Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Maktab o‘quvchilari uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi?

8.9.2022 1488

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Bolalar harakatchan boladi. Qolaversa, organizmning osib-ulgayishi uchun quvvat, ya’ni ozuqa kerak. Shu sababli ogil-qizlar tez ochqaydi. Ayniqsa, maktab davrida! Biroq bunday pallalarda kichkintoylar duch kelgan mahsulotlarni iste’mol qilib ketavermasligi zurur. Ularning turi, sifati, tarkibi va miqdori doimo nazoratda bolishi shart. “Umumiy orta, orta maxsus, professional ta’lim muassasalarida oquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari”da umumtata’lim muassasalarida oquvchilar iste’mol qilishi mumkin bolgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti ham belgilangan. Ular quyidagilardan iborat:

  •  Go‘sht va go‘sht mahsulotlari:

I kategoriyali mol go‘shti, buzoq go‘shti, yog‘siz qo‘y go‘shti (haftada 1-2 martadan ko‘p emas), parranda go‘shti, kurka, quyon go‘shti, baliq, tovuq tuxumlari omlet yoki qaynatilgan holda.

 

  • Sut va sut mahsulotlari:

sut (2,5%, 3,2%, 3,5% yog‘lilik darajasi), pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq;

quyultirilgan sut (toza va shakar aralashtirilgan holda), quyultirilib-pishirilgan sut; tvorog (yog‘lilik darajasi 9% va 18%li; agar yog‘lilik darajasi unchalik baland bo‘lmasa — 0,5% li); o‘tkir bo‘lmagan turdagi pishloq (qattiq, yumshoq, eritilgan, ziravorlarsiz kolbasa turdagi); termik qayta ishlanganidan so‘ng qaymoq (10%, 15%, 30% yog‘lilik darajasi); kefir (qattiq); yogurtlar (termik ishlov berilmagan — tabiiy, sutli va qaymoqli turlari ma’qul); qizaribroq ivigan qatiq (ryajenka), qatiq, bifidok va boshqa sut mahsulotlari; qaymoq (yog‘lilik darajasi 10%, 20% va 30%).

 

  • Oziq-ovqat yog‘lari:

sariyog‘; o‘simlik yog‘i (kungaboqar, faqat dog‘langan paxta yog‘i); salatlarga, vinegretlar, seld balig‘i, ikkinchi taomlar salat yog‘i; margarin pishiriqlar uchun; qovurish uchun cheklangan (faqat oliy navlar);

 

  •  Qandolatchilik mahsulotlari:

konfetlar (zefir, qiyom, marmelad ma’qul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak; qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (ta’m beruvchi moddalarsiz); pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz); qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal;

 

  •  Sabzavotlar:

kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodring, pomidor, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon ko‘kat), shivit, selderey (kashnichsimon oshko‘k), tomat pastasi, tomat-pyure.

 

  •  Mevalar:

olma, nok, olxo‘ri, uzum, va bananlar; har kimning iste’mol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon); quritilgan mevalar;

 

  • Dukkaklilar:

 no‘xat, loviya, soya, mosh.

 

  • Sharbat va ichimliklar:

mahalliy tabiiy va import sharbatlar, ishlab chiqarilgan ichimliklar (oqartirilgan va quyqali), imkon qadar kichik qadoqda; konservantlarsiz va qo‘shimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar; kakao, choy; ichimlik suvi.

 

  • Konservalar:

go‘shtli konserva; konserva ovqatlari (go‘shtli suyuq ovqat (rassolnik), mol go‘shtli karam sho‘rva, mol go‘shtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar bo‘lmaganda istisno tarzida); losos (qizil go‘shtli baliq), sayra yog‘da, qovurilgan skumbriya balig‘i; sharbatlar, meva bo‘laklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi; sterillangan pomidor va bodringlar, non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda tavsiya etiladi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish