Quyidagilar yetakchining asosiy majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Yoshlar ishlari agentligi Hay’ati va rahbariyatining normativ-huquqiy hujjatlari, buyruq va farmoyishlari topshiriqlari va ko‘rsatmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ huquqiy hujjatlari bilan ushbu o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq mahallada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish;
mahallada yoshlar o‘rtasida shakllanayotgan salbiy holatlar (sodir etilishi rejalashtirilayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklar va boshqalar) yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga o‘z vaqtida xabar berish;
ish beruvchining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
ish tartibi, ichki mehnat intizomi, ijro intizomi, ichki tartib-qoidalari, ushbu
yo‘riqnoma va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish;
jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
Yoshlar ishlari agentligi tizimiga (faoliyati bilan bog‘liq) aloqador tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda takliflar orqali ishtirok etish va davlat tilida ish yuritish qoidalariga to‘liq rioya qilish;
faoliyatiga aloqador holda mehnat va ijro intizomi, bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar berish;
faoliyatida foydalanish uchun berilgan tovar-moddiy boyliklardan samarali
va oqilona foydalanish.
Yetakchi “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron
platformalariga kiritiladigan hamda u tomonidan taqdim etiladigan
ma’lumotlarning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga mas’ul va javobgar hisoblanadi.
Yetakchi beriladigan tavsiyalarning asosliligi, haqqoniyligi va adolatliligi uchun
shaxsan mas’ul hisoblanadi.