Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Konstitutsiya yoshlarda siyosiy madaniyatning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi

15.12.2023 1468

Shavqiddin Abdullayev, Jamoat xavfsizligi universiteti Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti

Yangi qabul qilingan Konstitutsiya о‘z mohiyatiga kо‘ra barcha qonunlarga manba vazifasini о‘taydi va davlat boshqaruvini amalga oshirishni nazarda tutuvchi huquqiy, siyosiy hujjatdir.

Konstitutsiyamiz о‘zida belgilangan normalarga kо‘ra yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishni maqsad qilib qо‘yadi. Konstitusiyani chuqur bilish orqaligina Vatanga sadoqat, jamiyatga hurmat paydo bо‘lib, belgilangan burchlarni ixtiyoriy bajarishga intilish vujudga keladi.

Yoshlar siyosiy madaniyatining shakllanishi asosan jamiyatda inson huquq va manfaatlarini anglash, idrok etish, hamda undan foydalana olish darajasi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirishda yangi qabul qilingan Konstitutsiya muhum о‘rin tutadi. Yoshlar har qanday davlatning olib borayotgan siyosatining ob’yektini tashkil etuvchi muhum ijtimoiy qatlam sanaladi. Yani, davlat rivojining natijasi undagi munosib vorislarning yetishib chiqishi bilan chambarchas bog‘liq. Negaki, demokratik davlat dastlab ta’lim taraqqiyoti, yoshlarning tegishli kasb doirasida yetarli malaka va tajribalarga ega bо‘lib yetishishini yoqlaydi. Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi faol ishtirokidan manfaatdor bо‘ladi.

Ma’lumki, Konstitutsiya hech qaysi hujjatda uchramaydigan jamiyatda mavjud barcha sohalar bо‘yicha yoshlarni yо‘naltirish xususiyatiga ega. Unda nafaqat siyosiy huquqiy normalar, balki milliy-ma’naviy qadriyatlar ham о‘z ifodasini topgan. Yoshlar Konstitutsiya orqali faqat о‘z huquqlarini emas, balki burchlarini ham anglaydilar. О‘z huquqlari bilan birga о‘zlarining huquqlariga rioya etishni va ularning ta’minlanishini tushunib yetadilar.

Asosiy qonunimizning mazmunini tо‘g‘ri idrok etgan yoshlar bevosita Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, inson huquq erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs tо‘g‘risidagi normalar, davlatning ma’muriy va hududiy tuzilishi, davlat hokimyatining tashkil etilishi kabi siyosiy jarayonlardan voqif bо‘ladilar. Muayyan siyosiy tasavvur, yoshlarning siyosiy sohada yetarli malaka va bilimga ega bо‘lishini ta’minlaydi. Chunki, yangi qabul qilingan Konstitutsiyada belgilab qо‘yilgan normalarning har biri yoshlarga tо‘g‘ri siyosiy yо‘nalish berish bilan birga ularning falsafiy mushohada etish, madaniy jihatdan о‘zligini namoyon etish kо‘nikmasini shakllantiradi.

Konstitusiya yoshlarda siyosiy ong, siyosiy bilim, siyosiy mulohaza va siyosiy xulq-atvor kabi tushunchalarni о‘zida mujassam etgan siyosiy madaniyat tushunchasining shakllanishiga sabab bо‘ladi. Konstitutsiya siyosiy madaniyat tushunchasi bilan mohiyatan о‘zaro bog‘liq. Siyosiy madaniyat u yoki bu xalq yoki millat, unga mansub bо‘lgan insonlar milliy madaniyatida о‘zligini kо‘radi va anglab boradi. Konstitusiya esa siyosiy madaniyatning shakllanishiga ozuqa beruvchi asosiy manba vazifasini о‘taydi.

Siyosiy madaniyat о‘zida uzoq yillar shakllangan va turli avlodlar tomonidan qadrlanib kelinadigan siyosiy an’analarni, siyosiy amaliyotda faoliyat kо‘rsatayotgan normalarni, g‘oyalarni, konsepsiyalarni о‘zida ifoda etadi. Konstitutsiya yoshlarning mazkur siyosiy omillardan amalda foydalanishini ta’minlaydi. Umuman, yoshlar siyosiy madaniyatining yuksakligidan davlat va jamiyat katta naf kо‘radi. Ayniqsa, yoshlarning siyosiy madaniyatini yuksaltirish undan-da muhim sanaladi. Yoshlarda siyosiy madaniyat avvalo oiladan boshlanadi. Oilada yoshlar g‘oyaviy – siyosiy madaniyatini shakllantirish tizimiga innovatsion yondoshuvning muhim ijtimoiy masala sifatidagi zaruriyati shundaki, oila tarbiyasi, davlat va jamiyat boshqaruvi jaroyonlarida yoshlarning ishtiroki, о‘rini, ularning umuminsoniy madaniyat darajasi, hulq – atvor me’yorlari, umuminsoniy qadriyatlari, milliy an’analarga bо‘lgan munosabatlari bilan hamoxang ekanligini bildiradi.

Siyosiy madaniyat bilish, baholash va xulq-atvor kabi uchta bosqichdan iborat bо‘ladi. Mazkur uch bosqich orqali siyosiy hokimyatni amalga oshirishda bevosita ishtirok etish davlat boshqaruvining demokratlashuvi bilan uzviy bog‘liq. Qonunlarimiz manbai sanalmish Konstitutsiya yoshlarda siyosiy madaniyatning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, Konstitutsiyamiz о‘zida belgilangan normalarga kо‘ra ham fuqarolarning, xususan, yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishni maqsad qilib qо‘yadi. Fikrimizning asosi sifatida Konstitutsiyamizning muqaddimasiga etibor qaratsak, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda asosiy qonunimizning qabul qilinganligi etirof etilgan. Har qanday ezgu ish yoki qonunlar kelajak avlod manfaatini о‘ylab amalga oshirilishi mantiqiy hol. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining oltmish foizidan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Konstitusiyani puxta о‘rganish jamiyatning asosiy qatlami sanalmish yoshlarning ham mazkur jarayonlardagi faolligini oshirishga hizmat qilishini aytib о‘tish о‘rinli.

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot taxdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va vatanparvarlikni shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida bо‘lib kelmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida Konstitusiyamizda о‘z ifodasini topgan ezgu maqsad va vazifalarni hayotga keng tatbiq etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining, jumladan, yosh avlodning huquqiy ma’daniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, Yoshlar ishlari agentligi tashkiloti va ta’lim muassasalari hamkorligida kо‘plab loyihalar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

Mazkur loyihalarni о‘tkazishdan maqsad, Bosh qomusimizning tarixiy ahamiyati va zaruriyatini tushuntirish, Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat ekanini targ‘ib qilish orqali yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Yangi qabul qilingan Konstitutsiyamiz Bosh qomusimizni bilish, chuqur о‘rganish va о‘sib kelayotgan avlodlarni ham mana shu ruhda kamol toptirish, eng avvalo, yurtimiz erishgan marralarni yanada yuksaltirish, tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jamiyat va davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirishning muhum asosidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish