Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Baxtli kun — bugun

23.12.2023 1071

Abror Ergashev

Ko‘pchiligimiz bugungi muammolar, g‘am-tashvishlarga to‘la hayotdan charchaganimizda, beg‘ubor, g‘am-tashvishsiz bolalik damlarimizni yodga olamiz. O‘sha davrlarga qaytishni xohlab qolamiz. Aslida, bolaligimiz rostan ham betashvish edimi?

Yo‘q, albatta. Shunchaki bizning muammolarimiz ham dunyoqarashimizga monand shakllanib boradi. Bugun mayda va arzimasdek tuyuladigan bolalikdagi hodisalar aslida bizni hozirgidan kam havotirga solmagan.

Bolalikda uydagi biron buyumni sindirib qo‘yganingizda yo maktabda o‘qituvchidan gap eshitganingizda qanchalik qo‘rqqaningizni eslang. Biroq bugungi dunyoqarash bilan qaraganda ular juda kulgili va oddiy narsalardek tuyuladi. Va biz bolalikda qanchalik baxtli bo‘lganimizni o‘ylab entikamiz.

Endi o‘ylab ko‘ring-chi, yana yigirma o‘ttiz yildan keyin bugungi muammolarni ham xuddi shunday kulib eslamaysiz, deb kim ayta oladi. Har bir davrning o‘z tashvishlari bor va ular faqat o‘z davri uchun ahamiyatli. Biroq siz qanchalik mayda va arzimas narsalar uchun tushkunlikka tushib, siqilib yurganingizni faqat kelajakdagina tushunasiz. Shuni unutmangki, siz hech qachon bugungidan baxtli bo‘lolmaysiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish