Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

391$ dan 1097$ gacha: Toshkentda ijara uy narxlari qancha?

22.4.2024 139

Uz24

Avvalroq Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etayotgani haqida xabar bergan edik. Xo‘sh, narxlar hozirgi kunda qanday bo‘lmoqda? Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning mart oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi

2024-yil mart oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan fevral oyiga nisbatan o‘rtacha 0.6% ga pasayib, $391 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 1.2% ga arzonlab, o‘rtacha $436 gacha tushdi. Shuningdek, o‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari mos ravishda 0.2% va 0.4% ga pasayib, o‘rtacha narxlar $513 va $591 ni tashkil etdi. 

Nisbatan arzon narxlar 

O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $354, 2 xonali - $386 ,3 xonali - $435, 4 xonali - $441), Olmazor (1 xonali - $359, 2 xonali - $414, 3 xonali - $454, 4 xonali - $489) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali - $463, 2 xonali - $518, 3 xonali - $620, 4 xonali - $819) va Shayxontohur (1 xonali - $437, 2 xonali - $456, 3 xonali - $537, 4 xonali - $624) tumanlarida kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan uylar ijara narxlari

Mart oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari $472 ni tashkil etib, o‘tgan fevral oyiga nisbatan 0.8%ga tushgan bo‘lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda $644 va 1.1% ni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida ($788) ham biroz (0,3%) tushish kuzatildi. Shuningdek, to‘liq ta’mirlangan 4 xonali uylar o‘rtacha ijara narxlari ham 0.9% tushib, $909 gacha pasaygan.

Qaysi tumanlarda arzonroq?

To‘liq ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $394, 2 xonali - $449, 3 xonali - $556, 4 xonali - $646) va Uchtepa (1 xonali - $396, 2 xonali - $496, 3 xonali - $622, 4 xonali - $646) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali - $567, 2 xonali - $844, 3 xonali - $1024, 4 xonali - $1097) va Shayxontohur (1 xonali - 556$, 2 xonali - $845, 3 xonali - $1050, 4 xonali - $1024) tumanlarida kuzatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish