Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Inson Yerdan boshqa sayyoraga borsa, qarib ketadimi?

27.5.2024 779

Hilola Ne’matova, Navoiy shahar 16-maktabning Fizika va astronomiya fani o‘qituvchisi

Insonning yoshi bir sayyoradan boshqa sayyoraga o‘tganda o‘zgaradi yoki boshqa sayyoraga o‘tsang, qariysan yoki, aksincha, yosharasan degan so‘zlarni eshitamiz. Aslida ham shunday.

Biz Yer sayyorasida odam yoshini o‘lchashda vaqtning yil birligidan foydalanamiz. Har qanday sayyoraning o‘z o‘qi atrofida bir marta to‘la aylanishi uchun ketgan vaqt sutka deyiladi. Masalan, Yer uchun bir sutka 23 soat 56 daqiqa 4,9 soniyaga (24 soat) teng. Sayyoralarning markaziy jism atrofida (barcha sayyoralar uchun markaziy jism - Quyoshdir) bir marta to‘la aylanishi uchun ketgan vaqt yil deb aytiladi.

Yer Quyosh atrofini 365 sutka 5 soat 48 minut 46 sekundda bir marta to‘la aylanadi va bu Yer uchun bir yildir. Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davrlari har xil. Agar sayyora Quyoshga qancha yaqin bo‘lsa, ular orasida tortishish kuchi katta, shuning uchun sayyoraning Quyosh atrofida aylanish tezligi katta, bu esa yil davomiyligining qisqaligini anglatadi.

Aksincha, sayyora Quyoshdan qanchalik uzoq bo‘lsa, u holda ular orasidagi tortishish kuchi kichik, shuning uchun sayyoraning Quyosh atrofida aylanish tezligi ham kichik bo‘ladi. Bu esa yil davomiyligining katta ekanligini bildiradi.
Masalan, Merkuriy Quyosh atrofini 88 Yer sutkasida aylanadi. Demak, 88 Yer sutkasi Merkuriy uchun bir yilga teng ekan. Bundan Yer sayyorasidagi 20 yoshli kishining Merkuriy sayyorasi uchun yoshini hisoblasak, 83 Merkuriy yiliga teng. Biz quyida Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar uchun Yerdagi 25 yoshli kishining yoshini hisoblaymiz.

 

 


Ko‘rinib turibdiki, odam Quyoshga yaqin sayyoralarda yoshi kattalashadi (qariydi), Quyoshdan uzoq sayyoralarda esa yoshi kamayadi (yosharadi).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish