Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Bandlik, e’tibor va natija

6.12.2023 936

Umid Bahromov, Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i

Yoshlar bandligini taʼminlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2023-yilda Navoiy viloyatida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 14 909 nafar yoshdan 12 809 nafarining muammolari hal etildi.

“Yoshlar daftari”ga murojaat etgan o‘g‘iz-qizlarning muammolarini hal etishdi, birinchi nafbatda, ularning doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishi uchun poydevor yaratishga e’tibor qaratildi. Jumladan, 625 nafar yoshga asbob-uskunalar xarid qilish, oʻzini-oʻzi band qilishi uchun subsidiya ajratildi. 2 599 nafar yoshlarga kontrak-shartnoma pullari, 833 nafariga davolanish uchun, 607 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezirvi badal pullari toʻlab berildi. 4 357 nafar yosh doimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi. Koʻrsatilayotgan yordamlar yoshlarning o‘z kelajagini o‘zi belgilashi, bunyod etishi uchun imkoniyatdir.

Joriy yil mobaynida “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarida 28,6 milliard soʻm mablagʻ shakllantirilib, viloyatdagi yoshlarga jami 27,2 milliard soʻmlik amaliy koʻmak koʻrsatildi.

Viloyatdagi ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida viloyat boʻyicha mahallabay o‘rganishlar asosida “Yoshlar bandligi dasturi” ishlab chiqildi. Dasturga kiritilgan jami 14 040 nafar ishsiz yoshning 12 656 nafari bandligi taʼminlandi. Shundan 7 712 nafar yoshga 194,8 milliard soʻmlik bank krediti ajratildi.

O‘tgan o‘quv yilida 10 620 o‘quvchi umumtaʼlim maktablarini tamomlab, ularning 6 227 nafari OTMga qabul qilindi. Qolgan 1 065 nafari professional taʼlimga qamrab olindi. Rejaga ko‘ra, 3 328 nafar bitiruvchining bandligini taʼminlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shu vaqtgacha 3 256 nafari ishga joylashtirildi.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yoshlarning boʻsh vaqti – yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida viloyatda 6 735 mingta tadbir oʻtkazilib, 617 232 nafar yosh qamrab olingan.

Xususan, yil mobaynida 3 ta yosh toifasida 14 ta yoʻnalish boʻyicha yoshlar oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 1-mavsumi tashkil etildi. Bu mavsumda jami 212 008 nafar yosh onlayn roʻyxatdan oʻtdi, bu koʻrsatkich har bitta mahalla kesimida oʻrtacha 643 nafardan toʻgʻri keldi. Olimpiadaning respublika bosqichida Navoiy viloyatidan jami 311 nafar yosh ishtirok etib, 24 ta medalni qoʻlga kiritdi (8 ta oltin, 11 ta kumush va 5 ta bronza).

“Yoshlar oyligi” doirasida sportning shaxmat turi boʻyicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” saralash bosqichlarida viloyatning barcha mahallalaridan 8 000 nafardan ortiq yoshlar qatnashdi.

Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish hamda yoshlar yetakchilarining ish faoliyatini tahlil etish, ularga metodik va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tuman (shahar) hududlarida oʻrganish ishlari tashkil etilib, sektor rahbarlari bilan muhokamalar tashkil etildi.

Olib borilgan ishlar natijasida 261 000 nafardan ziyod yoshlarning 3 ta toifa (yashil, sariq va qizil) boʻyicha balansi shakllantirilib, ushbu yoshlar bilan ishlash maqsadida mahalla, sektor, tuman (shahar) va viloyat kesimida 4 ta yoʻnalishda (ogʻir toifa, oʻrta toifa, bandlik va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish) yoʻl xaritalari ishlab chiqildi. Viloyatdagi ogʻir toifaga mansub 7 196 yosh 286 nafar tegishli masʼul rahbarlarga biriktirildi.

Biriktirilgan masʼullar yoshlar bilan uchrashuvda ularning 3 523 ta muammosini aniqlab, bugungi kunda bu muammolarning barchasi hal etildi.

Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, “MY FAIR” MChJ, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Taʼlim va kasb – 2023” xalqaro koʻrgazmasida turli mamlakatlardan 30 dan ortiq universitet vakillari ishtirok etdi. Koʻrgazmada 1 000 nafardan ortiq abituriyentlar dunyoning yetakchi universitetlarida oʻqish yuzasidan ma’lumot va imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ish qidirayotgan yoshlarda esa xalqaro nufuzli kompaniyalarda ishlash imkoniyati paydo boʻldi.

Turli loyihalar doirasida “Zakovat intellektual klubi” NNT bilan birgalikda “Intellektual haftalik”, “Zakovat” ligasi, “Zakovat-Quiz”, “Erudit-kvartet”, “Breyn-ring” kabi 50 dan ortiq intellektual oʻyinlar tashkil etilib, ularda 2 800 nafarga yaqin yoshlar faol ishtirok etdi.

Xalqaro imtihon tizimlarida (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) yuqori natijaga erishgan 513 nafar yoshga 828 million soʻmlik imtihon xarajatlari qoplab berildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida esa 701 nafar yoshlarga 5,3 milliard soʻmlik kreditlar ajratilgan.

300 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan yoshlar uchun Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlari bo‘ylab ijtimoiy sayohatlar tashkil etildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 400 nafardan ortiq yoshlarga koʻmak koʻrsatildi. Jumladan, Navoiy viloyatida “Yoshlar daftari” orqali 45 nafar yoshga mehnat qurollari berildi, 55 nafar bemor yoshlar davolatildi, 11 nafar chin yetim yoshlarga uy-joylar ajratildi, 22 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlarining sunnat toʻylari oʻtkazildi, 200 nafardan ortiq yoshlar ekin maydonlari, moddiy yordam, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.

Oʻtgan davri davomida viloyatdagi 330 ta mahallaning har birida uyushmagan yoshlardan tarkib topgan 5 nafardan “Qalqon” guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, haftaning seshanba va payshanba kunlari mahalladagi huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha inspektor bilan reyd tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Probatsiya hisobida turgan 567 nafar, profilaktik hisobda turgan 2 063 nafar, jinoyat sodir etishga moyilligi boʻlgan 100 nafar, migratsiyadan qaytib kelgan 1 820 nafar yoshlar bilan uyma-uy yurgan holda ularning muammolari oʻrganilib, jamiyatga moslashishi uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan davr mobaynida shartli ravishda ozod etilgan 48 nafar yoshlar bandligini taʼminlash, shuningdek, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun turli loyiha va tadbirlarga keng miqyosda jalb etib kelinmoqda.

Sentabr oyida “Qoʻqon shahar tajribasi” asosida mahalliy ekspertlar orqali 77 nafar tuman (shahar) masʼullaridan iborat targʻibotchilar guruhi, ular ko‘magida 1 650 nafar mahalla “beshligi” masʼullari toʻliq oʻquvlarga qamrab olindi. Qolaversa, profilaktik hisobda turgan hamda tarbiyasi og‘ir, uyushmagan 300 nafar yosh “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinida oʻqitildi hamda 200 nafar yosh “Vatanparvarlar” tarbiya va sport sogʻlomlashtirish loyihasi doirasida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi yoshlar oromgohida oʻqitildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish