Turkiyaning Antalya shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda qizlar ham, yigitlar ham dunyoning kuchli jamoalarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan o‘z yo‘nalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb e’tirof etilgan yigitlarimiz musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Qizlarimiz esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalariga imkoniyat qoldirishmadi.
Yigitlar:
O‘zbekiston
Turkiya
Ruminiya
Qizlar:
O‘zbekiston
Italiya
Polsha