Portugaliyaning Vale-de-Lobo shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat "Fyuchers" turnirida mamlakatimiz vakili munosib ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov mazkur turnirning 1/4 finalida ATP reytingida 534-pog‘onada borayotgan chexiyalik Ginek Bartonni 7/6(6), 6/2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Aytish lozim, chexiyalik Barton turnirning ilk bosqichida musobaqaning birinchi raketkasini o‘yindan chiqarib yuborgandi. Hamyurtimiz esa uni tomoshabinlar safiga kuzatib qo‘ydi.
Bugun, 25 noyabr kuni xalqaro turnirning 1/2 final bosqichida Humoyun Sultonov portugaliyalik Enrike Roxaga qarshi kortga chiqadi.
Dunyoning 277-raketkasi hisoblangan Roxa ushbu turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan bo‘lsa, Humoyun oltinchi raqamli ishtirokchi sanaladi.
ATP reytingida 436-pog‘onani egallab turgan Sultonovga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz.