2521ta natija
15.2.2024 4412
Ayni damda Yoshlar ijod saroyida tanlovning Respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda. Bugun 10-14 yosh toifasidagi ishtirokchilari 1-shart “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti bo'yicha kuch sinashmoqda. Ma'lumot o'rnida, ushbu tanlov 15-fevraldan 23-fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
13.11.2023 7347
O‘lkamizda mana Kuz … Naqadar go‘zal va serjilo fasl … Har bir faslning o‘z chiroyi bo‘lganidek, bu faslning ham o‘zgacha, hech qaysi faslnikiga o‘xshamagan husn-tarovati bor. Shoir hamda yozuvchilarimiz aytganidek, bu fasl “Hazon” barglari bilan ajralib turadi … Kuz fasli kirib kelganda tabiat manzaralariga e’tibor bersangiz ona tabiatimiz oltin libosga burkanadi. OLTIN KUZ Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,O‘lkamizga kuz fasli keldi.Ona yerning saxovatiniKo‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi. Kuzning qaynoq nafasi dastlabDalalarda, bog‘da sezilar.Tolning sarg‘ish yaproqchalariBandlaridan chirt-chirt uzilar. Egilibdi anor shoxlariKo‘tarolmay o‘z hosilini.Uchratasiz ko‘rkam bog‘lardaMevalarning eng asilini. Paxtazorlar oppoq libosdaQamashtirar boqsam ko‘zimni.Qo‘shiq qilib kuylayman bugunOna yurtim oltin kuzini.
20.10.2023 5698
Qahraton o‘tkinchi — to‘nmoq o‘tkinchi, Bahor o‘tkinchidir — unmoq o‘tkinchi. Yoz ham o‘tkinchidir — to‘lmoq o‘tkinchi — Faqat kuzak cheksiz — so‘lmoq cheksizdir. Qahraton o‘ldirsa — muzlik lahzadir, Bahor telba etsa — gullik lahzadir, Yoz faqat bahorga qullik lahzadir — O, sening ishqingda o‘lmoq cheksizdir. Men senga hamisha omonlig‘ berdim, Qiyinini oldim — osonlig‘ berdim, Har kuni jonimdan qurbonlig‘ berdim — Ko‘yingda qurbonlig‘ bermoq cheksizdir. Muhabbat o‘tida qalbimiz kuydi, Qo‘llarimiz kuydi, labimiz kuydi, Ikkov bir saf edik — safimiz kuydi, Olov — bir daqiqa, so‘nmoq — cheksizdir. Kuzgi bog‘lar ichra yuragim yaydoq, Kelgin, boq! Holimga, kelgin, yorim, boq... Nogahon novdadan uchdi bir yaproq — Bu bargga tuproqqa qo‘nmoq cheksizdir.Usmon A'zim she'ri
21.8.2023 8793
Mirzo Ulug’bek nomidagi Markaziy xiyobonda (Central Park) Toshkentda ilk bor EduCO Fest yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Muxbirimiz Xolida Musulmon festivalda ishtirok etdi va reportaj tayyorladi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — ekologiya sohasidagi ta’limni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdir. EduCO Fest — taʼlim va ekologiyaning o’zaro uyg’unligi boʻlib, Markaziy Osiyoda yoshlar uchun qiziqarli va talabga ega boʻlgan yashil taʼlim konseptsiyasini targʻib qilish, ularning Oʻzbekistondagi yashil taʼlim sohasidagi joriy va yangi loyihalar va institutlar haqida xabardorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadbir dasturidan: Yashil o’quv burchagi. “Pecha-kucha” formatidagi qisqa nutqlar. Taqdimotni hududiy yosh ekofaollar, xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillari olib bordilar; Eko Zakovat. 17−25 yoshli yosh ishtirokchilar jamoalari uchun ekologiya bo’yicha savollardan iborat viktorina o’yini; SWAP Bozor; Kiyimlarni bezash va bo’yash bo’yicha mahorat darsi; Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganish universiteti, hamkor va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan burchak;karyera burchagi; “Dalahast” va “Nashvan"ning musiqiy chiqishlari o'rin olgan va yoshlar bu festivalda katta ishtiyoq bilan ishtirok etishdi.
14.7.2023 10589
Festival ko'tarinki kayfiyatda davom etmoqda! Qo'qon shahar musiqali drama teatrida "Furqat" spektakli teatr aktyorlari tomonidan mahorat bilan ijro etildi.
7.7.2023 10978
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan "Zukko kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari o'tkazilmoqda Tanlov barcha viloyatlarda bir vaqtda onlayn tarzda tashkil etildi. Tanlovning Navoiy viloyati bosqichi jarayonlaridan fotolavhalar.