Bu savolga javob topish uchun -lik va -li qo‘shimchalari haqida tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak.
-lik affiksi mavhum ot yasaydi. Maktabda o‘qigan bo‘lsangiz, ot so‘z turkumi kim? va nima? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
-li affiksi egalik belgisini bildiruvchi sifat yasovchilardan sanaladi. Maktab davriga qaytib, sifat so‘z turkumi qanday? va qanaqa? savollariga javob berishini eslaymiz.
Endi savol: pulli (pullik) xizmat jumlasida birinchi so‘z o‘rniga so‘roq so‘z qo‘yib ko‘ring:
— Qanday (qanaqa) xizmat?
— Nima (kim) xizmat?
Demak, bu holatga mantiqan qanday? so‘zi to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, shunga muvofiq sifat yasovchi qo‘shimchadan foydalanishimiz kerak. Sifat yasovchi qo‘shimcha esa -lik emas, -li! Demak:
Pullik xizmat ❌
Pulli xizmat ✅