Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

"Aqlli mamlakatlar" reytingi: O'zbekiston 80-o'rinni egalladi

27.2.2024 392

Yoshlar ovozi

International IQ test portali tomonidan 2023-ylgi reyting e'lon qilindi. Aniqlanishicha, Janubiy Koreya, Xitoy va Eronda yashovchi odamlar eng yuqori IQ darajasiga ega. Oʻzbekiston 80-o'rinda qayd etilgan.

Natijalar nimaga asoslangan?

Qayd qilinishicha, IQ test reytingi International IQ test portali orqali ixtiyoriy testdan o‘tgan odamlarning natijalariga asosan tuzilgan. 2023-yilgi hisobotga ko‘ra, 115 mamlakatdan qariyb 1,7 mln kishi bu testni topshirgan.

Insonning o‘rtacha IQ darajasi 100 ballni tashkil qiladi. 100 dan yuqori qiymatlar o‘rtachadan yuqori, 100 dan past qiymatlar o‘rtachadan past deb hisoblanadi. IQ darajasi 70 balldan past bo‘lsa, aqliy zaiflik mavjudligini ko‘rsatadi.

2023-yilgi IQ darajasi reytingi quyidagicha:

1.Janubiy Koreya: 107,54 ball
2.Xitoy: 106,99 ball
3.Eron: 106,84 ball
4.Yaponiya: 106,18 ball
5.Singapur: 106,18 ball
6.Avstriya: 102,71 ball
7.Kanada: 102,6 ball
8.Germaniya: 102,36 ball
9.Sloveniya: 102,31 ball
10.Mo‘g‘uliston: 102,3 ball

64. Qozog‘iston: 97,26

80. O‘zbekiston: 94,81

89. Qirg‘iziston: 93,46

97. Tojikiston: 92,1


Ro‘yxatning eng oxirida Gabon, Kongo, Angola, Kongo DR, Kot-d’Ivuar, Nikaragua va Gvatemala kabi davlatlar joy olgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish