Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

12 shaxmatchimiz FIDE reytinglarida

3.4.2024 131

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Xalqaro shaxmat federatsiyasi mart oyi yakunlariga ko‘ra, turli yo‘nalishlar va yosh toifalari bo‘yicha dunyoning eng kuchli shaxmatchilarining yangilangan reytinglarini e’lon qildi.

O‘zbekistonning 12 nafar mahoratli shaxmatchisi FIDEning yangilangan reyting ko‘rsatkichlaridan joy oldi.

FIDE ning aprel oyi holatidagi yangilangan eng kuchli shaxmatchilarning TOP-100 lik reytingini Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Xikaru Nakamura boshqarayotgan bo‘lsa, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 4-o‘rinda qayd etildi. O‘zbekiston shaxmat maktabi vakillaridan Rustam Qosimjonov 48, Javohir Sindorov 50, Nodirbek Yoqubboyev 69-pog‘onalardan joy olishdi. 

FIDE e’lon qilgan 20 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli shaxmatchilar yuzligini Nodirbek Abdusattorov boshqarayotgan bo‘lsa, Javohir Sindorov 6, Muhiddin Madaminov 46-o‘rinda ko‘rinish berdi.

20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchi qizlarning kuchli yuzligida Afro‘za Hamdamova 17-o‘rindan joy oldi, ayollar o‘rtasidagi blits va rapid yo‘nalishidagi kuchlilar ro‘yxatida Afro‘za va Umida Omonovaning nomlari keltirilgan.

Bundan tashqari, FIDEning turli reytinglaridan mamlakatimiz aql gimnastikachilaridan Muhammadzohid Suyarov, Shamsiddin Vohidov, Olmos Rahmatullayev, Humoyun Bekmurodov ham o‘rin egalladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish