Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“INTELLEKTUAL OLIMPIADA” FINAL BOSQICHI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA

18.12.2022 243

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Poytaxtimizda oliy ta’lim muas­sasalari talabalari o‘rtasida “Intel­lektual olimpiada” musobaqasining final bosqichi qizg‘in davom et­moqda. Unda hududiy bosqichlar­da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 50 ta oliy o‘quv yurtining 500 nafar ta­laba-yoshlaridan tashkil topgan terma jamoalar “Breyn-ring”, “Za­kovat”, “Erudit kvartet”, “Shaxsiy o‘yin”, shaxmat, shashka yo‘nalish­larida o‘zaro bellashmoqda.

“Intellektual olimpiada”da har bir oliy ta’lim muassasasidan 11 nafardan: “Zakovat” o‘yinlari – “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy o‘yin” uchun 7 nafar, shaxmat va shashka uchun 2 nafardan talaba qatnash­moqda. Shaxmat va shashka turnir­lari boshqa intellektual o‘yin turnirlari bilan parallel o‘tkazilayotgani sabab, unda qatnashayotgan talaba-yosh­lar boshqa intellektual o‘yinlarda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Olimpiadada har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘rinlarga qarab, reyting ballari jamg‘arib borilyapti. Yakunda eng ko‘p ball jamg‘argan oliy ta’lim muassasasi g‘olib deb topilib, Prezi­dent sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

Musobaqaning dastlabki 3 kuni ortda qoldi. Turnir muhiti va ishtirok­chilar kayfiyati a’lo darajada, bel­lashuvlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoq­da. Olimpiada bahslari davomida mashhur nomlarni ham uchratish mumkin. Xususan, shaxmat bo‘yicha Olimpiada chempioni Nodirbek Yo­qubboyev shaxmat bahslarida o‘zi ta’lim olayotgan O‘zbekiston milliy universiteti sharafini himoya qilmoqda. Shashka bo‘yicha ko‘p karra Osiyo chempioni Zamira Usmono­va (Samarqand davlat universiteti), yana bir Osiyo chempioni Humora Xoliqberdiyeva (Guliston davlat uni­versiteti) va O‘zbekiston chempioni Zamira Yo‘ldosheva (Farg‘ona dav­lat universiteti) ayollar bahslarida o‘z kuchlarini sinab ko‘rmoqda.

Turnir davomida bilimdonlar o‘zi­ga xos qahramonliklar ham ko‘rsat­moqda. “Zakovat” ixlosmandlariga teleo‘yinlar orqali yaxshi tanilgan Nazokat Abdusayitova “Erudit-kvar­tet” o‘yinida qahramonlik namoyon etdi. Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasida qatnasha­yotgan bilimdon qiz “H” guruhida jamoasi hisobiga jami 270 och­koni yozdirib qo‘ydi. Ushbu ochkoni jamg‘arish uchun Nazokatga bor-yo‘g‘i 2 ta mavzu kifoya qildi. Bunday ajoyib ishtirok nafaqat o‘z jamoasi, balki boshqa OTM a’zolarining ham beixtiyor olqishiga munosib topildi.

Oliy ta’lim muassasalari talaba­lari o‘rtasida “Intellektual olimpiada”ning respublika final bosqichi o‘yinlari davom etmoqda. Yakuniy natijalarni gazetamizning keyingi sonlarida e’lon qilamiz.

SHAXMAT BO‘YICHA “HOKIM KUBOGI”

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida shaxmat bo‘yicha “Tuman hokimi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tumandagi “Bog‘ishamol” mahallasi mezbonlik qilgan bellashuvda 70 ta mahalladan 7 yoshdan 70 yosh­gacha bo‘lgan 245 nafar insonlar o‘z aql-zakovatini sinab ko‘rishdi. Bahslar 7 turda, havaskorlar va professionallar o‘rtasida alohida o‘tka­zildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, havaskor ayollar o‘rtasida E’zoza Mu­hammadqulova, havaskor erkaklar o‘rtasida esa Eldor Hamroyev g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, professionallar bahslarida Shahrizoda Bashriddinova hamda Ilhom Haydarovga teng keladigan raqib topilmadi.

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar: 1-o‘ringa televizor, 2-o‘ringa planshet va 3-o‘ringa telefon berildi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish