⚡Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori e'lon qilindi
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati:
▪️Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna - Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining o‘qituvchisi
▪️Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 4-bosqich talabasi
▪️Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Andijon viloyati bo‘limi artist-maqomchisi
▪️Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi - Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani "Gara guri" mahalla yoshlar yetakchisi
▪️Pulatova Mohichexra Temirovna - Buxoro davlat universitetining tayanch doktoranti
▪️To‘xtamishova Gulnora Mels qizi - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi
▪️Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)
▪️Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
▪️Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
▪️Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
▪️Eshpo‘latova Mohira O‘tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi (Navoiy viloyati)
▪️Omonboyeva Meruyert Erkin qizi - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «Qosimqaji-Meruyert» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori
▪️Xakimova Dilshoda Oybek qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
▪️Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
▪️Savadyan Vilana Arsenovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▪️Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi - Samarqand viloyati Tayloq tumani «Qo‘shchinor» gazetasi muxbiri
▪️Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
▪️Irisqulova Kamola Normat qizi - Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)
▪️Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)
▪️Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi
▪️Tursunboyeva Fotima Botir qizi - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)
▪️Xaqnazarova Umida Ural qizi - Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti
▪️Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha sportchisi
▪️Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi - Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi
▪️Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi
▪️Sapayeva Risolat Rustam qizi - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi
▪️Tosheva Marjana Rustam qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o‘qituvchisi
▪️Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya san’ati fakulteti 1-bosqich talabasi