Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Ibrat farzandlari”da 101 kunlik chellenj

3.4.2024 133

Ko‘pchilikka ma’lum, “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali xorijiy tillarni mutlaqo bepul, oson va kreativ usulda o‘rganish mumkin. Endi esa ushbu loyiha rus tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun 101 kunlik chellenj e’lon qildi. Bu chellenjda rus tilini o‘rganishga o‘zida motivatsiya topa olmayotgan, rus tilini bilmagani uchun ishga kira olmayotgan, to‘g‘ri “roadmap” tuza olmayotgan, shu loyiha darsliklari orqali o‘rganishni boshlab, keyin tashlab qo‘yganlar qatnashishlari mumkin.

Ishtirokchilar 1-apreldan boshlab 101 kun davomida “Rus tili/Ibrat farzandlari” telegram kanali orqali berilgan vazifalarni bajarish, chat orqali fikr almashib, rus tilida suhbatlashish imkoniyatlariga ega. Eng asosiysi, ishtirokchilar bilan suhbatimiz davomida ular uchun chellenj so‘ngida beriladigan sertifikat va sovg‘alar emas, rus tilida bemalol suhbatlasha olish muhimligini bilib oldik.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish