Yoshlik, bu — orzu. Bu — ishonch. Bu — jasoratga intilish. Bu — lirika va romantika. Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu — istiqbolning boshlanishi.
Yoshlik o‘zining olijanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga, bashariy haqiqatga behudud intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi.
Yoshlik — olijanob tuyg‘ularning bokira pallasi.