Moziyga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Turkiston ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va ko‘plab sohalarning markazi bo‘lganiga amin bo‘lamiz. Shu ma’noda Turkiy davlatlar tashkiloti, Turkiy davlatlar geografiya kengashi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda 5-6-dekabr kunlari “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferesiya bo‘lib o‘tmoqda.
Imom al-Buxoriyning “Ilmdan boshqa najot yo‘q”, - degan purma’no so‘zlari shior qilib olingan ushbu konferensiyada O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston universitetlarining professorlari, fan doktorlari, jamoat arboblari so‘zga chiqib qatnashuvchilarga Turkistonning turkiy xalqlar tarixida ahamiyati katta ekanligi to‘g’risida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdilar.