Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston qancha mobil telefon import qilgan?

4.11.2023 1539

O‘zbekiston 9 oyda qariyb 2,6 mln dona mobil telefon import qilgan

Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan qiymati 178,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 2,6 mln dona barcha turdagi mobil telefonlardan import qilgan.

Mobil telefonlar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 398 361 taga oshgan.

O‘zbekiston 2023-yilning 9 oyida eng ko‘p mobil telefon import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 2,3 mln dona

— Vetnam – 223,1 ming dona

— Hindiston – 32,5 ming dona

— BAA – 7,7 ming dona

— Qozog‘iston – 2,5 ming dona

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish