Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash: muammo va yechimlar

29.11.2023 1404

Guljamol Shoqo‘chqorova

20-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekiston Milliy universitetida “Globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash: muammo va yechimlar” respublika ilmiy amaliy konferensiyasini o‘tkazdi. Tadbirdan maqsad milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali ayollar va yoshlarni milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirishdir.

Konferensiyada 300 nafardan ortiq tadqiqotchi ayol-qizlarimiz qadriyatlarimizni asrab-avaylash, tiklash va boyitishga doir maqolalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiyada Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova, Yoshlar ishlari agentligi direktori maslahatchisi Mehrinoz Abbosova, Yoshlar ishlari agentligi ma’sul xodimi Nilufar Matkarimova, “Suzane Sultan” kashtachilik maktabi asoschisi Mohira Sultonova kabi o‘z sohada muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislar ma’ruzalari bilan  ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish