Bugun davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, so‘z erkinligi va inson huquqlari kafolatiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Davlat organlarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi odatiy holga aylandi. Bu Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning yorqin dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 16-iyundagi farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, axborot olish erkinligi hamda jamoatchilik nazorati ta’minlanmoqda.
2024-yil 27-mart kuni Oliy attestatsiya komissiyasida “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalar hamda istiqbol rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda mamlakatimiz ilm-fani taraqqiyoti, uning istiqboliga o‘z daxldorligini his qilgan respublikamizning nufuzli markaziy ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, doktorat va mustaqil ilmiy tadqiqotchilar, keng ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimida yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, iqtidorlarini namoyon etishda amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi, sohada shaffoflik va xolislikni ta’minlash, attestatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan dolzarb vazifalar xususida keng ma’lumot berib o‘tildi.
OAK ma’sul mutaxassislari tomonidan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari”, “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonini raqamlashtirish” mavzularidaga amaliy faoliyatga taalluqli axborotlar ham ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ma’lumki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ustuvor yo‘nalishlari doirasida har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Albatta, mazkur vazifalar ijrosida ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalaridagi yangilanishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bois ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar hamda ilmiy jamoatchilik tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayoni, uning ilg‘or xalqaro tajribalar asosida takomillashuvi, sohani raqamlashtirishning ahamiyati va ilmiy-texnik yangiliklarning amaliy faoliyatga tatbiq etilishiga doir dolzarb qo‘shimcha savollar ham OAK mas’ullari tomonidan atroflicha javob berildi.