Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YOSH OILALAR UCHUN IMKONIYATLAR

27.8.2022 4550

Prezidentimizning 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, yosh oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga doir kafolatlar belgilangan. Jumladan, ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratilishi nazarda tutilgan.

 

Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari:

 

Yosh oila toifasiga mansubligini tasdiqlash uchun er-xotinning shaxsiga doir hujjatlar va nikoh guvohnomasi nusxasini taqdim etish lozim bo‘ladi. Taʼkidlash lozimki, imtiyozdan foydalanish to‘g‘risida ariza berilgan paytda er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak yoki ayol – “Yosh oila” sifatida eʼtirof etiladi.

 

Murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish