Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

"Izohli lug'at"dagi xatolikka izoh

18.12.2023 3642

Elmurod Nishonov

“Tumov” so‘zi eski o‘zbek tilidagi “tum” (sovuq) so‘zidan kelib chiqqan. “Moy to‘nglab qoldi” jumlasidagi “to‘ng” — “tum”ning o‘zgarishga uchragan shakli.

O‘zbek tilining etimologik lug‘atida yozilishicha, atmosfera quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda suv zarralari — tumanning ham o‘zagi “tum”dir. Kitob muallifi Shavkat Rahmatullayev domla “tum”ni — “namlik” deb izohlagan. Namlik, sovuqlik — tabiatan bir-biriga yaqin holatlar ekanini hisobga olsak, keltirilgan ikkala ma’no ham to‘g‘ridir.

Ha, aytgancha, tabiat hodisasi bo‘lmish tuman so‘zi o‘n ming ma’nosini bildiruvchi mo‘g‘ulcha tumen so‘zining o‘zlashgan shakli ekani ta’kidlangan O‘zbek tilining izohli lug‘ati (O‘TIL)da keltirilgan ma’lumot, bizningcha, to‘g‘ri emas. O‘TIL izohlagan tumen — o‘n ming so‘zi umuman boshqa, ya’nikim uning ob-havoga sira aloqasi yo‘q.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish