Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Buyuk Xitoy devori” yoxud talabaning sumkasi

26.3.2024 200

SARVINOZ

– Voy, jonim og‘ridikuu...

Sohibing talaba bo‘lsa ham qiyin. U bilan kun bo‘yi birga darsga kirib, qayerga borsa hamroh bo ‘lsang-u, ijara uyga kelib burchakka uloqtirilsang, alam qiladi. Nima bo‘lsa ham otasining puliga kelganmanda. Shuning ham bir omadi kulib, ishga kirganida buyumlarining qadriga yetarmidi?!

Har kuni ertalab shu dangasa meni yana o‘sha burchakdan olib, o‘qishga shoshadi. O‘quv yili boshida solingan o‘sha yangi daftar bilan ruchka hali ham ishlatilgani yo‘q. Mabodo dekanatdan tekshiruv kirib qolsa, ko‘rgazmaga olib o‘tiradi, xolos. Dars payti esa men “Buyuk Xitoy devori” vazifasini o‘tayman. Nega deysizmi? Parta ustiga qo‘yib, telefon o‘ynaydimi, ovqatlanadimi, uxlaydimi, xullas, mening ortimga yashirinib, ko‘ngilchasi tusaganini qiladi.

Men esa bu narsalarni berkitib, mardlarcha dars tinglayman. Ishoning, agar menga jon kirganida mendan a’lochi talaba sumkasi bo‘lmasdi. Shunday deyman-u, menga o‘xshagan “aqlli” sumkalar ham ko‘p. Ustozlar savoliga javobni bilsak ham, gapira olmay jonimiz halak.

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish