Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

21 YILLIK “KAMALAK”

14.11.2022 734

Muhammadjon KOMILJONOV, “Kamalak” bolalar tashkiloti bo‘lim boshlig‘i

21 yildirki O‘zbekiston yosh­lar ittifoqi qoshida 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rta­sida ixtiyoriylik, oshkoralik, huquq va majburiyatlar tengligi tamoyili asosida “Kamalak” bolalar tashki­loti faoliyat olib bormoqda. 2001-yili tashkil topgan bolalar tashkilotiga 2002-yil 30-aprel kuni “Kamalak” nomi berildi. Shu paytdan eʼtiboran tashkilot tarkibida turli yo‘nalish­larda “Sardor” tushunchasi yuzaga keldi.

Sardor kim? Sardor so‘zini hamma yosh turlicha tushuna­di. Tabiiy yetakchilik qobiliyati­ga ega bo‘lgan o‘g‘il-qizlar esa taʼlim muassasalarida sardorlar deb ataladi. Yaʼni shunday tabiiy yetakchilik xislatiga ega bolalar orasidan sardorlar saralab olina­di hamda ular tengdoshlarini or­tidan ergashtiradi.

“Kamalak” mamlakatimizdagi yirik bolalar tashkiloti hisoblanadi. 3,5 million nafarga yaqin bolalar­ni birlashtirgan. Sinflar, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, mahalliy, hududiy va respublika bo‘ylab bu­gungi kunda 330 ming nafardan ziyod sardorlar o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Tashkilot fidoyilari tashab­busi bilan har yili anʼanaviy loyihalar tashkil etib kelinadi. “Ka­malak” bolalar tashkiloti sardor­lari qalbiga chuqur kirib borgan “Vatan, do‘stlik va xalqparvarlik uchun!” shiori ostidagi respub­lika anjumani, “Kamalak bilim­donlari”, “Eng namunali Sardor­lar Kengashi”, “Yil sardori” tan­lovlari, “Kamalak yulduzlari” bo­lalar ijodiyoti festivali, “Aʼlo taʼtil”, “Kamalak”da mehmonda”, “Yozni “Kamalak” bilan!” loyihalari, “Bo­lalar ligasi” futbol musobaqasi va Sardorlar forumlari shular jumlasidandir.

“Kamalak” bolalar tashkilo­ti – hayot maktabi. Qachonlardir men ham Sardor bo‘lganman. Bolaligimning eng yorqin damlari “Kamalak” bilan bog‘liq! Bugun shu tashkilotda faoliyat olib boryap­man. Bu esa yelkamdagi masʼuli­yatni ikki karra oshiradi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish