Unutilmas qip-qizil osmon, jilvalangan iliq ranglar — bundanda chiroyli tasvirni tasavvur qilish qiyin. Ammo baʼzida bularning barchasiga qarab: “Quyoshning qizilligiga qara!” deymiz.
Aslida, biz Quyoshning oʻzi qizarmaganini va u umuman oʻzgarmaganini bilmaymiz. Shunchaki kunning maʼlum vaqtlarida u shunday koʻrinadi. Aynan shu vaqtda bir necha ming kilometr gʻarbda yashovchi odam uchun Quyosh umuman qip-qizil boʻlib koʻrinmaydi.
Quyosh botishida shafaqning (osmon) rangiga quyosh nurlari oʻtadigan havo qatlami taʼsir qiladi. Quyosh qanchalik pastda boʻlsa, quyosh nuri atmosferaning shunchalik katta qatlamidan oʻtishi kerak.
Lekin birinchi navbatda, quyosh nuri barcha ranglarning birikmasi ekanligini eslaylik. Odatda, ranglarning bunday birikmasini biz oq rang sifatida qabul qilamiz. Ammo atmosferada chang zarralari, suv bugʻlari va boshqa aralashmalar mavjud. Yorugʻlik nurlari atmosferadan oʻtayotganda, turli xil ranglar bu zarralar tomonidan yoyib yuboriladi. Atmosferada binafsha, koʻk hamda yashil ranglar qizil va sariq ranglarga qaraganda yaxshiroq yoyiladi. Quyosh ufq uzra pastda boʻlganda, tarqalish natijasida atmosferada koʻproq qizil va sariq ranglar qoladi, shuning uchun quyosh botishi bizga qizgʻish boʻlib koʻrinadi.
Aytgancha, osmonning moviy rangi ham yorugʻlikning tarqalishi bilan izohlanadi. Binafsha hamda moviy ranglar qisqa toʻlqin uzunliklariga ega va atmosferada spektrning qizil qismidagi toʻlqinlarga qaraganda oʻn baravar faolroq tarqaladi. Bu esa qizil nurlar atmosferadan oʻtishini, moviy nurlar havodagi suv va chang zarralari tomonidan yoyib yuborilishini anglatadi. Biz yuqoriga qaraganimizda, osmonda aynan yoyilgan yorugʻlik bergan moviy rangni koʻramiz.