Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yetakchi tashabbusi bilan “Yoshlar bogʻi” tashkil etildi

22.11.2023 1391

Yurtimiz boʻylab “Yashil makon” loyihasi doirasida mamlakatimizni yanada obod qilish, yashil hududlarni kengaytirish ishlari qizgʻin davom etmoqda. Peshku tumani “Sadir” mahallasi Dehdaroz qishlogʻi hududida ham bogʻ barpo etildi. Mahalladagi yoshlar yetakchisi Muhammadali Kamolovning tashabbusi bilan bunyod etilgan bogʻda volontyorlar, mahalla yoshlari va faollari ishtirok etdi.

Muhammadali KAMOLOV, Peshku tumanidagi “Sadir” mahallasi yoshlar yetakchisi:

– “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida men ham mahallamiz hududida yoshlar bogʻini barpo etishni niyat qildim. Mahallamiz yoshlari bilan maslahat qilib, hududimizdagi Dehdaroz qishlogʻida hech kim foydalanmayotgan yerda bogʻ barpo etadigan boʻldik. Mahalla yoshlarining har biri oʻzlari bilan turli mevali daraxt ko‘chatlarini olib keladigan boʻldi. 18-noyabr kuni erta tongdan bogʻ yaratishga kirishib ketdik. Bizga volontyor yoshlar va mahallamiz faollari ham yelkadosh boʻldi. Shu kuni Yoshlar bogʻiga 600 dan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekdik. Ezgu niyat bilan ekilgan koʻchatlar yashnab, mahallamiz koʻrkiga koʻrk qoʻshadi degan umiddamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish