2276ta natija
20.4.2024 192
Toshkent shahridagi teatrlarning 20-aprel, shanba kungi repertuari: O‘zbek milliy Akademik drama teatri Nomi: “Andishali kelinchak” Vaqti: 18:00 Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri Nomi: “Qaytar dunyo” Vaqti: 17:00 - 19:00 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri Nomi: "TOSKA" opera Vaqti: 18:00 Gosudarstvenniy teatr muzikalnoy komedii (operetti) Uzbekistana Nomi: “Maritsa” Vaqti: 17:30 O‘zbekiston davlat satira teatri Nomi: “Jamila” Vaqti: 16:00 “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi Nomi: “Kulgu akademiyasi” Vaqti: 17:00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi teatrlarning 20-aprel, shanba kungi repertuari: Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri Nomi: “Zo'raki tabib” Vaqti: 17:00 Qoraqalpoq davlat qóǵirchoq teatri Nomi: “Xushchaqchaq do'stlar” Vaqti: 15:00 Andijon viloyati musiqali drama teatri Nomi: “To‘ylar muborak” Vaqti: 15:00 Andijon viloyati yoshlar teatri Nomi: “Hangoma” Vaqti: 15:00 Buxoro viloyati musiqali drama teatri Nomi: “Shum bola” Vaqti: 14:00 Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri Nomi: “Quvnoq oila” Vaqti: 11:00 - 12:00 Jizzax viloyat musiqali drama teatri Nomi: “Tanho yulduz” Vaqti: 17:00 Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri Nomi: “Qizil qalpoqcha qayerda?” - “Xusrav va Shirin” Vaqti: 11:00 - 16:00 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri Nomi: “Matonatli yurak” Vaqti: 11:00 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri Nomi: “Qaynona” Vaqti: 14:00 Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Nomi: “Shiroq afsonasi” Vaqti: 11:00 Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri Nomi: “97-xona” Vaqti: 11:00 Qo‘qon shahar musiqali drama teatri Nomi: “Furqat” Vaqti: 14:00 Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri Nomi: “Marg‘ilon darg‘alari” maqom Vaqti: 11:00 Namangan viloyati musiqali drama teatri Nomi: “Sab’ai sayor” Vaqti: 16:00 Navoiy viloyat qo‘g‘irchoq teatri Nomi: “O‘tkir shoxli buqacha” Vaqti: 17:00 Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Nomi: “Abu Muin Nasafiy” Vaqti: 16:00 Xorazm viloyati musiqali drama teatri Nomi: “Qirmizi olma” Vaqti: 17:00 Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri Nomi: “Afandi hangomalari” Vaqti: 11:00
3.4.2024 245
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda "Ma'rifat targ‘ibotchilari" jamiyati hamkorligida "Bir bo‘lsak - yagona yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Kinokarvon" Respublika bo‘ylab yo‘lga chiqdi. Karvonning ilk manzili Sirdaryo viloyati bo‘ldi. Viloyatga poytaxtdan 10 ga yaqin kinoijodkorlar, yozuvchi va ziyolilar tashrif buyurdi. Tadbirlar Guliston shahar Yoshlar markazidan boshlandi. Unda xalq sevgan ijodkor Bahodir Nishonov so‘zga chiqdi. "Ba'zida mendan nega ijodni tanlaganimni so‘rashadi. Bu bolalik xotiralarimga bog‘lanadi. 1950-yillarda endigina televideniye chiqqan davrlarda soat 7 da butun mahalladagilar bizni hovlida yig‘ilishardi. Avval "Axborot" berilardi. Undan keyin esa hind kinolari boshlanardi. Ularni hamma yig‘lab ko‘rardi. Shu sabab kinoga mehr uyg‘ongan. Axir bu kasb egalari o‘z qahramonlari orqali insonlarni ham kuldira oladi, ham yig‘lata oladi. Shuningdek, bor yo‘g‘i bir yoki bir yarim soatlik shunday kino orqali insonlarning ma'lum mavzudagi fikrlarini butunlay boshqa tomonga o‘zgartirish mumkin. Filmlarning, ijodkorlarning shunday mahorati bor. Ammo kinoda ijod u qilish u qadar oson emas. Hamma kasbda bo‘lgani kabi biz ham turli mashaqqatlardan o‘tganmiz. Masalan, men uchun hayotda yashab o‘tgan shaxsni gavdalantirish qiyinroqdek tuyuladi. Axir uning o‘zini xarakteri, ohangi va mimikalari bo‘ladi. Uni to‘laligicha o‘xshata olish uchun iste'dod talab qilinadi", deydi aktyor.
23.12.2023 1231
Deyarli har kuni internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, feysbuk va telegramda yangi tarjimalar taqdim etiladi. Ular janriga ko‘ra, asosan sheʼr va hikoyalar bo‘lib, qisman esse, suhbat, qatralar ham uchraydi. Yurtimizda ko‘p yillik adabiy faoliyat yuritib kelayotgan sayt – Xurshid Davron kutubxonasida asosan jahon sheʼriyatidan namunalar taqdim etiladi. Shuningdek, mashhur adiblarning tug‘ilgan sanalarida ularning qalamiga mansub hikoyalar matn va audio tarzida joylab kelinadi. Saytda ustoz tarjimonlar Rauf Parfi, Shukrullo, Erkin Vohidov, Olim Otaxon, Sharifjon Аhmedov, Uzoq Jo‘raqulov, Xurshid Davron, Аbdulla Sher, Vafo Fayzulloh, Faxriyor va boshqa ijodkorlarning tarjimalari zalvorli. Yoshlardan esa Аlisher Otaboyev, Saidjalol Saidmurodov, Gulnoz Mamarasulova, Rafiq O‘zturk kabi tarjimonlarning o‘girmalarini o‘qiysiz. Eng katta elektron kutubxona – Ziyouz.uz saytining tarjima ruknida asosan, bosma adabiy jurnallarda chop etilgan hikoyalar joylab boriladi. Jahon adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar qatoridan Ernest Xemingueyning “Yomg‘irda qolgan mushuk”, Ivan Turgenevning “Mumu”, Аnton Chexovning “Latta”, “G‘ilof bandasi”, “Xameleon”, Rabindranat Tagorning “Shubha”, Mixail Sholoxovning “Inson taqdiri”, Frans Kafkaning “Evrilish”, Jek Londonning “Hayotga muhabbat”, Аziz Nesinning “Аdabiyotsevar” kabi hikoyalari o‘rin olgan. Saytning telegram kanalida ayni paytda 400 dan oshiq o‘quvchi mavjud. Nodirabegim.uz adabiy saytining tarjima bo‘limida yuzga yaqin yangi tarjimalar eʼlon qilingan. Eʼtiborlisi, ularning aksariyati asliyatdan va yosh tarjimonlar tomonidan o‘girilgan. Shuningdek, ayrim zamondosh shoir-yozuvchilarning ijodi ilk marta o‘zbek tiliga o‘girilgan. Ular orasida nemis, vetnam, turk, koreys, amerika, meksika, brazil, rumin, hind xalqlariga mansub zamonaviy ijodkorlar bor. O‘tgan yillarda feysbuk tarmog‘ida ham baʼzi yosh tarjimonlarni kashf etdik: bular Javohir Osmon, Аlp Аsli, Zoir Zokirov, Salimjon qizi, Rahmon Ergenj va boshqalar. Ular ingliz, turk, fors tillaridan sheʼr, hikoya, qatralar tarjimasini ulashib kelmoqda. Biroq ayrim havaskor tarjimonlarning ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan ishlarida jumlalarning so‘zma so‘z o‘girilishi, ayniqsa, gugl-tarjimon xizmatidan foydalanilgani yoqqol ko‘rinib turadi. Ijtimoiy tarmoqlarda muharrir va noshir ko‘rigisiz, tahrirsiz eʼlon qilib yuboriladigan bu kabi tarjimalar afsuski, so‘nggi yillarda urchib bormoqda. Jahonadabiyoti.uz, sharqyulduzi.uz, yoshlik.uz saytlarida esa mazkur bosma jurnallarlarning tarjima ruknida chop etilgan asarlar yil davomida saralanib joylab borilgan. Аytish kerakki, har uchala jurnalning rasmiy sayti o‘z telegram havolasiga, feysbuk tarmog‘ida sahifasiga ega bo‘lib, jurnalda eʼlon qilingan ijodiy ishlarni muntazam ulashib boradi, maʼlum muddat o‘tgach jurnallarning elektron shaklini ham o‘quvchilarga taqdim etadi. Endi esa yuqoridagi saytlarda eʼlon qilingan ayrim tarjimalar haqida gapirib o‘tsak. Ziyouz.uz saytida eʼlon qilingan Аziz Nesinning “Аdabiyotsevar” hikoyasini yosh shoir Rahmat Bobojon turk tilidan tarjima qilgan. Hikoyada ikki qo‘shni haqida gap boradi, ulardan biri yozuvchi, ikkinchisi esa qo‘shtirnoq ichidagi adabiyotsevar. Yozuvchi uning uyiga mehmonga kirganida xonadonida ko‘plab kitoblarni ko‘rib avvaliga hayratlanadi, ammo keyin qo‘shnisining soxta dastxatlar bilan maqtanishi, o‘lib ketgan yozuvchilar bilan uchrashuvlari va tanimagan adiblari bilan do‘stligi haqdagi lof va yolg‘onlaridan asabiylashadi. Kelasi kuni esa uni o‘z uyiga chaqirib, Gyotening kitobini ko‘rsatib uni taniysizmi, deganda adabiyotsevar qo‘shni u mashhur ko‘zboylog‘ich edi deb javob beradi. Yozuvchi keyin nima bo‘lganini eslolmaydi, ko‘zini ochganida melisaxonada bo‘ladi. Аfsuski, bu yerdagi komissarning ham Shekspirni tanimasligi dard ustiga chipqon bo‘ladi. Hikoya qisqa va lo‘nda bo‘lib, tarjimon uni o‘zbekchaga maromiga yetkazib o‘girgan. Eskicha so‘zlashuv uslubidagi jumlalarni ham to‘g‘ri tanlagan, achchiq satira uslubini ochib berolgan. Xurshid Davron kutubxonasi saytida Gabriel Garsia Markesning “Moviyrang itning ko‘zlari” hikoyasi Gulnoz Mamarasulova tarjimasida eʼlon qilingan. Fusunkor realizm yo‘nalishidagi hikoya bir erkakning tushiga kirgan ayol bilan dialoglari ustiga quriladi. Hikoya nomini tarjima qilishda “Moviy itning ko‘zlari” deyilsa to‘g‘riroq bo‘lardi, huddi moviy tog‘lar, moviy gumbazlar kabi. Rang so‘zi qo‘shilmasa ham maʼno anglashiladi. Hikoya yaxshi tarjima qilingan, lekin ayrim jumlalarni tahrirlashga ehtiyoj bor, tishga tegadigan gaplarga sayqal berish, gap ichidagi so‘zlar o‘rnini almashtirish lozim. Nodirabegim.uz saytida Uilyam Saroyanning “Po‘rtaxol” hikoyasi yozuvchi Аlisher Fayzullayev tarjimasida eʼlon qilingan. Unda nochor va yetim bolakayning mandarin sotishi tasvirlanadi. U xaridorlarni jalb qilish uchun doim kulib turishi lozim, ammo ich-ichidan yolg‘iz va baxtsiz bolakay jilmayishni eplolmaydi. Hikoya o‘zbekchaga mahorat bilan o‘girilgan, tarjimon tilning keng lug‘aviy imkoniyatlaridan foydalangan; qaytariqlar yo‘q, badiiy jihatdan puxta, muallifning uslubi saqlab qolingan. O‘quvchi uni bir nafasda o‘qiydi va so‘z sehridan taʼsirlanadi. Mazkur saytda eʼlon qilingan yana bir hikoya – Shirli Jeksonning “Lotareya” hikoyasini yosh tarjimon Mirzohid Muzaffar inglizchadan o‘girgan. Mirzohid ko‘pincha hali o‘zbek kitobxonlariga tanish bo‘lmagan yozuvchilarni tanlaydi va mazmuni, g‘oyasiga ahamiyat qaratadi. Bu hikoyada ham johil olomon qiyofasi aks etadi. Qishloqdagilar yig‘ilib lotareya o‘ynashadi va oxirida hamma yig‘ilib, bir odamni toshbo‘ron qiladi. Ular bu bidʼat odatdan voz kechishmaydi. Hikoya qayta tahrirlanganda, yanada sayqallangan bo‘lardi. Masalan, “Hech narsa eskisidekmas”, jumlasi o‘rniga “Hech narsa ilgaridek emas” deyilsa, ravonroq chiqardi. Xulosa qilib aytganda, yosh tarjimonlar virtual olamda sermahsul faoliyat olib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan yaxshi o‘girmalar elektron va bosma nashrlarda ham chop etiladi. Muhimi, yoshlar ko‘proq til o‘rganib, asliyatdan tarjima qilishga intilyapti, xorijdagi zamondosh ijodkorlar bilan feysbuk orqali muloqot qilib, ularni o‘zbek auditoriyasiga ham tanishtirib kelmoqdalar. Аfsuski, adabiyotga ixtisoslashgan saytlarning sanoqli ekani, aynan badiiy tarjima bo‘yicha alohida sayt mavjud emasligi, telegramda ham tarjima asarlarga ixtisoslashgan kanallar kamligini taʼkidlab o‘tish kerak.
13.12.2023 1677
Shoir va dramaturg Zafariy 1889-yilda Toshkentning Beshyog‘och dahasiga qarashli Kattabogʻ mahallasida tavallud topgan. Mutafakkir hayoti va ijodini o‘rgangan adabiyotshunos Olim Usmonov “Gʻulom Zafariy. Hayoti va ijodi” (2022) risolasida dramaturgning ota-onasi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotni bergan: “Uning otasi Muzaffar miskar hunarmand kishi boʻlib, hazil-mutoyibaga moyil, sanʼatsevar kishi edi. Onasi Fayziniso otin maʼlumotli, gapga chechan ayol boʻlib, koʻpgina xalq dostonlari va ertaklarini yoddan bilardi”... Gʻulom Zafariy avval eski maktabda, keyin xususiy rus maktabida, Xoʻja Ahmad va Ko‘kaldosh madrasasida taʼlim oldi. 1914-yil 15-yanvarda Toshkentdagi “Kolizey” teatrida “Padarkush” spektaklining premyerasi boʻlib oʻtadi. Shu yili “Turon” teatrida Ozarbayjon musiqali teatrining “Arshin mol olon”, “Layli va Majnun” singari mashhur dramalari ham katta muvaffaqiyat bilan namoyish etiladi. Bular Gʻulom Zafariyning hayotini, yashash tarzini butunlay oʻzgartirib yuboradi. U otasining misdan yasalgan patnislarini chertib, turli ritm va ohanglar chalib, hatto oʻzi ham yangi-yangi kuylar ijod qila boshlaydi. 1914-yildan boshlab Toshkentda Abdulla Avloniyning “Turon” truppasida aktyor va dramaturg sifatida faoliyat yuritadi. Oʻsha yillarda ilk sheʼrlarini yoza boshlagan Gʻulomning yoshlar hayotidan olingan “Bahor”, “Gunafsha”, “Tilak”, “Quyon”, “Erk bolalari” singari bir koʻrinishli dramalar havaskorlik toʻgaraklarida ijro etiladi. 1920-yilda “Karl Marks” truppasida (avvalgi “Turon” teatri) Mannon Uygʻur sahnalashtirgan “Halima” spektakli 1937-yili muallif qamalgunga qadar oʻnlab teatrlarda zoʻr muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. Oʻzbek teatri tarixida Gʻulom Zafariyning “Halima”si bilan bahslasha oladigan dramani topish qiyin. Choʻlpon “Halima” spektaklining namoyishida dramaturgning doʻsti sifatida qatnashib, katta hayajon bilan bunday yozgan edi: “11-dekabrda oʻzimiz koʻrgan qishki “Turon” binosida — yuzinchi marta boʻlsa kerak – “Halima” oʻynaldi... Asarning alla nechanchi martaba qoʻyilishiga qaramasdan, xalq toʻladir, joy tegishmaydir...”. Oʻzbek operasini yaratish jazavasi avj olgan 30-yillarning oʻrtalarida bu asarni ham opera “tili”ga moslashmoqchi boʻlishgan. Musiqashunos B.A.Pestovskiy shu hol haqida “Bu kunda oʻzbek operasining asosini solgʻuvchi Gʻulom Zafariydir”, deb yozgan va bu soʻzlar tarixiy haqiqatga zid emas edi. Gʻulom Zafariy 1937-yilda qatagʻonga uchradi. Dastlab 1933-yil 21-mayda “aksilinqilobiy millatchilik faoliyati” uchun uch yilga gʻarbiy Sibirga surgun qilingan. Qaytib kelgach, ikkinchi bor 1937-yil 28-oktabrda hibsga olingan va 1937-yil 4-dekabrda otishga hukm qilingan.
6.12.2023 1347
Ibrohim oqsoqol bobo va uning farzandi Komil oqsoqol buvamiz qatag‘on davri qurbonlaridan edi... Sobiq tuzum davrida qatag‘on siyosati tufayli ilmlilar, yer egalari, mulk egalari, diniy ulamolar, adolat va haqiqat uchun jon kuydirgan fidoyilarimiz, millatdoshlarimiz aybsiz-aybdor sifatida qatag‘on qilindi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1930-1933-yillarda Sobiq ittifoq hududida 10 milliondan ortiq shaxs “Quloq” qilingan. 1934-1938-yillarda yurtdoshlarimizdan 40 mingdan ziyod kishi jazoga tortilib, shudan 730 nafari “xalq dushmani” degan tuhmat bilan otib tashlangan. Bu davrda Bo‘ka tumanida ham qator hamyurtlarimiz aziyat chekkan. Usmon Jo‘rayevning “Bo‘ka tumani tarixidan sahifalar” nomli kitobida keltirilishicha, ya’ni “1917-yilgi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng Bo‘ka volosti ijroiya qo‘mitasi tuziladi. 1923-yilda Turkiston Respublikasining zotli mollar va g‘allachilik sovxozlari bosh boshqarmasining 6-sonli Ko‘korol zotli mollar sovxozi tashkil etiladi. 1927-yil yer-suv islohotlari o‘tkazilib, Ibrohim oqsoqol, Mirzaxo‘ja boy, Raisbek oqsoqol kabi mulkdor (jami 17 kishi)ning yerlari tortib olinadi. 1928-1930-yillarda “G‘ayrat”, “Paxta uchun kurash”, “Qizil ketmonchi”, “Yorqin mehnat”, “Udarnik” va keyinchalik boshqa kolxoz(jamoa xo‘jaliklari)lar tuzilgan. Kitobda keltirilgan yer egalaridan Ibrohim oqsoqol bizning bobomiz edi. Bu haqda Xadicha onamiz (1912-1986) qaynotasi Ibrohim buvamiz haqida quyidagilarni so‘zlab bergan edi: “Qaynotam Ibrohim buvamiz, aka-ukalari ko‘pchilik bo‘lib, yer egalaridan edi. Omborlarida, yerto‘lalarida katta miqdorda bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasi bo‘lardi... Katta qozonlarda taom pishirilar edi... Bilsak, yer egalarining yerlari, mol-mulki va oziq-ovqat zaxiralari tortib olinib, qarshilik ko‘rsatganlar qamoqqa olinib, uzoq va sovuq Sibirga surgun qilinayotgani ekan. Lekin Ibrohim oqsoqol bobomiz bu voqealardan xabardor bo‘lib, hukumatga e’tiroz va qarshilik ko‘rsatmagan. Natijada sho‘rolar bobomizga hech qanday chora ko‘rmagan, ammo doimiy nazorat va qiynoq ostida tutib turgan. Bobomiz doshqozonlarda taom pishirib, muhtojlarga tarqatar, bundan xabar topgan sovetlar u kishini qiynoqlarga solishi natijasida bevaqt olamdan o‘tgan”... Komil buvamiz jamoa xo‘jaligida xosilot, keyinchalik, Bo‘ka qishloq sovetiga rais, ya’ni oqsoqol etib saylanadi. Mahalliy aholi “Ibrohim oqsoqolning o‘g‘li Komil oqsoqol bo‘ldi”, deb etirof eta boshlaydi. 1995-yil sentabr oyida Ohangaronda tadbirkorlikni boshlagan ilk kunlarim edi. Do‘konimiz oldidagi daraxtzor orasida oppoq soqolli, istarali otaxon qo‘y boqib yurganini ko‘rib, unga havas qilib, salomlashish uchun oldilariga bordim. Otaxon salomimga alik olib, menga sinchkovlik bilan qaradi: “Kimning o‘g‘lisan?” “Men Ohangaronlik emas, Bo‘kalikman”. “Bo‘kalik? Unda kimning nevarasisan?” “Komil oqsoqol buvanining nevarasiman”. “Ie, Komil oqsoqolning nevarasimisan!” – u shunday deb men bilan boshqatdan so‘rashdi. “Komil oqsoqol buvamiz 1952-yili vafot etgan, siz taniysizmi?” “Albatta, juda yaxshi taniyman!”... Otaxonning aytishicha, u kishining otasi quloq qilinib, Bo‘kaga surgun qilingan ekan. Bo‘kada uysiz, yemaksiz qolganida Bo‘ka qishloq soveti raisi Komil buvamiz g‘amxo‘rlik qilib, ko‘p yordam bergan ekan. Ular 1949-yilgacha Bo‘kada yashagan ekan. “Hozir mana bu mahallada yashayman, ismim Pirmuhammad”, – deb so‘zini yakunladi otaxon. Komil buvamizning to‘rt farzandi bo‘lib, kattasi mening otam – Esonboyhoji edi. Buvamiz o‘sha davr azoblari tufayli 1952-yilda 49 yoshida olamdan o‘tgan. Otam Esonboy hoji Komilov 13 yoshida otasidan yetim qolib, qiyinchilik va mashaqqatlar bilan ulg‘ayadi. 1955-1959-yillarda Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikumida, 1965-1970 yillari Toshkent qishloq xo‘jalik institutida sirtdan o‘qiydi. Tuman “O‘simliklarni himoya qilish” korxonasida agronom, rahbar bo‘lib ishlaydi. 1983-1986 yillarda “Paxta ishi” bo‘yicha tergovga chaqirilib, jinoyat alomatlari aniqlanmay, tergov ishlari to‘xtatiladi. 1986 yili Xadicha buvimiz olamdan o‘tganda ayrim rayon rahbarlari “janaza namozi o‘qitmang, qabristonga bormang”, deydi. Ammo otam bunga qaramay onalariga janaza namozini uyda o‘qitib, qabrga o‘z qo‘llari bilan qo‘yadi... Tuzumning ko‘p nohaqliklariga guvoh bo‘lgan otam 2016-yili olamdan o‘tdi. Bunday sitamlarni ko‘p yurtdoshlarimiz o‘z tanasida his etgan va ularni also unutolmaydi. Tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, qaddimizni tiklash, farzandlarimizni faxr va g‘urur tuyg‘ulari bilan kamolga yetkazish oldimizdagi asosiy vazifalardan deb o‘ylayman.
6.12.2023 1329
Moziyga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Turkiston ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va ko‘plab sohalarning markazi bo‘lganiga amin bo‘lamiz. Shu ma’noda Turkiy davlatlar tashkiloti, Turkiy davlatlar geografiya kengashi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda 5-6-dekabr kunlari “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferesiya bo‘lib o‘tmoqda. Imom al-Buxoriyning “Ilmdan boshqa najot yo‘q”, - degan purma’no so‘zlari shior qilib olingan ushbu konferensiyada O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston universitetlarining professorlari, fan doktorlari, jamoat arboblari so‘zga chiqib qatnashuvchilarga Turkistonning turkiy xalqlar tarixida ahamiyati katta ekanligi to‘g’risida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdilar.