Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Mutolaa” bilan yangi marralar sari

3.4.2024 260

Bekmurod RASULOV, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Bogʻishamol” mahallasi yoshlar yetakchisi

Yoshlar yetakchisi etib tayinlanganimdan buyon shu kunga qadar “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlarning qiynab kelgan muammolarini hal etdik. Bunda “Yoshlar daftari” platformasi va mahallamiz saxovatpesha insonlari yaqindan yordam berdi.

2023-yilda “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan 33 nafar yoshning 4 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi toʻlovlari qoplab berildi, 4 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan yoshlarga mahalladagi hokim yordamchisi hamkorligida kredit ajratildi, 7 nafar ishsiz yoshni xususiy tashkilotlarga ishga joylashtirdik. 5 nafar yoshning toʻlov kontrakt puli toʻlab berildi.

Oilasi kam taminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 10 nafar yoshga “Ayollar daftari”dan bir martalik moddiy yordam, 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlarga subsidiya asosida zarur asbob-uskuna, noutbook taqdim etildi. Mahallamiz aholisi, xususan, yoshlar muammolarini bartaraf etish maqsadida “xonadonbay” ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.

2023-yilda Yoshlar ishlari agentligi va “Xalq banki” koʻmagida yaratilgan “Mutolaa” loyihasi yoshlarning kitobxonlikka ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. “Mutolaa” eng sara kitoblarning elektron, audio hamda video shaklidagi sifatli va tizimli platformasi, loyiha harakatdan, izlanishdan kitob oʻqishdan toʻxtamaydiganlarga koʻprik vazifasini bajaradi. U mutlaqo bepul, yoshlarning qiziqishlariga mos tarzda tuzilgan. Kitobxonlar uchun yosh chegarasi belgilanmagan.

Qarshi shahrida loyihaning ilk targʻibot jarayonlarini maktab, yoshlar gavjum joylarda mahalla raisi boshchiligida amalga oshirdik. Loyiha mahallamiz yoshlari tomonidan iliq kutib olindi. Bundan tashqari, “Kitobxonlik” toʻgaragini yoʻlga qoʻydik. Toʻgarak aʼzolari bilan yil soʻngiga qadar 30 ta kitob oʻqishni maqsad qilganmiz.

Joriy yilda “Yoshlar kutubxonasi” tashkil etishni maqsad qilganman. Kitobxonlik orqali barcha sohalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻlish mumkin. Chunki barcha illatlarning sababi ilmsizlikdir.

 

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish