Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

FOTOLAVHALAR

21.8.2023 2778

EduCO Fest yoshlar festivali

Mirzo Ulug’bek nomidagi Markaziy xiyobonda (Central Park) Toshkentda ilk bor EduCO Fest yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Muxbirimiz Xolida Musulmon festivalda ishtirok etdi va reportaj tayyorladi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — ekologiya sohasidagi ta’limni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdir. EduCO Fest — taʼlim va ekologiyaning o’zaro uyg’unligi boʻlib, Markaziy Osiyoda yoshlar uchun qiziqarli va talabga ega boʻlgan yashil taʼlim konseptsiyasini targʻib qilish, ularning Oʻzbekistondagi yashil taʼlim sohasidagi joriy va yangi loyihalar va institutlar haqida xabardorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadbir dasturidan: Yashil o’quv burchagi. “Pecha-kucha” formatidagi qisqa nutqlar. Taqdimotni hududiy yosh ekofaollar, xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillari olib bordilar; Eko Zakovat. 17−25 yoshli yosh ishtirokchilar jamoalari uchun ekologiya bo’yicha savollardan iborat viktorina o’yini; SWAP Bozor; Kiyimlarni bezash va bo’yash bo’yicha mahorat darsi; Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganish universiteti, hamkor va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan burchak;karyera burchagi; “Dalahast” va “Nashvan"ning musiqiy chiqishlari o'rin olgan va yoshlar bu festivalda katta ishtiyoq bilan ishtirok etishdi.

14.7.2023 4455

"Turkiy tilli yoshlar'' festivalidan fotolavhalar

Festival ko'tarinki kayfiyatda davom etmoqda! Qo'qon shahar musiqali drama teatrida "Furqat" spektakli teatr aktyorlari tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

7.7.2023 4574

"Zukko kitobxon"

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan "Zukko kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari o'tkazilmoqda Tanlov barcha viloyatlarda bir vaqtda onlayn tarzda tashkil etildi. Tanlovning  Navoiy viloyati bosqichi jarayonlaridan fotolavhalar.

4.7.2023 4509

Yoshlik — buyuk afsungar

Yoshlik, bu — orzu. Bu — ishonch. Bu — jasoratga intilish. Bu — lirika va romantika. Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu — istiqbolning boshlanishi.  Yoshlik o‘zining olijanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga, bashariy haqiqatga behudud intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi. Yoshlik — olijanob tuyg‘ularning bokira pallasi.

8.6.2023 4730

“Semurg‘” fotoko‘rgazmasiga yoshlar munosabati suratlarda...

Markaziy Osiyo she’riyatining xilma-xilligi, ayniqsa zamonaviy she’riyat nemis kitobxonlari uchun deyarli noma’lum. Shu bois Qozog‘iston va O‘zbekistondagi Gyote-Institutlari bir-biri haqida juda kam ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Ushbu ko‘rgazma adabiyotlarni bir-biriga qiziqtirish, eshiklarni ochish va o‘zaro almashinuvni ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Yaqinda nashr etilgan nemis tilidagi birinchi Markaziy Osiyo she’riyati to‘plami O‘rta Osiyo madaniyatlari, tarixi va tillari haqida turli xil taassurotlarni taqdim etadi – u juda ko‘p narsalarni ajratib va shu bilan bir vaqtda birlashtirib ham turadi. Ko‘rgazma Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston shoirlarini ularning fotosuratlari orqali bir-biriga yanada yaqinlashtiradi. Suratlar 2022-yil sentabr oyida Toshkentdagi Gyote-Institutida bo‘lib o‘tgan Germaniya va Markaziy Osiyo birinchi she’riyat festivali doirasida olingan.Nemis fotografi Drik Skiba imkoniyatdan foydalangan holda festivalda ishtirok etgan qalamkashlarni suratga oldi va ularning ijodkor qiyofasini yaratdi. “Yoshlar ovozi” gazetasi fotomuxbiri Xolida Musulmon esa o‘zbek yoshlarining o‘z ijodkorlariga befarq emasligini isbotlash yuzasidan ko‘rgazmadan fotojamlanma tayyorladi!

7.6.2023 5162

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan tanlov va musobaqalarning respublika – final bosqichlari

Stol tennisi musobaqasi 12–14-iyun kunlari Jizzax viloyatida; Kasblar tanlovi 12–17-iyun kunlari Namangan viloyatida (tikuvchilik); Toshkent shahrida (erkaklar sartaroshligi); Samarqand viloyatida (oshpazlik); Buxoro viloyatida (qandolatchilik); Farg‘ona viloyatida (hunarmandchilik); Shashka musobaqasi 12–14-iyun kunlari Namangan viloyatida; “Street workout” musobaqasi 15–17-iyun kunlari Andijon viloyatida; Yengil atletika musobaqasi 12–15-iyun kunlari Qashqadaryo viloyatida; Paralimpiya musobaqalari 15–17-iyun kunlari Toshkent shahrida; Stritbol musobaqasi 12–16-iyun kunlari o‘g‘il bolalar o‘rtasida Samarqand viloyatida, qiz bolalar o‘rtasida Farg‘ona viloyatida; Gimnastrada musobaqasi 20–22-iyun kunlari Toshkent shahrida; “Yoshlar raqs” festivali 12–16-iyun kunlari Buxoro viloyatida; “Yoshlar kubogi” kibersport musobaqasi 20–22-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

7.6.2023 5340

"Yosh iste'dodlar" xayriya festivali bo'lib o'tdi

Yosh iste'dodlarni aniqlash, qobilyatlarini namoyish qilish hamisha birlamchi hisoblangan. Shu maqsadda, yaqinda "Xalqlar do'stligi" san'at saroyi maydonida "Yosh iste'dodlar" xayriya festivali bo'lib o'tdi. Taniqli ijodkorlar bilan birga qo'shiq kuylayotgan, kuch-g'ayrati raqslari kabi toshqin bo'lgan bolakaylarni ko'rib ko'zingiz quvnaydi. Fotomuxbirimiz Xolida Musulmon qizg'in jarayondagi suratlari bilan bo'lishdi!

23.5.2023 5185

KAPALAKKA AYLANAR BOLALIK...

Umr shiddatli, hayot esa kapalak umridek qisqa. Ko‘pchiligimizning bolaligi olis-olislarda kapalak quvgancha qolib ketdi. Bugun u damlarni entikib eslashdan boshqa narsa qo‘limizdan kelmaydi...

10.5.2023 5240

Tinchlik ne’mati

Urushning sovuq nomi Yerning issiq jonini hamon yaralab, eski yaralarini tirnab kelmoqda. Insoniyat 78 yillik g‘alabani eslar ekan, hanuzgacha dard-sitam chekadi... Toshkent shahrida joylashgan “Xotira xiyoboni” ko‘pincha gavjum, o‘zbek millatining Motamsaro Onasi ismlari zarhal harflar bilan bitilgan farzandlari xotirasiga hamon motam tutmoqda... Maydon bo‘ylab sayr qilayotgan bolakaylar esa tinchlik atalmish ulug‘ ne’matning asl ko‘zgusi bo‘lib shodlik ulashmoqda...

18.4.2023 5707

QISHLOQDAGI BOLALIK

Kameramiz obyektivi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi Chuvilloq qishlog‘i bolalarining kundalik hayotini muhrladi.

18.4.2023 5548

Qishloq bolalari

Qishloq bolasini tabiat katta qiladi, deyishadi. Aslida esa ular tabiatga muhabbat bilan ulg‘ayadi: qir-adirda qo‘y boqib, kitob o‘qiydi, sport bilan ham dalada shug‘ullanadi. Qishloq bolalari yo‘nilmagan go‘zallik ichida bolalikning eng go‘zal damlarini yashaydilar.  Xalqimizning noyob urf-odatlari-yu tesha tegmagan xalq og‘zaki ijodi namunalari ham chekka-chekka qishloqlarda hamon saqlanib kelmoqda. Bolalar esa qo‘ni-qo‘shnidan, katta momo-yu bobolaridan ana shu qo‘shiqlarni tinglab, ijodkor qalb bilan voyaga yetadi. Zamonaviy telefon o‘yinlari ularni jamoaviy musobaqalarchalik mahliyo qilolmaydi. Kameramiz obyektivi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi Chuvilloq qishlog‘i bolalarining kundalik hayotini muhrladi. Ularni Siz bilan bo‘lishgimiz keldi.

20.3.2023 5708

O‘LKADA NAVRO‘Z

YURTIMIZNING BARCHA HUDUDLARIDA “HAR KUNING NAVRO‘Z BO‘LSIN, JONAJON O‘ZBEKISTONIM!” SHIORI OSTIDA YOSHLAR SAYILLARI O‘TKAZILMOQDA.

17.3.2023 3158

SANOATNING 160 ZARARI

“Ekoovoz” loyihasida atrof-muhit tozaligi va uni qanday asrashimiz to‘g‘risida maqolalar chop etib borilmoqda. Bugun sanoat ekologiyasi haqida gaplashamiz. SANOAT “INQILOBI” Sanoat deb xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqa­ruvchi yoki aholiga xizmat ko‘rsatuvchi korxo­nalar (zavod, fabrika, shaxta, elektr stansiyasi va hokazo) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xo‘jaligining muhim qismidir. Lekin yurtimizda faoliyat olib borayotgan baʼzi sanoat korxonalari ishlab chiqarishda ekologik qonunchilikka ye­tarlicha rioya qilmagani sababli havo ifloslanib, havodan yuquvchi kasalliklar ko‘paymoqda. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar. Ular­ni, asosan, ikki guruhga bo‘lamiz: atrof-muhit­ni ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar. Shubhasiz, sanoat faoli­yati mamlakat iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ammo ularning o‘ziga yarasha zararlari ham yo‘q emas. Sanoat korxonalaridan chiqayot­gan zaharli moddalar nafaqat insonlarga, balki atrof-muhitga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli mod­dalar borligi aniqlangan. Qora va rangli metallurgiya, sement sanoati, neft va kimyo sa­noatining havoni ifloslashda ulushi katta. Ular atmosferaga chiqindi bilan birga, turli kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan changlarni: ftor, azot oksidi, karbonat angidrid, oltingugurt angidridi chiqa­radi. Zaharli moddalar nafas yo‘llari kasalliklari: bronxit, emfizema, astmani keltirib chiqaradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hi­sobotiga ko‘ra, har yili havoning ifloslanishidan 7 millionga yaqin inson bevaqt o‘lim topadi. O‘lim sabablari orasida qon tomirlari, yurak ka­salliklari va o‘pka saratoni mavjud. QONUN HIMOYALAY OLADIMI? Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risi­dagi qonunchilikni buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublika­si Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 85-88-moddalari shu mavzuga bag‘ishlangan. Ya’ni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini belgilangan tartibda qoplashi shart. Zararning o‘rnini qoplash ayb­dorni javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi. Sanoat korxonalarining chiqindilarini ka­maytirish uchun, avvalambor, ilg‘or texnologi­yalardan foydalanish lozim. Bunda eng asosiy maqsad, inson salomatligini asrash va tabiiy resurslarni tejash, shu bilan birga, atrof-muhit­ga salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.

25.2.2023 2178

Yosh kitobxon loyihasi final bosqichi: 15-19 yosh toifasi g'oliblari aniqlandi

Millionlab yoshlarni o'zida jamlagan Yosh kitobxon loyihasi final bosqichi: 15-19 yosh toifasi g'oliblari aniqlandi Maxkamtosheva Marhabo Abduraxmon qizi 378 ball (Samarqand viloyati) Spark avtomobili sohibasi; Isroiljonov Ilhomjon Ikromjon oʻgʻli 268 ball (Andijon viloyati) 50.000.000 so’m pul mukofoti sohibi; Rajabboyeva Marjona Oʻrinboy qizi 260.7 ball (Xorazm viloyati) 30.000.000 soʻm pul mukofoti sohibasi; Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10.000.000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

24.2.2023 2108

"Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovining respublika bosqichi davom etmoqda

"Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovining respublika bosqichi davom etmoqda. Oldinda hali yana shartlar bor, ammo ishtirokchilar hayajonda. Taxminiy bashoratlar, bir-biri bilan qilinayotgan muhokama, hayajon, ko'z yosh...Bularning barchasi Yosh qahramonlarimiz suratlarida...