Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston yozgi Olimpiyadalarda: ilk ishtirok, eng yaxshi va yomon natijalar, birinchi oltin medal

8.8.2024 587

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV

Ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahri XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.  26-iyul kuni boshlangan olimpiada 11-avgustga qadar davom etadi. 

Bu yilgi olimpia bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zbek sporti tarixidagi record ko‘rsatkich 19 ta sport turidan jami 90 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Shuningdek, sport turlari orasida debyut yo‘nalishlar ham bor. Futbol bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqib, ishtirok etib qaytishdi. Kamondan o‘q otish sport turida ham hamyurtlarimiz “Olimp cho‘qqisi”ni zabt etishga urinib ko‘rishdi.

Xo‘sh, O‘zbekiston qachondan buyon Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmoqda? Erishilgan natijalar qanday? Bu haqda Yuksalish umummilliy harakati ma'lumot berdi.

Ilk ishtirok

Sportchilarimiz mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i ostida yozgi Olimpiya oʻyinlarida ilk bor 1996-yilda AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiyada oʻyinlarida qatnashdi. Shundan beri yurtdoshlarimiz olimpiadagi ishtiroklarini kanda qilishmayapti. Atlanta olimpiadasi oʻyinlarida dzyudochi Armen Bagdasarov yozgi Olimpiya oʻyinlari tarixida Oʻzbekistonning ilk medalini (kumush medal) taqdim qilgani bilan ahamiyatli. Bokschi Karim Toʻlaganov esa bronza medaliga sazovor boʻlgan. Shu tariqa mustaqil Oʻzbekiston uchun ilk yozgi Olimpiya oʻyinlari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlangan.

Eng yaxshi va eng yomon natijalar

Olimpiya bahslaridagi eng yaxshi natijamiz 2016-yil Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida qayd etilgan: 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza! Eng yomon natija esa 2012-yil London olimpiadasiga tegishli: 2 ta bronza.

Ilk oltin medalni kim olgan?

Yozgi olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston uchun ilk oltin medal olib kelgan sportchi Muhammadqodir Abdullayev. U boks sport turi bo‘yicha Sidneydagi olimpiadada barcha raqiblarni yengib, yurtimiz uchun tarixiy natijaga sabab bo‘lgan.

Olimpiada o‘yinlari rekordchisi

O‘zbekiston iftixori Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlari rekordchisi hisoblanadi. Oksana sport gimnastikasi bo‘yicha 8 marta olimpiadada qatnashib, Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. U 2008-yilgi Pekin olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi 1994-2021-yillarda yettita yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashib, 12 oltin, 7 kumush va 20 bronza medalini qo‘lga kiritgan.

2024-yilda O‘zbekiston delegatsiyasi eng ko‘p ayol sportchilar bilan ishtirok etmoqda: 32 nafar ayol-qizlar. Bu sportga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi kun natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 1 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Oldinda medallar uchun kurashiladigan asosiy sport turlari bizni kutmoqda.  

 

Oltin medallar:

  1. Muhammadqodir Abdullayev – boks
  2. Artur Taymazov (3 ta: 2004, 2008, 2012) – erkin kurash
  3. Aleksandr Dokturishvili – yunon-rum kurashi
  4. Xasanboy Do‘smatov – boks
  5. Fazliddin G‘oibnazarov – boks
  6. Shaxobiddin Zoirov – boks
  7. Ruslan Nuriddinov – og‘ir atletika
  8. Bahodir Jalolov – boks
  9. Akbar Jurayev – og‘ir atletika
  10. Ulug‘bek Rashitov – taekvondo

Kumush medallar:

  1. Armen Bagdasarov – dzyudo
  2. Artur Taymazov – erkin kurash
  3. Magomed Ibragimov – erkin kurash
  4. Abdullo Tangriyev – dzyudo
  5. Soslan Tigiyev – kurash
  6. Shahram G‘iyosov – boks
  7. Bektemir Meliqo‘ziev – boks

Bronza medallari:

  1. Karim To‘laganov – bronza
  2. Rustam Saidov – boks
  3. Sergey Mixaylov – boks
  4. Bahodirjon Sultonov – boks
  5. O‘tkirbek Haydarov – boks
  6. Anton Fokin – badiiy gimnastika
  7. Yekaterina Xilko – trampolin
  8. Rishod Sobirov (3 ta: 2008, 2012, 2016) – dzyudo
  9. Abbos Atoyev – boks
  10. Ivan Efremov – og‘ir atletika (olimpiadadan keyin berilgan)
  11. Diyorbek O‘rozboyev – dzyudo
  12. Rustam To‘laganov – boks
  13. Murodjon Axmadaliyev – boks
  14. Elmurat Tasmuradov – yunon-rum kurashi
  15. Ixtiyor Navro‘zov – erkin kurash
  16. Magomed Ibragimov – erkin kurash
  17. Davlat Bobonov – dzyudo
  18. Bekzod Abdurahmonov – erkin kurash

Keyinchalik bir necha sportchilarimizning medallari bekor qilingan. Bu haqidagi ma’lumotlarni esa navbatdagi maqolada o‘qishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish