Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

IT XIZMATLAR EKSPORTI 1 MILLIARD DOLLARGA YETKAZILADI

1.8.2022 10074

Prezident matbuot xizmati ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqorichirchiq tumani­dagi “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyurib, axborot texnologi­yalari sohasi mutaxassislari, yosh dasturchilar, IT va kommunikat­siya kompaniyalarining rahbar­lari va xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatimiz IT sektoridagi ishlarning bugungi ahvoli va uni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbarining ta’kid­lashicha, ushbu sohaga so‘nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirildi.

“Bundan uch yil oldin IT-parklar tashkil qilib, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik. Buning hisobi­ga bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daro­madli ish joylari bilan ta’minlan­di. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetdi. Joriy yilning o‘zida mamlakatimizda 134 ta yangi, jum­ladan, 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi. So‘ng­gi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqa­ro reytingda 15-o‘ringa ko‘tarildik (68-o‘rindan). IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga o‘sdi. Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi”, dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari uchrashuv chog‘ida boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo‘lganlarning tashab­buslari har tomonlama qo‘llab-quv­vatlanishini, barcha masalalari hal qilib berilishini aytib o‘tdi. Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barcha sharoit va im­koniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berildi.

Kelgusi besh yilda mam­lakatimiz IT xizmatlari eksporti 1 mil­liard dollarga yetkaziladi.

Uchrashuvda yoshlarni IT kasblarga o‘qitishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan ta’min­lash uchun 4 ta masalani hal etish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, internet qamrovi va sifatini keskin oshirish zarur. Hududlarni optik tolali tezkor mo­bil internet (4G) bilan qamrab olish darajasi 70 foiz atrofida. 118 ta qish­loqqa internet ham, mobil aloqa ham kirib bormagan.

Bundan tashqari, IT sohasi­da iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish kerak. Bugungi kunda bunday yoshlarning startaplariga (230 ta) atigi 10 milliard so‘m grant ajratilgan. Yoki kompyuter xaridi uchun 3,5 ming nafar yoshlarga kredit berilgan bo‘lsa, kafil yo‘qligi uchun 6,5 mingdan ziyod yoshlar­ga kredit berish rad etilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida esa IT-parklarni tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

“Siz, yoshlardan hamkasblaringiz, hamkorlaringiz, o‘rtoqlaringiz­ga shuni yetkazishlaringizni so‘ray­man. Davlat tomonidan IT sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha kerak bo‘ladigan barcha sharoit va im­koniyatlarni yaratamiz. O‘zimdan boshlab hamma rahbarlar sizlar bilan doimiy muloqotda bo‘lamiz”, – dedi Prezident uchrashuv yakunida.

Davlatimiz rahbari soha vakillari bilan ham ochiq fikr almashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish