Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Til bilimi

13.3.2024 305

Mirsanjar SANAYEV

“Bolalik” va “yoshlik”

Ko‘pchilik “bolalik” va “yoshlik” so‘zlarini farqlay olmaydi.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bolalik so‘ziga 3 xil tarif berilgan. Ulardan bizga mosi: “Odamning hali voyaga yetmagan davri; yoshlik”dir. Tarifning oxirida yoshlik so‘zi ham qo‘shilishi barchani chalg‘itadi. Yoshlikka esa “o‘smirlik, navqironlik” tarifi berilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hujjatlarida bolalar va yoshlarning yosh chegarasi aniq belgilab berilgan. Unga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lganlar BOLA, 14 yoshdan yuqori – 30 yoshgacha bo‘lganlar YOSHLAR hisoblanadi.

1-iyun “Xalqaro bolalar kuni”, 30-iyun “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishidan ham bu so‘zlarning farqlanishini anglash mumkin.

 

“OK”?

Bugun OK soʻzini ishlatish urf boʻlgan. SMS yoki messenjerdagi yozishmalarda “mayli”, “yaxshi”, “tushundim” demasdan Ok deb yozishadi. Qiynalib oʻtirish kimga yoqadi? Ikkitagina harf – OK. Lekin nima deyishayotganini oʻzlari ham bilmaydilar.

Okeyning soʻz maʼnosi va imo-ishora maʼnosi bor. Ikkisi ikki xil tarixga va maʼnoga ega.

Birinchi OK  inglizcha “all correct” – hammasi yaxshi degani. Ilk marta esa “orl korrek” deb ishlatilgan.

AQShda prezident Martin Van Byurenning saylov kampaniyasida ham ishlatilgan. Old Kinderhook (koʻhna Kinderxuklik) soʻzining qisqartmasi keyinroq O.K.ga aylanib ketadi.

Ikkinchi OK belgisi esa qadimdan mavjud. U Gretsiyada “sevgi izhori”ni, Buddizmda “ichki hotirjamlik”ni anglatadi, Yaponiyada “tanga” maʼnosida, Yevropada avval “uzuk” maʼnosida edi. Gʻavvoslarning soʻzlashuvida esa “hammasi joyida” degani.

Lekin Fransiya va Tunisda Okey belgisini koʻrsatsangiz “nol”, “hech nimaga arzimaydi” degan boʻlasiz.

Gretsiya va yaqin Sharqda, Argentina, Chili, Salvador, Meksika, Germaniyada esa butunlay haqoratli. “Okey” belgisini ular “Sen ahmoqsan!” deb tushunadi, qoʻpollik, uyatsiz imo-ishora deb qabul qilishadi. Arablarda esa “yomon koʻz”, “laʼnat” belgisi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish