Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

G‘oliblar mahallasida sport maydonchasi quriladi

29.11.2023 3686

Munisaxon Siddiqova, Yoshlar ishlari agentligi Besh tashabbus loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalarining “A” ligasi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarga Toshkent shahri, qizlar bellashuviga Namangan viloyati mezbonlik qildi.

Musobaqaning mahalla bosqichida 761 ming 755 nafar yosh ishtirok etgan bo‘lsa, yakuniy bosqichda hududlarda g‘olib bo‘lgan 1 ming 512 nafar yosh qatnashdi.

O‘yinlar 16-21 va 22-30 yosh toifalarida o‘tkazildi. Mahalla yoshlari chapdastligi va epchilligini murosasiz bahslarda ko‘rsatdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 16-21 yoshli yigitlar bahslarida Farg‘ona viloyati, qizlar bellashuvlarida Namangan viloyati yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 22-30 yosh toifasida esa g‘alaba buxorolik yigitlar hamda jizzaxlik qizlarga nasib etdi. Qashqadaryolik yigitlar har ikki yosh toifasida ham vitse-chempionga aylandi.

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. “A” liga bahslarida g‘alabani qo‘lga kiritgan yoshlar mahallasiga zamonaviy sport maydonchasi qurib beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish