Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

20 405 nafar yoshning muammolari hal qilindi

22.11.2023 1391

Shavkat Rahmonov, Buxoro viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi

Buxoro viloyatida yoshlarning muammolarini hal etishda “Yoshlar daftari” asosiy platform vazifasini bajarmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 25 431 nafar yoshdan 20 405 nafarining muammolari hal qilinib, daftardan chiqarildi. Bu maqsadlar uchun jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 44,4 milliard soʻm sarflandi. Jumladan, ularga quyidagi yoʻnalishlarda yordam ko‘rsatildi:

– 5 156 nafari – ish bilan taʼminlandi;

– 4 073 nafariga – kontrakt pullari toʻlab berildi;

– 1 657 nafar yosh – asbob-uskuna va mehnat qurollari bilan ta’minlandi;

– 1 397 nafar yoshning – davolanish xarajatlari qoplab berildi;

– 1 185 nafar yoshga – imtiyozli kreditlar ajratildi;

– 666 nafariga – yer maydoni berildi;

– 544 nafari – zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga bepul oʻqitildi;

– 634 nafar yoshda – SChR badali toʻlab berildi;

– 5 123 nafariga – boshqa turdagi yordamlar koʻrsatildi.

Bugungi kunda “Yoshlar daftari”da turgan 5 mingdan ziyod yoshning muammolari hal qilish jarayonida turibdi. Ular quyidagi yordamlarni so‘ragan:

– 330 nafari – bir martalik moddiy yordam;

– 59 nafari – tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish;

– 54 nafari – haydovchilik kurslarida o‘qish;

– 4 nafari – urugʻlik va koʻchatlar sotib olish;

– 824 nafari – asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish;

– 2 302 nafari – o‘qishi uchun kontrakt pullaprini to‘lab berish;

– 311 nafari – zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni bepul oʻrganish;

– 150 nafari – ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslarida oʻqish;

– 198 nafari – davolanish xarajatlarini toʻlab berish;

– 80 nafari – SChR badalini toʻlash;

– 20 nafari – 12 oygacha turar joy ijara pullarini toʻlab berish;

– 19 nafari – fuqarolik pasporti (biometrik pasport) olish xarajatlarini toʻlab berish;

– 3 nafari – olimpiada, tanlov va musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish uchun koʻmaklashish;

– 12 nafari – maktab formasi olib berish;

– 13 nafari – olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish;

– 578 nafari – ish bilan bandligini taʼminlash;

– 29 nafari –  tadbirkorlik faoliyatini boshlash;

– 27 nafari – ekin maydoni ajratish;

– 2 nafari – pulli psixologik xizmat koʻrsatish;

– 8 nafari – noturar joyning 12 oygacha boʻlgan ijara xarajatlarini qoplab berish.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish