Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Endi ifloslangan suvdan toza ichimlik suvi olish mumkin

25.11.2023 1399

Kembrij universiteti tadqiqotchilari ifloslangan yoki dengiz suvidan toza ichimlik suvi va vodorod yonilg‘isi ishlab chiqaruvchi qurilma yaratishdi. Qurilma quyosh energiyasida ishlaydi.

Qurilma haqiqiy ochiq suv manbalarida sinalgan. Masalan, Kembrij markazidan oqib o‘tuvchi Kem daryosi suvlari, qog‘oz sanoatining loyqa chiqindi suvlari tozalab ko‘rildi. Sunʼiy dengiz suvi bilan sinovlarda qurilma 154 soatdan keyin ham boshlang‘ich salohiyatining 80 foizini saqlab qoldi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, fotokatalizator suvdagi ifloslanishlardan yaxshi himoyalangani va nisbatan quruq saqlangani bois, qurilma uzoq vaqt ishlab berishi mumkin.

Ushbu ishlanma uchinchi dunyo mamlakatlarida ichimlik suvi va yonilg‘i muammosini hal etishi mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish