Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

DILDA FAXR TUYG'USI

5.7.2023 6703

Ulboʻsin MAMBETYAROVA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi “Mingjargʻan” mahallasi yoshlar yetakchisi:

– Men erishgan har bir yutuq bu – qoraqalpoq yoshlariga berilayotgan imkoniyatlarning belgisidir. Bu imkoniyatlardan foydalanish, katta marralarni zabt etish va xalq duosini olish kerak, xolos. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi menga katta ishonch bildirib, “Sendan va sen yetakchilik qilayotgan mahalladan umidimiz katta”, deya menga “Umit ishqını” koʻkrak nishonini taqqan edilar. 21 yoshimda esa Prezident sovgʻasi – “Cobalt” avtomobiliga ega boʻldim. Bu yil meni “Kelajak bunyodkori” medaliga loyiq topishdi. Bu – BAXT. Ana shu baxt hamma tengdoshimga nasib etsin.

Har kuni xalq duosida boʻlish va bor kuchimni “Rahmat, qizim, joning omon boʻlsin” degan soʻzlar uchun ishlatish oliy maqsadimga aylangan!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish