Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

6.4.2024 225

Otabek Sultonbekov,  Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari

Kuni kecha  Quyi Chirchiq tumanida menga biriktirilgan yoshlarni bir davraga jamlab, ular bilan yaqindan suhbatlashdim.

Suhbatda ularni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash kabi taklif va murojaatlariga imkon qadar yechim topishga harakat qildik. 

Shuningdek, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar haqida ham fikr almashdik. 

Yoshlarning har biri bilan alohida suhbat qilinib, muammo va takliflarini yozib oldim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarimizning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi,  muammolarini o‘rganish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish borasida e’tiborga munosib ishlar amalga oshirilmoqda.

Shundan kelib chiqib, bu kabi muloqotlarimiz natijasida turli muammolar sabab oʻz rejalarini amalga oshirishga qiynalayotgan yoshlarga eʼtibor qaratish, bu orqali ularga ragʻbat, boshqa tengdoshlariga ham oʻziga xos ijodiy dalda berishni maqsad qilganmiz.

Hademay migratsiyadan qarz bo‘lib qaytgan yoshimiz Doston Teshayev dehqonchilikni yo‘lga qo‘yadi. 

Ilmga chanqoq singillarimizni qo‘shimcha to‘garaklarga jalb etamiz, til o‘rganishga qiziqishi bor, chevar qizlar ham bizni davramizda bor edi.

Ular hali Toshkent viloyatidagi eng faol yoshlar safida bo‘ladi. Yoshlar bilan bir oiladek, do‘stona muloqotlarimiz davom etadi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish