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning Konstitutsiyasiyaga, umuman olganda, O‘zbekiston qonunchiligiga befarq emasliklaridan dalolat beradi.

Yangi Konstitutsiyaning Muqaddimasida shunday bayon etiladi: “Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda eʼlon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli  jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini koʼpaytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini taʼminlashni maqsad qilgan holda, ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va eʼlon qilamiz” deb bayon qilingan.

Konstitutsiyamizda e’tibor beriladigan yana bir tarafi bu advokatura sohasidir. Advokatura endi bu soha Konsitutsiya bilan qa’tiy belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyamizning 14-bob 141- va 142-moddalarida quydagilar nazarda tutiladi: “Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Аdvokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi. Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi hamda Аdvokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Аdvokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar taʼminlanadi. Аdvokat, uning shaʼni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi”. Endilikda Advokat o‘z mijozi bilan emin-erkin bemalol gapalasha oladi va faoliyat ko‘rsatyotganda uning faoliyati aralashuvga yo‘l qo‘yilmaslik Konsitutsiya bilan belgilab qo‘yildi.

Konstitutsiyamiz o‘zining insonparvarligi bilan ham ajralib turadi. Unga ko‘ra Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning taʼlim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini taʼminlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi. Ma’lumki, Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonlaridan hozirgi kunda biz yoshlarga ham juda katta imkonyatlar berilmoqda. Aynan shu ham Konsitutiyada belgilab qo‘yildi, ya’ni “Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi”.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish