Viloyat aholisining 1 505 719 nafari (50,2 foiz) yoshlarni tashkil etadi (shundan, 375 314 nafari 6 yoshgacha, 485 451 nafari 7-14 yoshgacha, 654 215 nafari 14-30 yoshgacha yoshlar). 2022-2023 o‘quv yilida viloyat yoshlarining 54 ming 350 nafari ta’lim muassasalarini bitirdi (30 ming 628 nafari maktab, 16 ming 435 nafari professonal ta’lim, 7 ming 287 nafari oliy ta’lim).
Shuningdek, 1 115 nafar Yoshlar ishlari agentligida mas’ul xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda (1 025 nafari mahallalardagi yoshlar yetakchilari, 77 nafari tuman va shahar apparati mas’ul xodimlari va 13 nafari viloyat boshqarmasi xodimlari) ularning 360 nafari zaxira kadrlar bazasiga kiritilgan.
Shu kunga qadar viloyatdagi faol yoshlardan 4 nafari “Mard o‘g‘lon”, “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti bilan, 25 nafari turli ko‘krak nishoni bilan, 200 nafardan ortig‘i yoshlar turli mukofotlar bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, ish faoliyatida yuksak natijalarga erishgan, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni tashkil etish, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi bo‘yicha na’muna ko‘rsatgan, yarim yillik reyting natijalariga ko‘ra sektorlar kesimida kuchli uchtalikka kiritilgan 88 nafar mahalla yetakchilari va yoshlar shtabi a’zolariga rag‘batlantirish sifatida 395 mln.so‘m pul mukofoti, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Shafran” oromgohida o‘quv-seminar hamda viloyat hokimi tomonidan ota-onalariga tashakkurnoma berilgan.
Toshkent viloyatida mahalla yoshlar yetakchilarga qulay ish sharoitini yaratish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun viloyat mahalliy byudjetidan 7,6 mlrd mablag‘ ajratildi (2022 yilda 1 022 ta planshet uchun 3,5 mlrd.so‘m,476 ta kompyuter uchun 3,3 mlrdso‘m, 379 ta velosiped uchun 820 mlnso‘m).
Bugungi kunda viloyatda 888 ta maktab, 63 ta professional ta’lim muassasasi, 13 ta oliy ta’lim muassasasi (shundan 6 tasi xususiy), 2 ta oliy xarbiy bilim yurt, 71 ta madaniyat markazi, 18 ta yirik madaniyat saroylari, 4 ming 512 ta sport ob’yektlari, 22 ta axborot texnologiyalari o‘quv markazlari, 1 ta IT park, 1 ta “Texnopark”, 23 ta axborot-resurs markazlari 1 530 dan ortiq kutubxona aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, joriy yilda 1 025 ta mahallalarning 1 018 tasida vorkaut maydonchalari tashkil etildi.
Yoshlar bilan indivudial ishlash tizimini joriy etish maqsadida 14-30 yoshdagi 654 ming 215 nafar yoshlar tahlil qilinib, tarbiyasi og‘ir va alohida ishlashga muhtoj 20 ming 504 nafar yoshlar viloyat, shahar va tuman sektor rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga indivudial biritirildi.
Yo‘nalishlar kesimida, probatsiya nazoratidagi yoshlar 1857 nafarni, profilaktik hisobdagilar 3186 nafarni, xorijiy migratsiyadan qaytib kelganlar 2945 nafarni, notinch oilalarning farzandlari 591 nafarni, oilaviy ajrim yoqasidagi yosh oilalar 755 tani, muntazam dars qoldiruvchi 605 nafarni, giyohvand va psixotrop moddalarini iste’mol quluvchi 146 nafarni, surunkali kasalligi mavjud bo‘lganlar 2320 nafarni, nogironligi bo‘lganlar 5680 nafarni, yetimlar 706 nafarni, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolganlar 1713 nafarni, Xorijga diniy ta’lim olish uchun ketganlar 121 nafarni tashkil etdi.
Qizil toifaga kiritilgan yoshlar bilan yaqindan ishlash, ularni doimiy nazorat qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida shaxsan o‘zim boshchiligimda, barcha sektor rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, viloyat, tuman va shaharlar korxona, tashkilot va idora jami 632 nafar rahbarlar 40-50 nafardan yoshlar biriktirib, ular bilan muntazam ravishda individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, viloyat idora va tashkilotlaridagi 44 nafar mas’ul rahbarlarga 1150 nafar, tuman va shaharlardagi 491 ta mas’ul rahbarlarga 14 ming 667 nafar yoshlar biriktirildi.
Viloyatning “og‘ir” toifaga mansub 2853 nafar yoshlari, 97 nafar Respublika vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan.
O‘tgan davr mobaynida, jami 13 300 nafar muammoli yoshlardan 13 053 nafariga turli yo‘nalishlarda respublika, viloyat hamda tuman(shahar) mas’ul raxbarlari tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 2 152 nafar yoshlar ishga joylashtirildi, 261 nafariga ekin maydonlari ajratildi, 345 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi, 771 nafari kasb-hunarga o‘qitilmoqda, 875 nafariga asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratildi, 380 nafar yoshlarga to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi, 771 nafari ilm-fan sohalari bo‘yicha turli to‘garaklarda o‘qitilmoqda, 1683 nafariga bir martalik moddiy yordam berildi, 1 641 nafarining davolanishiga ko‘maklashildi, 294 nafariga nogironlar reabilitatsiya texnik anjomlari taqdim etildi, 182 nafariga uy ta’mirida ko‘maklashilgan bo‘lsa, 4236 nafar yoshlarga boshqa turdagi zaruriy yordamlar ko‘rsatildi.
Ishsiz yoshlar hamda maktab bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida “Yoshlar bandligi dasturi” ishlab chiqilgan bo‘lib, jami 26 668 nafar yoshlar kiritilgan, shundan, 14 096 nafari ishsiz yoshlar va rejadagi 12 572 nafar maktab bitiruvchilar 7 ta yo‘nalish bo‘yicha bandligini ta’minlangan.
Jumladan, yo‘nalishlar kesimida doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish orqali 14 393 nafar bandligi ta’minlandi, kasb-hunarga o‘qitish orqali 6 566 nafar, subsidiya asosida mehnat quroli ajratish orqali 1 642 nafar, ekin ekish uchun yer maydonlari ajratish orqali
855 nafar, imtiyozli kredit ajratish orqali 1 188 nafar, usta-unarmandlarga biriktirilishi orqali 1 399 nafar, tadbirkorlik loyihalari hisobiga yangi yaratiladigan ish o‘rinlari orqali 625 nafar yoshlar ta’minlandi.
Viloyat bo‘yicha jami xorijdagi migrantlar soni 9262 nafarni tashkil etadi, shundan 409 nafari (4%) doimiy yashash yoki boshqa sabablarga ko‘ra, 7019 nafari (76%) ishlash uchun, 1834 nafari (20%) o‘qish uchun chiqib ketgan.
Shuningdek, 3 oygacha bo‘lgan muddatda 856 nafari, 6 oygacha bo‘lgan muddatda 1930 nafari, 1 yilgacha bo‘lgan muddatda 3482 nafari, 5 yilgacha bo‘lgan muddatda 2603 nafari, 5 yildan ortiq muddatga 391 nafari chiqib ketgan.
Bundan tashqari 127 nafari AQSH, 3 nafari Kanada, 92 nafari BAA, 816 nafari Turkiya, 490 nafari Koreya, 24 nafari Yaponiya, 64 nafari Xitoy, 5195 nafari Rossiya, 1890 nafari Qozog‘iston, 41 nafari Tojikiston, 35 nafari Qirg‘iziston, 3 nafari Ukraina, 38 nafari Germaniya, 51 nafari Polsha, 393 nafari boshqa davlatlarga to‘g‘ri keladi.
“Yoshlar daftari” elektron platformasiga yil boshidan 38 ming 276 nafar yoshlar kiritilib, shundan, 30 ming 650 nafar yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun aytish joizki, 8 337 nafar yoshlar doimiy bo‘sh ish o‘rinlariga joylandi, 15 nafar yoshlarni qonuniy tashqi mehnat migratsiya ishga yuborildi, 1 ming 542 nafar yoshlarlarga subsidiya (mehnat qurollari) ajartildi, 4 ming 384 nafar to‘lov-kontrakti puli to‘lab berilgan,
405 nafar yoshlarni kelajak kasblari o‘quv kurslari xarajatlari qoplangan, 3 ming 478 nafar yoshlarni tibbiy xizmat ko‘rsatish harajatlari uchun mablag‘ ajratildi, 1 ming 144 nafar yoshlarlarga safarbarlik chaqiruvi rezervi badali qoplab berilgan, 157 nafar yoshlarlarga haydovchilik guvohnomasi uchun mablag‘ ajratildi, 897 nafar yoshlarlarga NTMda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘quv kurslari xarajatlari qoplangan, 672 nafar yoshlarlarga imtiyozli kredit ajratildi, 1 ming 836 nafar yoshlarga dehqonchilik uchun yer maydonlari ajratildi, 108 nafar yoshlarlarga turar joy ijarasi to‘lab berildi, 133 nafar yoshlarga psixologik xizmati ko‘rsatildi, 31 nafar yoshlarlarga tadbirkorlar ijara xarajati qoplab berildi, 354 nafar yoshlarlarga urug‘lik va ko‘chatlar uchun subsidiya ajratildi, 121 nafar yoshlarlarga maktab formasi va o‘quv qurollari ajratildi, 176 nafar yoshlarlarga fuqarolik pasporti badalini qoplab berilgan, 6 ming 860 nafar boshqa yo‘nalish turdagi yordamlar ko‘rsatilgan.
Tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armasida 67 mlrd. 732 mln so‘m mablag‘ shakllantirilib, 53 mlrd. 821 mln so‘m mablag‘lar "Daftarga" kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordam uchun yo‘naltirildi.
Toshkent viloyati harbiy ma’muriy sektorning tegishli bayoniga asosan 100 nafardan (Ma’lumot uchun: bir yilda 4 marotaba har chorakda kamida 1 martadan) “Jasorat maktabi” nomli harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inlari tashkil etilib bugungi kunga qadar 4 ta mavsum yakunlandi. Ushbu loyiha orqali viloyatdagi 22 ta tuman (shahar)lardan IIBning profilaktik hisobida turuvchi va tarbiyasi og‘ir yoshlardan 4 ta mavsum bo‘yicha jami 343 nafar yoshlar qamrab olindi.
Bundan tashqari joriy yilning 7-12-noyabr kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” Toshkent viloyatining 22 ta tuman (shahar)laridan tarbiyasi og‘ir hamda Ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turadigan 200 nafar yoshlarning ro‘yhati shakllantirilib, bir haftalik “Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish loyihasi tashkil etildi.
Bundan tashqari “Yosh chegarachi”, “Vatanparvarlar”, “Shunqorlar”,
“Yosh qutqaruvchi”, “Yosh gvardiyachi” kabi harbiy-sport musobaqalarining sektor, tuman (shahar) hamda viloyat bosqichlari yakunlanib, ularda qariyb
80 660 nafar yoshlar ishtirok etdi.
“Beshta muhim tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumida 6 ta tadbir va musobaqa o‘tkazilib, 330 ming nafar yoshlar ishtirok etdi.
Viloyat yoshlarining respublika va xalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki tahlil qilindi.
Unga ko‘ra 2023-yilda jami 39 ta medallar qo‘lga kiritilgan bo‘lib, shundan 7 tasi osiyo, jahon va turli xalqaro sport musobaqalarida qo‘lga kiritilgan.
Sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” turnirining Respublika bosqichida katta futbol bo‘yicha
Yuqori chirchiq tumani “Navbaxor” mahallasi yoshlari 2-o‘rinni, mini futbol bo‘yicha Bo‘ka tumani, “Yangi hayot” mahallasi yoshlari 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, bugungi kunda ushbu mahallalarda 750 mln so‘m qiymatidagi sport maydonini qurish ishlari olib borilmoqda.
Maktablardagi 704 ta sport zali, 886 ta kutubxona, 1 169 ta kompyuter xonalari moddiy-texnik bazasi (17 400 ta kompyuter, 33 081 ta inventar, 1,2 mln. dona kitob) mustahkamlanib, ulardan har kuni kechki vaqtlarda mahalla yoshlarining foydalanishiga sharoit yaratildi.
Viloyatdagi mahallalarda yoshlar yetakchilari tashabbuslari bilan shu kunga qadar 591 ta to‘garaklar tashkil qilinib, mazkur to‘garaklarga 32 980 nafar yoshlar qamrab olingan.
Viloyatda jami 888ta umumta’lim maktab mavjud bo‘lib jami 521 ming 315 nafar, 60 ta profisanal ta’lim mavjud unda 25 ming 620 nafar, 13 ta OTMda 66 ming 679 nafar o‘quvchi va talabalar taxsil olmoqda.
Shundan zakovat o‘yinlariga 32 ming 146 nafari, “UzChess” loyihasiga 2 ming 184 nafari, a’lo ta’til loyihasiga 820 nafar, “Quvnoqlar va zukkolar” tanloviga 12 ming 487 nafar, shahmat musobaqalariga 3 ming
740 nafari, “Yashil makon” loyihasiga 18 ming 609 nafari, “Talabaga madad” loyihasiga 4 ming 347 nafar, “Kelajak kasblari” loyihasiga
651 nafar, “Ibrat farzandlari” loyihasiga 32 ming 401 nafar, Xalqaro imtixonlar kompensatsiyasi 1 ming 125 nafar, Fan olimpiadalariga 13 ming 250 nafar, xokim stipendiyasi 250 nafar, “Qizlar ovozi” klubiga 5 ming 230 nafar yoshlar jalb etilib, viloyat bo‘yicha iqtidorli yoshlar ba’zasi shakllantirildi.
Yoshlarni ma’naviyat va kitobxonlikka targ‘ib qilish bo‘yicha 1025 ta mahallarda 1 ming 118 ta loyixa va tadbirlar tashkil etilib, 103 ming 980 nafar yoshlar qamrab olindi.
Bundan tashqari “Yosh kitobxon” tanlovini mahalliy va viloyat bosqichlari o‘tkazilib, tanlovga 91 477 nafar yoshlar qamrab olindi. “Zukko kitobxon” tanlovi har oyda tashkil qilinib 790 nafar kitobxonlar g‘oliblik uchun belashishdi.
“Ibrat farzandlari” loyihasi orqali viloyatda 33 ming 96 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, xorijiy tillar bo‘yicha bilim olishmoqda, ushbu loyiha davom etmoqda.