Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O`TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA TARBIYA

21.1.2023 2424

Qurbonoy RO`ZMETOVA, Zangiota tumanidagi 36-umumta`lim maktab o`quvchisi

O'zbekiston  Xalq Yozuvchisi va jamiyat arbobi O'tkir Hoshimov ko'p yillar davomida o'zining ajoyib publisistik maqolalari, hikoya, qissa va romanlari bilan adabiyotimiz taraqqiyotiga munosib ulush qo'shib kelmoqda desak mubolag`a bo`lmaydi.

Noyob iste'dod sohibi, o`tkir qalam egasi O'tkir Hoshimov ilk qissasi ''Cho'l havosi''ni yozishi bilanoq jamoatchilik e'tiborini tortgan. Atoqli adib Abdulla Qahhor bu qissa haqida ustozona juda o`rinli fikrlarni bildirgan. Yosh ijodkorning bu qissasiga Abdulla Qahhorning yozgan oq yo'lida u: ''Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo'ladi'', – deb bashorat qilgan edi.

Serqirra ijodkorning deyarli barcha asarlari xalq orasida juda mashhurlikka erishdi. Negaki, yozuvchi qahramonni ifodalash orqali o`quvchini ma'naviyati, ruhiyati, hissiyoti, va qalbiga ozgina ta`sir etib uni hayajonlantira olsa, demak ijodkorning chin tadqiqoti hisoblanadi. Yurakdan yozilgan asargina chin yurakka yetib borganidek. Ijodkorning ''Bahor qaytmaydi'', ''Qalbingga quloq sol'', ''Nur borki, soya bor'', ''Ikki eshik orasi'', ''Tushda kechgan umrlar'', ''Ikki karra ikki – besh'' kabi qissa va romanlari, yuzdan ortiq dilbar hikoyalari o`zini ziyoli hisoblagan har bir yurtdoshimizning kitob javonidan joy olgan desak adashmaymiz.

Ko'pgina ustoz yozuvchilarning tahsiniga sazovor bo'lgan ijodkor haqida  O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad o'zining ''Yo'qotganlarim va Topganlarim'' asarida shunday yozadi: ''Ulug' bobomiz Amir Temir shaxsiga toshlar otilayotgan bir paytda O'tkirning u haqida qator maqolalari himoya dubulg`asi vazifasini o`tadi. Uning har bir yozgan asarlari allaqachon o'z o'quvchisini va javonini topib bo'lgan.

1986-yilda yozilgan ''Ikki eshik orasi'' romani O'tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o'rinlardan birini egallaydi desak adashmaymiz.  Bu asar xalqlar boshiga kulfat solgan ikkinchi jahon urushi to'g'risida  yozilgan achchiq va alamli yilnomadir. Asarda Qora amma deb ta'riflanadigan mehribon, sodda, bardoshli va jafokor ayol o'zining oltita farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko'kka ishonmasdan katta qiladi. Na iloj yurtga kelgan osh ekan deb, yakka-yu yolg'iz farzandini urushga kuzatdi. Dilbandining peshonasiga esa urushda halok bo'lish yozilgan ekan, nachora, ona sho`rlik baribir ishonqiramaydi. Yolg'iz Robiyagagina suyanib yashaydi.

Asardagi Robiya taqdiri kulib boqmagan obrazlardan biridir. Otasidan ayrilgan qiz Kimsanga ko'ngil qo'ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi    chimildiq ko`rmay zavol topdi. Robiya shunday sadoqatli qiz ediki, Kimsanni urush tugaganiga bir necha yil bo'lgan bo'lsa-da kutdi.

Afsuski, kutilgan kunlar urushning tuprog`ini quchoqlagancha Robiya kutgan-kutmagan kun keldi. Kimsanga atab tikilgan qiyiqchalar ming afsuski boshqaga nasib etadigan bo`ldi. Ayovsiz taqdir bechora qizni o`z qaroriga ko`nadi.

Insonlarning murakkab taqdirini yuksak mahorat bilan maromiga yetkazib tasvirlangan roman o`smir yoshdagi bolalar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish