Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” asarlar majmuasi chop etiladi

12.12.2023 1463

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” nomli 100 kitobdan iborat asarlar majmuasini nashr etish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika bolalar kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari, noshirlar ishtirok etdi.


Yig‘ilishda asarlar majmuasining nashr konsepsiyasi, uning qamrov geografiyasi, shuningdek, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari”ni nashrga tayyorlash bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, jumladan, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlik qilayotgan qardosh va xorijiy mamlakatlarning adabiy tashkilotlari bilan materiallar to‘plash va majmuaga kiritiluvchi asarlarning mualliflik huquqlarini qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralar yuritish, qayta nashr etiluvchi kitoblarning elektron nusxalarini olish masalalari muhokama qilindi.


“Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2024-2026-yillarda nashrga tayyorlanadi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan chop etiladi. Majmuaga jahonning beshta qit’asi (Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Amerika) adabiyoti vakillarining bolalar va o‘smirlar uchun yozgan she’rlari, hikoyalari, ertaklari, qissalari va romanlari kiritiladi.
Turkiy xalqlar, Sharq mamlakatlari bolalar adabiyoti namunalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish