Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Jadid publitsistikasi va zamonaviy media tadqiqotlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

5.1.2026 252

2026-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 151 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. 

Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy maqolalar qabul qilinadi:

— Mahmudxo‘ja Behbudiyning publitsistik merosi va uning bugungi ahamiyati;

— Jadid matbuotining milliy jurnalistika taraqqiyotidagi o‘rni;

— Zamonaviy jurnalistika: tendensiyalar, yangi formatlar, ijtimoiy media va sun’iy intellekt.

Konferensiya uchun tayyorlangan maqolalar 2026-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Maqolalar belgilangan talablarga muvofiq elektron shaklda konfrensiya151@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin:

+998 97 432 99 23 (WhatsApp)

+998 91 191 09 83

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish