Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Migrantlarni yurtimizga qaytaryapmiz

15.4.2024 165

Dilnoza FAYZIYEVA, Qarshi shahridagi “Eski anhor” mahallasi yoshlar yetakchisi

Prezidentimiz qarori bilan 2022-yilda har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Mahalla yoshlar yetakchilari yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinini topishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish uchun tizimli ishlarni olib bormoqda.

Men yoshlar yetakchisi lavozimi tashkil etilganidan buyon Qarshi shahar “Eski anhor” mahallasi yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat olib bormoqdaman. Faoliyatim davomida mahallam yoshlarining ko‘plab murojaatlariga yechib topib, ularni har tomonlama qo‘llab kelyapman. Mahallamda migratsiyada yurgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularni O‘zbekistonga qaytarish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratilyapti.

Masalan, Jaloliddin Mamatov 2002-yilda tug‘ilgan. Bundan bir necha oy oldin chet davlatga ishlash uchun chiqib ketgan. U Ukraina davlatiga ishlash uchun borgan, lekin u yerda firibgarlar tuzog‘iga tushib, og‘ir vaziyatda qolgan edi. Jaloliddinni u yerdan olib kelish uchun shahar hokimi va Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘iga murojaat bilan chiqdim. Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev va Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Po‘latov migratsiyadagi Jaloliddin Mamatov bilan onlayn suhbatlashib, vaziyatni o‘rgandi. Shu tashabbus natijasida shahar hokimligi ko‘magida chet elda og‘ir vaziyatda qolgan Jaloliddinni O‘zbekistonga qaytarish uchun 8 million so‘m moddiy ko‘mak ajratildi.

Mahalladoshimiz tez orada O‘zbekistonga qaytadi. U bilan suhbatlashganimda IT sohasiga qiziqishi borligini aytdi. Qiziqishidan kelib chiqib, uni zamonaviy kasblarga o‘qitishni reja qilganman. Ishonchim komil, u o‘zini ko‘rsatib, yoshlarga namuna bo‘la oladi.

Mahallam yoshlarining taqdiri mening ham taqdirimdir. Shuning uchun ularning jamiyatda o‘z o‘rinini topishi, salohiyatli kadrlar bo‘lib yetishishida jonbozlik ko‘rsatib, barcha chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yganman. Men ishimni yaxshi ko‘raman.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish