Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Kreativ yoshlar markazi

23.11.2023 1379

Poytaxt markazida joylashgan Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarni ilm olishga, izlanishga undaydigan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga mo‘ljallangan barcha qulayliklarga ega zamonaviy “Kreativ park” foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy yoshlar markazining ochilishiga Prezident administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va boshqa mas’ullar tashrif buyurdi. So‘zga chiqqanlar yoshlarni yangi markaz ochilishi bilan tabriklab, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir bir qancha yangiliklar, imkoniyat va kelgusi rejalar haqida to‘xtaldi.

“Kreativ park” bir nechta loyihalarni o‘zida jamlagan. Jumladan, “Ibrat farzandlari” til o‘rganish markazi, “Shaxmat klubi”, “Kulolchilik markazi”, “Animatsiya maktabi”, “Tasnif media”, “Volontyorlar markazi”, kutubxonalar, dars qilish va ovoz yozishga mo‘ljallangan studiyalar yoshlarga ulkan imkoniyat yaratib bermoqda.

Quvonarlisi, “Kreativ park” hududidan “Yoshlar ovozi” gazetasi uchun ham ijod maydoni yaratib berildi.

“Kreativ park” uzluksiz ish faoliyatini boshladi. Park yoshlarimiz uchun haqiqiy ijod maydoniga aylanib, ular qalbiga qaynoq harorat taqdim etishiga ishonamiz.

Siz, aziz yoshlarni ham “Kreativ park”ka taklif etamiz!

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish