2523ta natija
13.10.2025 3333
Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston tashqi siyosatida keng ko‘lamli yangi tarixiy bosqich boshlangani yaqqol sezilib turdi. Juda katta potensialga ega bo‘lgan mamlakatimiz qisqa vaqt ichida inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim tizimini isloh etish, mintaqada ochiq tashqi siyosat yuritish borasida keskin yuksalishni qayd etgan, ayni paytda, aniq va ulkan istiqbolli maqsadlarga ega mamlakat sifatida namoyon bo‘ldi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridagi nutqida O‘zbekistonning tashqi siyosati qat’iy va o‘zgarmas ekani yana bir bor ifodasini topdi. Jahonda geosiyosiy ziddiyatlar chuqurlashgani, xalqaro institutlar zaiflashgani, tengsizlik kuchaygani va bu jarayonlarga befarq bo‘lish mumkin emasligi haqidagi chaqiriq bilan O‘zbekiston o‘zini faqat mintaqaviy emas, global xavfsizlik masalalarida ham faol ishtirokchi sifatida ko‘rsatdi. Nutqda keltirilgan raqamlar mamlakatdagi real o‘sish ko‘rsatkichlariga asoslangan. Kambag‘allik 35 foizdan 6,6 foizga tushgani, maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, yoshlarning oliy ta’limga qamrovi 9 foizdan 42 foizga yetgani so‘nggi yillardagi insonparvar ijtimoiy siyosatning samaralaridir. Prezidentimiz ilgari surgan tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi yangi tashabbuslar ko‘lami nihoyatda keng. Xususan, “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi alohida ahamiyat kasb etdi. Bu tashabbusning markazini O‘zbekistonda joylashtirish taklifi ham adolatli. Endi mamlakat faqat o‘z hududida emas, dunyo bo‘ylab yoshlarga oid muammolarni hal qilish va ularning salohiyatini safarbar etishda yirik platforma sifatida maydonga chiqmoqda. Davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt, sogʻliqni saqlash, taʼlim va madaniyatdagi ilmiy-texnologik yutuqlarni insoniyatga xizmat qildirish tashabbusini ilgari surib, yoshlar kelajagi global teng imkoniyatlarga bogʻliq ekanini taʼkidlar ekan, “Erkin, bilimli va bagʻrikeng yoshlar – ertangi kun taqdirini belgilovchi kuch” degan gʻoya bilan chiqdi. BMT Xavfsizlik Kengashini kengaytirish, ekologiya va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro koalitsiya tuzish g‘oyasi hamda Orolbo‘yi hududini tiklash bo‘yicha keng qamrovli reja – bular mamlakatning o‘z manfaatlari bilan birga umuminsoniy ehtiyojlarga ham javob beradi. Ayniqsa, Orolbo‘yida 2 million gektar maydonda yashil qoplamalar yaratilayotgani, 2030-yilgacha hududning 80 foizini qayta tiklash rejalari O‘zbekiston ekologik muhitni yaxshilashda jahonda yetakchilardan biri ekanini ko‘rsatadi. Ilgari surilgan yana bir strategik maqsad 2030-yilga borib “daromadi o‘rtadan yuqori” davlatlar qatoriga kirish. Bu oddiy siyosiy shior emas, balki iqtisodiy o‘sishni inson kapitali bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan yondashuvdir. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, innovatsiya, energetika va infratuzilmaga oid tashabbuslar ayni shu maqsadga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbarining nutqi uchta muhim ishorani o‘zida mujassam etdi: birinchidan, O‘zbekiston ichki ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda sezilarli natijalarga erishdi; ikkinchidan, mamlakat mintaqada barqarorlik va hamkorlikning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi; uchinchidan, O‘zbekiston global muammolarni hal etishda faol o‘rin egallashga tayyor. Shu jihati bilan nutq muhim ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida baholanishi kerak. “Bir so‘zli inson” O‘zbekiston rahbari va delegatsiyasining AQSh bo‘ylab safari natijalari butun dunyoning e’tiborida bo‘lib turdi. Chunki bugungi kunda AQSh iqtisodiyoti dunyoning eng yirik moliya va innovatsiya markazlaridan biri hisoblanadi. U yerda shakllangan ilgʻor standartlar va kapital oqimi Oʻzbekiston uchun katta istiqbol eshiklarini ochadi. Bunday keng qamrovli sheriklik yoshlarimizni zamonaviy bilim, texnologiya va tajribaga yaqinlashtiradi, ularga xalqaro maydonda oʻz oʻrnini topishda yordam beradi. O‘zbekiston rahbarining AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi tashrifning eng muhim voqeliklaridan biridir. Oliy darajadagi muloqotda innovatsiyalar, moliya, kimyo, energetika va boshqa sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi. Shubhasiz, bu tashabbuslar kelajakda oʻzbek yoshlari uchun minglab yangi ish oʻrinlari va amaliy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini taqdim etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashrifi ishbilarmonlik va strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tiborga molik. Nyu-Yorkda xalqaro moliya institutlari, jumladan, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva bilan muzokaralar alohida ahamiyatga ega. Uchrashuvda makroiqtisodiy siyosat, byudjet va soliq ma’murchiligini rivojlantirish, statistik tizimni modernizatsiya qilish sohalarida hamkorlikni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar muntazam ravishda XVJ markazlarida malaka oshirish dasturlarida ishtirok etayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bir qator yirik ishbilarmon doira vakillari, AQShning yetakchi kompaniyalari mutasaddilarini qabul qildi. “Boeing” bilan imzolangan 8 milliard dollarlik bitim alohida e’tiborni tortadi. Buni AQSh Prezidenti Donald Tramp “Truth Social” sahifasida e’tirof etar ekan, Prezident Mirziyoyevni “bir so‘zli inson” deb ta’riflab, ikki davlat o‘rtasida boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashni davom ettirishini ta’kidlagan. Kompaniyalar bilan mineral-xomashyo yetkazib berish, tog‘-kon va qayta ishlash texnologiyalari, “yashil” energiya loyihalari muhokama qilindi. Masalan, “Traxys” bilan 1 milliard dollarlik istiqbolli loyiha ko‘rib chiqildi, Kolorado tog‘-kon maktabi bilan Kompetensiyalar markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. “FLSmidth”, “McKinsey” va “Go Green Partners” bilan hamkorlik orqali tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, ilmiy-texnik asoslarni modernizatsiya qilish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yaratish rejalanmoqda. “Blackrock”, “Citigroup”, “Franklin Templeton”, “BNY Mellon”, “NASDAQ”, “Air Products” kabi investitsiya va moliya institutlari bilan strategik sheriklik yo‘nalishlari belgilab olindi. Tashrif chog‘ida umumiy hisobda 100 milliard dollardan ziyod bo‘lgan shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi. Yagona ko‘prik – yoshlarning bilimi Prezidentimizning BMT minbaridagi chiqishi mazmunan keng qamrovli boʻlsa-da, ularning asosiy natijalarida yoshlar taqdiri bilan bevosita bogʻliq maqsadlar, barcha muhim uchrashuvlarda yoshlar manfaatlari aks etib turgani oʻzbekistonlik yoshlarni benihoya quvontirdi. Ayniqsa, tashrif yakunida Prezidentning vatandoshlar va yoshlar bilan samimiy uchrashuvi esda qolarli bo‘ldi. Davlat rahbari dengizlardan uzoqda joylashgan O‘zbekiston uchta-to‘rtta mamlakatdan o‘tib dengizga chiqishi uchun bitta ko‘prik borligi, bu – yoshlarning bilimi ekanini ta’kidlar ekan, zalda to‘plangan yoshlarning ko‘zlari chaqnab ketdi! Prezident Amerika universitetlarida 500 dan ziyod “El-yurt umidi” stipendiatlari o‘qiyotganini eslatib, ularni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi. Yoshlarning bilimini O‘zbekistonga olib kirish, ularni yurt taraqqiyotiga jalb etish davlatning eng muhim maqsadi. Uchrashuvda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimiz, xorijda tahsil olayotgan yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Shu asosda “Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Muloqotda sanoat rivoji haqida ham so‘z bordi. Prezident yaqin orada yangi mis koni ishga tushishini ma’lum qildi. Ayni paytda yillik ishlab chiqarish hajmi 158 ming tonnaga yetgani, yangi ochiladigan fabrika mis ishlab chiqarishni yana 150 ming tonnaga oshirishi qayd etildi. Keyingi bosqichda mamlakat sanoat salohiyatini sezilarli darajada kengaytiruvchi MBF-3, MBF-4, MBF-5 va MBF-6 kabi yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Sanoat rivoji yangi mutaxassisliklar, yangi texnologiyalar, yangi bilimlar zarurati demakdir. O‘z bilimini oshirib, zamonaviy yo‘nalishlarda tajriba orttirayotgan yoshlar ertaga shu loyihalarda o‘z o‘rnini topishi mumkin. Prezident ta’kidlaganidek, yoshlarning tashabbusi va faolligi davlat tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanadi. Vatandoshlar ham, talabalar ham bu jarayonning ajralmas qismi bo‘lib qolishi kerak. Ta’lim, tadbirkorlik va bandlik Shu o‘rinda O‘zbekiston tomonining Yoshlar bo‘yicha harakatlar dasturining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi yalpi yig‘ilishida ishtirokiga to‘xtalsam. Ushbu nufuzli tadbirda mamlakat yoshlarining yetakchisi sifatida so‘zga chiqar ekanman, dunyo kelajagi yoshlarga kiritiladigan sarmoya bilan belgilanishini, so‘nggi sakkiz yilda O‘zbekiston yoshlari hayotini tubdan o‘zgartirgan islohotlarning asosiy yo‘nalish va maqsadlarini ko‘rsatib berishga harakat qildik. Xususan, yurtimizda yoshlar bilan ishlash borasidagi uchta ustuvor yo‘nalish qayd etildi: ta’lim, tadbirkorlik va bandlik. 1. Ta’lim – har bir yosh sun’iy intellekt davrida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. 2. Tadbirkorlik – yoshlar ish qidirishi emas, balki ularning o‘zida yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘nikmasini shakllantirish muhim. Shu maqsadda O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi uchun 400 million dollar yo‘naltirildi. 3. Bandlik – startaplar va ko‘nikmalarni real imkoniyatlar bilan bog‘lash, sun’iy intellekt ish o‘rinlarini qisqartirishi emas, imkoniyatlarni kengaytirishi, mutaxassislarni yanayam professionalroq qilishi lozim. Yoshlar uchun imkoniyat yaratish – ta’lim, tadbirkorlik va bandlik qashshoqlikdan chiqish yo‘lidir. Tinchlik esa barcha imkoniyatlarning asosiy sharti! *** Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz xalqaro hamjamiyat uchun ishonchli hamkor va tashabbuskor davlat sifatida tanilmoqda. AQSh Prezidenti O‘zbekiston bilan hamkorlikni e’tirof etib, davlatimiz rahbarini “bir so‘zli inson” deb ta’riflashi, hamkorlik davom etishini bildirishi bejiz emas. Qolaversa, so‘nggi yillarda ilgari surilgan 50 ga yaqin tashabbusning 13 tasi BMT rezolyutsiyasiga aylangani ham bunga yaqqol dalil. Prezident Shavkat Mirziyoyevning bu galgi tashrifi ham global muammolar yuzasidan yangi g‘oyalarni ilgari surdi, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda shakllanayotgan yangi siyosiy manzaraning markazida ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
3.9.2025 3329
Bu yil O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining 34 yilligini nishonladi. Mustaqillik bayrami nafaqat yurtimiz tarixidagi muhim sana, balki xalqimiz hayotida tobora yangi mazmun kasb etayotgan ulug‘vor qadriyatdir. Bugun mustaqillikning qadri xalqimiz, yurtdoshlarimiz, xususan, yoshlarimiz qalbida yanada chuqur anglanmoqda. Mustaqillik shunchaki tarixiy sana emas, balki inson erkinligi, huquqlarini hurmat qilish, shaxs qadri va orzu-intilishlariga yo‘l ochib beradigan bebaho ne’matdir. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon inson huquqlarini ta’minlash, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, adolatli shart-sharoit yaratish va taraqqiyot sari dadil qadam tashlash yo‘lida ko‘plab islohotlarni amalga oshirdi. Yurtimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimiz mustaqillikni faqat siyosiy erkinlik emas, o‘zini anglash, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va yaratuvchanlik yo‘lida keng imkoniyat sifatida ham qabul qiladi.Shu bois bu yilgi Mustaqillik bayrami ham o‘ziga xos ruh va mazmun bilan o‘tdi. Xalqimiz mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni o‘z hayotida yanada chuqur his etyapti. Ularning so‘zlari, bayram tantanalaridagi kayfiyat shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston erkinlik, farovonlik va yangilanish yo‘lida dadil qadam tashlamoqda. Nutq katta hayajon uyg‘otdi Bu yilgi Mustaqillik bayrami o‘zining ko‘tarinkiligi, mazmunan boyligi va amaliy natijalar salmoqliligi bilan qadrlidir. Bayram faqatgina rasmiy marosim emas,xalqimiz erishgan yutuqlarining ifodasi bo‘lib, shu ma’noda Prezident nutqi kishilarda katta hayajon uyg‘otdi.“Yashasin O‘zbekiston davlati, yashasin O‘zbekiston xalqi!” degan chaqiriq Mustaqillik bayramida butun yurtimiz bo‘ylab yangradi. Bu da’vat xalqimizning qalbida chuqur aks sado berdi, har bir yurtdoshimizni faxr va hayajonga to‘ldirdi. Bu shior shunchaki bayram so‘zi bo‘lib qolmasdan, kelajak sari ishonch va birlikning timsoliga aylandi.Mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan natijalar xalqimizning mehnati va fidoyiligining mevasidir. Bugun har bir fuqaro o‘zining tinch hayoti, farovonligi, shuningdek, mamlakat kelajagi uchun mas’ul ekanini his etib yashamoqda. Buyuk chorlov So‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodida sezilarli o‘sish kuzatildi. Jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti kamida 6 foizlik o‘sish sur’atini saqlab kelmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida sezilarli natijalarga erishildi: ilgari xalqaro tashkilotlar tomonidan 35 foiz deb baholangan kambag‘allik ko‘rsatkichi bugunga kelib 6,8 foizgacha tushdi. Yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish esa iqtisodiyotning poydevorini mustahkamladi.Aholining turmush darajasi yaxshilandi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratilib, ularning ilmiy, ijodiy va sportdagi yutuqlari xalqaro maydonda tan olinmoqda.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev har bir chiqishida yoshlarni “oltin avlod”, Yangi O‘zbekistonning poydevori sifatida ta’riflaydi. Prezidentning nutqlarida yoshlarga imkoniyatlarni kengaytirish, ularning baxtli kelajagi uchun sharoit yaratish eng ustuvor vazifa sifatida qayd etilmoqda. Yoshlarning erishgan yutuqlari, xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari va sport hamda ilm-fandagi g‘alabalari butun xalqimizga faxr-iftixor bag‘ishlamoqda. Bu yil futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha 19 va 22 yoshli bokschilarimiz Osiyo chempioni bo‘lishdi. Shaxmat va boshqa sport turlarida ham yoshlarimiz xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu g‘alabalar yoshlarning mashaqqatli mehnati, davlat e’tibori va xalqning qo‘llab-quvvatlashi natijasidir.Yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida ham yuqori natijalar ko‘rsatyapti. 2025-yilda kimyo, matematika, AT va geografiya yo‘nalishlarida oltin, kumush va bronza medallar qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston yoshlari MDH davlatlari orasida kimyodan ikkinchi, matematika va iqtisodiyotdan uchinchi, AT va geografiyadan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu yutuqlar yoshlarimizning ilmiy salohiyati naqadar yuksak ekanini ko‘rsatadi. Yoshlar mamlakati Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar mamlakati sifatida e’tirof etilmoqda. Bu bejiz emas, chunki mamlakat aholisi tarkibida yoshlar ulushi qariyb 60 foizni tashkil etadi. Prezidentimiz o‘z nutqida ta’kidlaganidek, har yili mamlakat aholisi o‘rtacha 700–800 ming kishiga ko‘paymoqda. Bu raqam o‘z-o‘zidan demografik jarayonlarning qanchalik faol kechayotganini ko‘rsatadi. Eng muhimi, har yili 500–600 ming nafar yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Bu esa mamlakat kelajagining bevosita yoshlar salohiyatiga tayanishini anglatadi.Bunday tezkor o‘sish O‘zbekistonning ertangi kunini inson resurslariga asoslangan taraqqiyot yo‘liga yetaklaydi. Yurtimizdagi yoshlar nafaqat nufusan ko‘p, balki bilim va malakalarini oshirib, mamlakatning intellektual salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bandlik va farovonlik 2025-yilda O‘zbekistonda bandlikni ta’minlash bo‘yicha dasturga ko‘ra, yil davomida 5,5 million aholining bandligini ta’minlash rejalashtirilgan edi. Eng quvonarlisi shundaki, oradan sakkiz oy o‘tmasdan bu ko‘rsatkich 5 millionlik reja darajasida bajarildi. Bu juda katta yutuq, chunki u nafaqat iqtisodiy barqarorlikni, balki aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi izchil siyosatning samaradorligini ko‘rsatadi. Ishsizlikning qisqarishi aholining turmush darajasini yaxshilashga bevosita ta’sir qilmoqda. Fuqarolar ish bilan ta’minlangani sayin, ularning ijtimoiy hayotdan qoniqishi ortib, jamiyatda barqarorlik mustahkamlanmoqda.Prezident topshirig‘iga asosan 2025-yilda 92 ming nafar bitiruvchi talabani ish bilan ta’minlash belgilangan. Ushbu ishlar jadallik bilan davom etib, yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirmoqda. Yoshlarga murojaat Mustaqillik bayramida davlatimiz rahbari bevosita yoshlarga murojaat qilib, quyidagi so‘zlarni aytdi: “Bugungi unutilmas damlarda men butun O‘zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman.Aziz farzandlarim, doimo yodda tuting:baxt – intilganniki, g‘alaba – kurashganniki!Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi.Hamisha oldinga qarab intiling, bahodir o‘g‘lonlarim, oqila qizlarim!Sizlarning ezgu ishlaringizda Vatan, xalq, Prezident barchangizga hamisha ishonchli tayanch va suyanch bo‘ladi”. Bu so‘zlar yoshlar uchun beqiyos ishtiyoq, ulkan ilhom manbayi bo‘ldi. Mamlakat rahbarining bunday iliq murojaati yoshlarga o‘z kuchiga yanada ishonch, kelajakka qat’iy intilish bag‘ishladi. Bunday xalqchil tizim dunyoda yo‘q! O‘zbekistonning yoshlar bilan ishlash borasidagi siyosati o‘ziga xosliklari bilan alohida ajralib turadi. Avvalo, bu siyosat milliy qadriyatlar va tarixiy merosga tayangan holda shakllantirilgan. Mustaqillik yillarida yoshlar masalasini davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylantirish, uni qonunchilik darajasida mustahkamlash va amaliyotda samarali qo‘llash yo‘lida katta ishlar qilindi.Davlat eng avvalo qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan yoshlar qatlamiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ularni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga solish, kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Yoshlar muammolarini bevosita tinglash, ularga davlat tomonidan kredit va imtiyozli qarzlar berish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish yo‘lga qo‘yildi.Yoshlar kasb-hunarga yo‘naltirilib, ularning ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining markaziga olindi. Shu maqsadda maxsus markazlar tashkil etilib, psixologik xizmatlar, oilaviy hayot saboqlari, huquqiy maslahatlar ham yo‘lga qo‘yildi.Yoshlar bilan ishlashda yagona tizim shakllantirildi: ularga zarur ish qurollari berish, tadbirkorlikda ilk qadamlarda yordam ko‘rsatish, ota-onasiz qolgan bolalarga g‘amxo‘rlik qilish – bularning barchasi davlat siyosatining amaliy ifodasidir.Endilikda bir yoshning muammosi faqat yuqori tashkilotlargacha yetib borishi shart emas. Avvallari bitta murojaat Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi yoki vazirliklargacha chiqishi kerak edi, bu esa ko‘p vaqt va kuch talab qilardi. Bugungi tizim esa bu jarayonni tubdan o‘zgartirdi. Har bir mahallada yoshlar bilan ishlash uchun alohida yoshlar yetakchilari tayinlandi. Ular mahalladagi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning muammolarini joyida hal etmoqda. Endilikda har bir yoshning murojaati to‘g‘ridan to‘g‘ri uyida tinglanib, mas’ul xodimlar u bilan suhbatlashyapti. Natijada yoshlarning muammolari mahallaning o‘zida tezkor hal etilmoqda. Mutasaddi rahbarlar bevosita yoshlarning uyiga borib, ularning sharoitini o‘rganyapti. Yoshlar o‘z fikrini erkin aytish, muammolarini ochiq bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kasb-hunarga yo‘naltirish, maslahat olish va amaliy yordam ko‘rsatish tizimi samarali ishlamoqda.Bunday xalqchil tizim dunyoning hech bir davlatlarida uchramaydi. Yoshlarning muammosini joyida hal etish, ularning ijtimoiy hayotini yaxshilash, kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash O‘zbekistonning yoshlar bilan ishlash borasidagi yondashuvini ko‘rsatib turadigan jihatdir. Rekord ko‘rsatkich Yoshlar bilan ishlashda alohida e’tibor qaratilayotgan yo‘nalishlardan biri – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish. Yaqin tariximizda bunday katta ko‘rsatkichlar bo‘lmagan. Masalan, 2025-yilda o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi tanlovlarda rekord ko‘rsatkich – 7 million 300 ming nafar yosh qatnashdi. Sport musobaqalari, turli ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlik, kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan bellashuvlar – bularning barchasi yoshlarni band qilish, ularning qiziqishi va iste’dodini yuzaga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Ta’limda yuksalish bosqichi Yangi O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi islohotlari diqqatga molik. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalari soni keskin ko‘paydi. Ayniqsa, xususiy sektorning faol ishtiroki hisobiga bugungi kunda bog‘chalardagi o‘rinlar soni 2,5 millionga yetdi. Natijada 3–6 yoshdagi bolalarning 78 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi.Yangi maktablar qurilishi va mavjudlarini kengaytirish hisobiga qo‘shimcha 1 million o‘quvchi o‘rni yaratildi. Natijada umumiy o‘rta ta’lim sifati oshib, zamonaviy sharoitlarda ta’lim olish imkoniyati kengaydi.Bundan 9–10 yil avval mamlakatimizda yoshlarning atigi 9 foizi oliy ta’lim bilan qamrab olingan edi. Bugun esa bu ko‘rsatkich 42 foizga yetdi. Bu – tarixiy yutuq. Talabalar tarkibida qizlarning ulushi 53 foizni tashkil etayotgani alohida e’tiborga loyiq. Ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi O‘zbekistonning ertangi taraqqiyotini ta’minlaydigan eng muhim omildir. O‘rganish – mutlaqo bepul So‘nggi yillarda yoshlarimizning ta’lim olish va chet tillarni o‘rganishga qiziqishi keskin ortib boryapti. Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 20 dan ortiq chet tilini o‘rganish imkoniyati yaratildi. Natijada yuz minglab yoshlar bepul til o‘rganib, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, “Ustoz AI” loyihasi orqali yoshlar kasb-hunar o‘rganmoqda, “Qizlar akademiyasi”da qizlarimiz nafaqat kasb-hunarga, balki psixologik muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lmoqda. Yosh kitobxonlar “Mutolaa” platformasi orqali kitob o‘qish imkoniyatidan foydalanmoqda. Eng muhimi, bularning barchasi mutlaqo bepul!Bugungi kunda yoshlarimizning bilim olishga, oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga qiziqishi sezilarli darajada ortgan. Misol uchun, 2025-yilda mamlakatimizdagi uchta maktab bitiruvchilari 100 foizlik natija bilan oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganini davlatimiz rahbari juda katta faxr bilan tilga oldilar. Bu – O‘zbekiston ta’lim tizimidagi katta yutuqlardan biri.Yoshlarning chet tillarini o‘rganishi, bepul kasb-hunar dasturlarida ishtirok etishi, kitobxonlik va zamonaviy platformalardan foydalanishi ularning intellektual salohiyatini oshiryapti. Natijada O‘zbekiston yoshlari ta’lim va ilm-fan sohasida yangi cho‘qqilarni zabt etmoqda. Eng katta baxt Aslida inson hayotida eng muhim qadriyat – tinchlik. Tinchlik bo‘lmasa, taraqqiyot ham, farovonlik ham bo‘lmaydi. Ikkinchi navbatda esa zamonaviy inson uchun ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi.Bugun yurtimizda iqtisodiy jihatdan ta’minlanganlik, farovonlik, ko‘ngil ochish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yurtdoshlarimizning erkin hayot tarziga ega bo‘lishi, o‘z xohish-istaklariga ko‘ra mehnat qilishi, ta’lim olishi, hatto istasa, dunyodagi eng ilg‘or universitetlarda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi eng katta baxtdir.Shu sharoitlar mavjud ekan, inson o‘z orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqara oladi. Baxt esa intilgan, g‘alaba esa kurashgan insonga nasib etadi. Davlat rahbarining Mustaqillik kuni munosabati bilan xalqimizga bayram tabrigining bosh g‘oyasi ham aynan shunda mujassam: inson huquqlari ta’minlangan, erkinlik va taraqqiyot nafasini chuqur his etish mumkin bo‘lgan O‘zbekiston – har bir fuqarosi uchun faxr va g‘urur manbayi. Bu chaqiriq xalqimizni kelajakka ishonch bilan qadam tashlashga undaydi.***Umid qilamanki, o‘zbekistonlik yoshlar davlatimizning g‘amxo‘rligi va ulkan e’tiborini qadrlab, unga munosib javob qaytarishadi. Ular Vatan kelajagi, xalqimizning farovonligi, jamiyat taraqqiyoti uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni bajarishga tayyor ekanini namoyish etmoqda. Mehnati, bilimi, yutuqlari bilan yoshlarimiz xalqimizga ulkan iftixor bag‘ishlamoqda. Shu o‘rinda barcha O‘zbekiston yoshlari va butun xalqimizni Mustaqillikning 34 yillik tantanalari bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ushbu buyuk sana yurtimizga taraqqiyot, farovonlik va birlik olib kelsin!
1.7.2025 4142
So‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar natijasida “inson qadri” degan ulug‘ maqsad davlat siyosatining markaziga chiqarildi. Ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning qiziqish va intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida yoshlar bilan ishlashning yangi va ilg‘or tizimi shakllantirildi. “Yoshlar – kelajagimiz poydevori” tamoyiliga muvofiq Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga nihoyatda mas’uliyatli va muhim vazifalar yuklatildi. Agentlik faoliyati hozir nafaqat amaldagi loyihalarni sifatli yakuniga yetkazish yo‘lidan bormoqda, balki tizimlilik, manzillilik va natijadorlikni ta’minlash kabi mezonlar asosida tubdan takomillashtirilmoqda. Yoshlar bandligi, vatanparvarlik tarbiyasi, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, ilm-fan va iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilikning oldini olish kabi yo‘nalishlar chuqur tahlil qilinib, yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilmoqda. Yoshlarda iqtisodiy mustaqillik, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozoridagi raqobatbardoshlikni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Shu ma’noda 2025-yilning birinchi yarmida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar aynan shu tizimli yondashuvning ifodasidir. Iyun – Yoshlar oyligi hamda 30-iyun – Yoshlar kuni keng nishonlanayotgan ayni kunlarda bu borada bajarilgan ishlarga bir qur nazar tashlasak. 10 million yosh tadbirlarda qatnashgan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tanlov, festival va musobaqalarga 10 milliondan ortiq yoshlar qamrab olindi. Xususan: “TalabaFest – 2025” festivalida 800 mingdan ortiq talaba qatnashdi; har shanba kuni o‘tkazilayotgan “DJ community” konsert-shou dasturlariga 2 million yosh jalb qilindi; “Besh tashabbus olimpiadasi”da 8 milliondan ortiq yoshlar ishtirok etdi. G‘olib yoshlar mahallalarida 969 ta sport maydonchasi qurildi; “DXX kubogi”, “Bosh prokuror kubogi”, “Mahallalar uyushmasi kubogi” sport musobaqalarida 1,7 million yosh qatnashdi. Iqtidor va ijod e’zozlanmoqda Yoshlarning madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorini yuzaga chiqarish, iste’dodini ommalashtirish, milliy va jahon miqyosidagi tanlovlarga tayyorlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Yoshlar ishlari agentligi yo‘lga qo‘ygan tanlovlar, festivallar va loyihalar yoshlarning salohiyatini kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Madaniyat va san’at yo‘nalishida yoshlar uchun yirik sahnaga aylangan bir qator nufuzli tanlovlar muntazam o‘tkazilmoqda. Jumladan: “Yoshlar ovozi” Bo‘zatov FEST – mamlakatimiz bo‘ylab iste’dodli yoshlarning ovozini eshitish, sahna mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi madaniy platforma; “Mohir fortepianochi” – musiqa sohasiga qiziquvchi yoshlar o‘rtasidagi maxsus mahorat tanlovi; “Yosh musavvir” – tasviriy san’atga qiziqqan o‘quvchi va talaba yoshlar uchun rangtasvir va grafikada o‘z salohiyatini sinab ko‘rish imkonini beruvchi ijodiy musobaqa. Ayniqsa, “Yoshlar ovozi” tanlovi so‘nggi yillarda ko‘plab yosh iste’dodlar uchun mahorat maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kungacha tanlov 3 mingdan ortiq yosh iste’dodlarni kashf etdi. Ularning bir qismi professional sahnaga, ba’zilari ijodkorlar safiga qo‘shilgan, bir qismi esa xalqaro festival va tanlovlarda ham muvaffaqiyat qozonmoqda. 6 nafar ishtirokchi davlat mukofotlariga loyiq topilgani tanlovning e’tiborga molik natijalaridandir. Jumladan, bir nafari “Shuhrat” medali, 3 nafari “Kelajak bunyodkori” medali, 2 nafari esa “Nihol” mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi yoshlarning mutolaaga qiziqishini oshirish, o‘z fikrini ravon va asosli ifodalash ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Tanlov bugungi kungacha qariyb 4 million nafar kitobxon yoshlarni birlashtirdi. Tanlov g‘oliblari esa munosib taqdirlanmoqda: 1-o‘rin egalari – Prezident sovg‘asi – “BYD Chazor” elektromobili, 2-o‘rin g‘oliblari – 75 million so‘mdan, 3-o‘rin g‘oliblari – 50 million so‘mdan pul mukofoti, qolgan ishtirokchilarga 10 million so‘mdan rag‘bat puli berilmoqda. Tanlov kitob savdosi va kutubxonalar faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti. Tahlillarga ko‘ra, kitob do‘konlari va kutubxonalarda eng ko‘p izlanayotgan asarlar aynan “Yosh kitobxon” tanlovida tavsiya etilgan 140 nomdagi adabiyotlarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yoshlar orasida mutolaa madaniyatining izchil shakllanayotganidan dalolatdir. Innovatsion ta’lim platformalari Yoshlarning bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsadida agentlik qoshida qator ilg‘or raqamli loyihalar amalga oshirilmoqda: “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 1,8 million yosh til va savodxonlik kurslarida qatnashdi; “Ibrat Academy” mobil ilovasida 2,4 million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan, 304 ming foydalanuvchi xalqaro til sertifikatiga ega bo‘ldi; “Qizlar akademiyasi” loyihasida 264 ming yosh xotin-qiz ro‘yxatdan o‘tgan, 303 nafari kurslarni tamomlab, sertifikat oldi; “Ustoz AI” ilovasida zamonaviy kasblar bo‘yicha 459 mingdan ortiq foydalanuvchi tahsil olmoqda. 11 mingdan ortiq yoshlar sertifikatni qo‘lga kiritgan; “Mutolaa” loyihasidagi kitoblar 2 milliondan ortiq yuklab olingan, adabiyotlar 7 million marta o‘qilgan. Ilovada 1 763 ta audio, 2 199 ta elektron kitob mavjud. Yoshlar uchun zamonaviy infratuzilma Yoshlar uchun qulay madaniy va ijodiy maskanlar yaratish bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda: 342 ta ko‘ngilochar obyekt 251 ta madaniyat va istirohat bog‘i 124 ta “Yoshlar ijod ko‘chasi” 213 ta “Yoshlar saylgohi” 55 ta “Yoshlar markazi” Toshkent shahrida “Zakovat arenasi”, “Kreativ park”, Jizzaxda “Kibersport arenasi” barpo etildi. Mazkur infratuzilmalarda o‘tkazilgan “Ma’naviyat festivallari” va “Chilla – iste’dodlar mavsumi!” kabi tadbirlarga 4,2 million yosh jalb etilgan. Biz yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ilm, hunar, texnologiya, san’at va sport sohalarida qo‘llab-quvvatlash yo‘lida davom etamiz. Har bir yigit-qizga davlat ishonch bildirayotganini, ular esa bu ishonchni halol mehnat va bunyodkorlik bilan oqlayotganini ko‘rib g‘ururlanamiz. DARVOQE... “Yoshlar ovozi” 100 yoshda! Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashda ularning dunyoqarashini shakllantirish, zamonaviy fikrlovchi, tanqidiy tahlilga qodir avlodni voyaga yetkazish muhim vazifa etib belgilangan. Bu borada ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, yoshlar nashrlarining o‘rni beqiyosdir. Shu bois, Yoshlar ishlari agentligi zamonaviy yoshlar matbuotini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, “Yoshlar ovozi” gazetasi faoliyatini transformatsiya qilish, uni raqamli platformaga aylantirish maqsadida qator innovatsion tashabbuslar yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda “Yoshlar ovozi” gazetasi faqatgina bosma shaklda emas, Telegram, Instagram, YouTube ijtimoiy tarmoqlari, vebsayt orqali ham faol yuritilmoqda. U o‘zining zamonaviy dizayni, yoshlar tiliga yaqin uslubi, dolzarb mavzularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yondashuvi bilan yoshlar o‘rtasida axborotga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bugun yoshlarning ko‘nglida, fikrida, orzularida nimadir o‘zgarayotgan bo‘lsa, bu o‘zgarishlar matbuotda ham aks etishi shart. Shuning uchun “Yoshlar ovozi” nafaqat tahliliy maqolalar chop etadigan nashr, balki yoshlarning hayotiy hikoyalari, muammolari va yutuqlari jamlangan katta ijtimoiy platformaga aylanmoqda. Yoshlar gazetasi bugun bir asrlik davondan oshdi. Axborot olamida 100 yildan beri yashash hazilakam ish emas. “Yoshlar ovozi” haqiqatan ham yoshlarning ovozi, yoshlarga oid davlat siyosatini ommaga yetkazuvchi katta platforma o‘laroq mamlakat rivojida, axborot olamida o‘z missiyasini bajaryapti. Ushbu gazeta orqali yoshlar o‘z ovozini eshittira olmoqda. Mahalladagi faol yetakchidan tortib, olis hududlarda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan yoshgacha – har birining orzusi, tashabbusi, ehtiyoji bu yerda aks ettirilmoqda. Bu jihatdan “Yoshlar ovozi” O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy axboriy ko‘zgusiga aylanganini alohida ta’kidlash lozim. “Yoshlar ovozi” yosh qalblarni ruhlantiruvchi maydon, zamonaviy O‘zbekistonning ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi kuchli axboriy platforma bo‘lib qolishiga ishonaman.
19.5.2025 5653
Yoshlar – har qaysi mamlakatning ertangi kelajagi, taraqqiyot ustuni. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida o‘nlab qaror va farmonlar asosida yoshlarning ta’limi, kasb-hunar egallashi, bandligi va ijtimoiy himoyasiga oid keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida amaliyotda kuzatilayotgan muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilib, ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda. Shu o‘rinda, Jizzax viloyati misolida ko‘rinib turibdiki, sohada qator tizimli muammolar mavjud. Bu masalalar kelgusida birirnchi navbatda hal etilishi lozim deb o‘ylayman. Jumladan, “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyatidagi cheklovlar. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Jizzax shahrida faoliyat boshlagan “Ishga marhamat” monomarkazi orqali bugungi kungacha 9 499 nafar tinglovchi kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘rgatilgan. Ayni paytda monomarkazda 788 nafar tinglovchi o‘qimoqda. Ularning 522 nafarini (309 nafari xotin-qizlar) yoshlar tashkil etadi. Biroq monomarkazning viloyatda yagona ekanligi o‘qish istagidagi ko‘plab yoshlarning oylab navbatda turishiga sabab bo‘lmoqda. Hozirgi kunda 1 100 nafar tinglovchi navbatda turibdi, shundan 824 nafari yoshlar. Mazkur muammoning yechimi sifatida har bir tuman-shaharda xususiy tadbirkorlik asosida monomarkazlar tashkil etish lozim. Bu markazlarda yoshlarni o‘qitish va bandligini ta’minlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: – monomarkaz va tuman shaharlardagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga qarab, shartnomalar tuziladi; – shartnomaga asosan har bir korxona va tashkilot kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga qarab monomarkazga zarur mutaxasislarni o‘qitish bo‘yicha talabnoma beradi va o‘quv kursi xarajatlarini qoplab beradi; – o‘qitilgan yoshlar esa shartnomada ko‘zda tutilganidek va qonunchilikda belgilangan tartibda ishga joylashtiriladi. Bu harakatlar ham yoshlarning ishga joylashishi, ham xususiy sektor ishtirokini oshiradi. Nogiron yoshlar uchun uy ta’limi va onlayn o‘quv tizimining yo‘qligi. 2022-yil 21-iyundagi 341-sonli “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish hamda o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish belgilangan. Biroq bu toifadagi yoshlar uchun uy ta’limi va masofaviy (onlayn) kasb-hunar o‘quv dasturlari mavjud emas. Qarorda 14 ta xorijiy til va 9 ta umumta’lim fani uchun o‘qish xarajatlari to‘lab berilishi belgilab qo‘yilgan. Qarorga tegishli qo‘shimchalar kiritilib, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun (onlayn) uy ta’limi va kasb-hunar o‘quvlari yo‘lga qo‘yilishi zarur. Bu ularning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlaydi. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik darajasini ko‘tarish. Viloyatning Forish, Yangiobod, Baxmal va Gʻallaorol tumanlarida yoshlar qiziqishlaridan kelib chiqib ayrim adabiyotlarni o‘qish yoki sotib olish uchun tuman yoki viloyat markazlariga borishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yoshlarda mutolaaga qiziqishni so‘ndiradi. Muammoni hal qilish va yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida mahallada yengil konstruksiyali “Yoshlar kutubxonasi”ni barpo etish va uni zarur adabiyotlar bilan boyitib borish, bunga yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolini mas’ul etib tayinlash orqali yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish mumkin. Kutubxona fondini doimiy to‘ldirib borishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limlari hamda tuman (shahar) hokimlari mas’ulligini oshirish lozim. “Yoshlar daftari” faoliyati samaradorligini oshirish. 2024-yildan “Yoshlar daftari”ni muvofiqlashtiruvchi shtatlar Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkazilishi natijasida viloyatdagi 13 ta bo‘limdagi ish ko‘lami oshib, vazifalarni o‘z vaqtida bajarish qiyinlashmoqda. Ish sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun xodimlarda yuklama me’yorida bo‘lishi lozim. Agentlikning shahar va tuman bo‘limlariga qo‘shimcha shtat ajratish orqali vazifalarni sifatli bajarishga erishish mumkin. Harbiy xizmatga qiziqishni kuchaytirish. Davlatimiz rahbari joriy yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida “Bir nafar harbiy xizmatchi o‘rniga uch nafar zaxira yaratish lozim” deya ta’kidladilar. Bugungi kunda yoshlarimizda majburiy harbiy xizmatni o‘tashga ishtiyoqni yanada kuchaytirish biz olib borayotgan ishlarning uzviy bo‘lagidir. Armiya yigit kishining har ishda murosa bilan ish ko‘radigan mas’uliyatli shaxsga aylanishiga chin ma’noda ko‘makchidir. Harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga davlat tashkilotlariga ishga kirishda ARGOS tizimi orqali ustunlik berish, xizmat vaqtida oylik maoshini saqlab qolish tizimini joriy etish lozim deb o‘ylayman. Bu orqali ham yoshlarni harbiy xizmatni o‘tashga keng jalb qilishda sezilarli natijadorlikka erishiladi. Bu Oliy ta’lim muassasalariga kira olmagan yoki ayni paytda o‘qimayotgan, ishsiz yoshlarning ham harbiy xizmatga qiziqishi ortishiga turtki bo‘ladi va bandligi ta’minlanadi. Yosh dehqonlarni agrotexnika bilan ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-sonli qarori asosida yer maydonlari ajratilgan dehqon yoshlarni yer maydonlariga ishlov berishda qiynayotgan muammolardan biri bu agrotexnika masalasi. Yerga ishlov berish uchun mavsumda texnika topish juda qiyin. Yer ajratilgan dehqon yoshlar mavsum paytida texnika yetishmasligi tufayli yerga o‘z vaqtida ishlov bera olmayapti. Bu esa hosildorlikni keskin kamaytiradi. Taklifim, har bir mahallaga lizing asosida zamonaviy mini traktorlar va maxsus uskunalarni ajratish lozim. Bu orqali yiliga bir emas, ikki yoki uch marta hosil olish imkoni yaratiladi. Yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuv va har bir toifadagi yoshlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda muammolarni hal qilish – mamlakat taraqqiyoti uchun muhim omildir. Jizzax viloyatidagi mavjud muammolarni bartaraf etish orqali nafaqat yoshlarning salohiyati ro‘yobga chiqadi, balki iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishga keng yo‘l ochiladi. Shu bois, taklif etilgan yechimlarni amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
25.3.2025 6449
Yoshlarning bugungi yutuqlari, ayniqsa, dunyoning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan 1500 nafardan ortiq talaba va Toshkent shahridagi Prezident maktabining yirik xalqaro forumda g‘olibligi kabi yuksak natijalar so‘nggi yillarda yoshlarga bo‘lgan e’tiborning sezilarli darajada ortganini ko‘rsatadi. Davlat rahbari joriy yil 14-fevralda yoshlari bilan o‘tkazgan uchrashuvda yoshlar tadbirkorligining rivojlanishiga oid uchta yirik hujjatni imzolaganini e’lon qildi. Birinchisi, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yangi jamg‘arma tashkil etilishi va imtiyozli kreditlar hamda startap loyihalariga investitsiyalar yo‘naltirilishi. Ikkinchi qaror esa oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishini kafolatlovchi “Milliy bank” resurslarini ajratishga qaratilgan. Uchinchisi yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydigan “Aloqabank”ning “yoshlar banki”ga aylanishi bilan bog‘liq. Prezidentimiz 2025-yilni O‘zbekiston yoshlarining ishsizlik muammosiga barham berish yili bo‘ladi, deb ta’kidladi. Bu nafaqat so‘nggi yillarda e’tibor qaratilgan muhim masala, balki mamlakatning kelajakni yaratishda ishtirok etadigan yoshlar uchun yangi imkoniyatlarning eshigini ochdi. Kreativ iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi qonunlar va soliq imtiyozlari yoshlarni ilm-fan, san’at, dizayn va texnologiyalarga qiziqtirishga yordam beradi. Kreativ industriya parklarida yaratilgan imkoniyatlar yoshlarni o‘z orzularini amalga oshirishga undaydi. Xorijiy tillarni o‘rgatish va shu orqali mehnat bozoriga kirish imkoniyatlari kengaytiriladi. “Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yoshning jalb qilinishi, o‘zbek tilida ta’lim beradigan sun’iy intellekt yordamida yangi kurslarning ochilishi, kambag‘al oilalardan kelgan qobiliyatli yoshlarni chet eldagi eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish kabi yangi tashabbuslar barchasi bir maqsadga – yoshlarimizni dunyo miqyosida yetakchi mutaxassislar qilib tayyorlashga qaratilgan. Bundan tashqari, “Vatan tayanchi” harakati yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish va ularni kasb-hunar maktablari va texnikumlarga jalb etish masalalari alohida e’tiborda. Yoshlarga berilgan imtiyozlar va imkoniyatlar, ayniqsa, ularning siyosatda va jamiyatda faol ishtirok etishiga katta turtki bo‘ladi. Prezident ta’kidlaganlaridek, yoshlarimizni dunyoqarashi, ilm-fan va texnologiya, ijodkorlik bilan yanada boyitib, ularga yangi imkoniyatlar yaratish orqali biz faqat o‘z xalqimizni emas, balki butun dunyoni o‘zgarishga undashga qodirmiz. Ushbu uchrashuvda Prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, biz o‘z oldimizga 2025-yildagi vazifalarimizni belgilab oldik: – mahallalar kesimida tadbirkorlikka qiziqishi yuqori 2 ming nafar yosh ro‘yxatini shakllantirish; – mehnat migratsiyasiga chiqishni xohlovchi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha mexanizmlarni joriy etib, 400 nafar yoshni xorijiy tillar va kasbga o‘rgatish; – 5 mingdan ortiq yoshga “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan amaliy yordam ko‘rsatish; – “Bir million dasturchi” loyihasida qo‘shimcha 20 ming nafar yoshni o‘qitish; – “Kursera” platformasida 200 dan ortiq kursda sun’iy intellekt yordamida yoshlar uchun o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyatini amalga oshirish; – dehqonchilik qilish maqsadida yer ajratilgan 7 mingdan ortiq yoshni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; – 1 300 nafar yoshni xorijiy tillarga o‘qitish va sertifikat bilan ta’minlash. Vatanparvarlik oromgohlari va “Jasorat” maktablari yoshlarning ma’naviy tarbiyasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Yoshlarni ushbu oromgoh va maktablarga, harbiy xizmatga jalb etish bo‘yicha 2 mingdan ortiq harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilishi, 1 500 yoshning harbiy xizmatga yuborilishi rejalashtirilgan. Bu tadbirlar yoshlarni yot g‘oyalardan asrab qolish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga jalb etishning samarali usuli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida “Vatan tayanchi” harakati kengaytirilib, 10-11-sinf o‘quvchilari orasida vatanparvarlik va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu harakatning asosiy maqsadi yoshlarda milliy qadriyatlar, tarixiy ong va Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni shakllantirishdir. Ularning ma’naviy barkamolligi yurtimiz, butun xalqimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Kitobxonlikni yoshlar orasida keng tarqalishini ta’minlash maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi ishtirokchilari soni 24 ming nafarga yetkaziladi. “Kitobxon millat” g‘oyasi asosida yoshlarimizda o‘qish va bilim olish madaniyatini shakllantirishga alohida urg‘u beriladi. Buning natijasida “O‘qish” loyihasi orqali 65 mingdan ortiq yoshlar kitobxonlar qatoriga qo‘shiladi. “Bek va Lola”, “Al-Xorazmiy” va “Yashil makon” kabi loyiha va multfilmlar bog‘cha va maktab bolalari o‘rtasida yanada ommalashtiriladi. Bu loyihalar yoshlarni ilm-fan, san’at va ekologiya sohalarida bilim olishga, ijodiy va intellektual jihatdan o‘sishga rag‘batlantiradi. Shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga 500 mingdan ziyod yosh jalb etiladi. Tadbirlar yoshlarni jamiyatga faol, mas’uliyatli va vatanparvar fuqarolar sifatida tarbiyalashda muhim vosita bo‘ladi. Bundan tashqari, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tadbirlariga jalb etish, ular o‘rtasida kasb-hunar va jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun 65 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etadi. Boshqa loyiha va tanlovlarda esa 20 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etishi rejalashtirilgan. “Ibrat Academy” ilovasi orqali 150 ga yaqin yoshning chet tili sertifikati olishiga yordam beriladi. “Mutolaa” orqali 60 mingdan ortiq, “Uzchess” ilovasi orqali 30 mingdan ortiq yosh qamrab olinadi. 100 mingdan ortiq yoshni “Kelajak kasblari”, “Ustoz AI” va “Qizlar akademiyasi” ilovasi orqali kasbga o‘qitishga erishamiz. Joriy o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Yoshlarning ma’naviy tarbiyasi, bilim olish va kasb-hunar o‘rganish, harbiy xizmat va vatanparvarlikni chuqur his etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ushbu keng ko‘lamli chora-tadbirlar, albatta, kelajakda mamlakatimizning yanada farovon jamiyatga aylanishiga xizmat qiladi.
29.1.2025 7449
Ayniqsa, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ularni bandligini taʼminlash kabi qator yo'nalishlarda eʼtiborga munosib ishlar qilinmoqda. Agarda sizning ham yo‘lingiz Zangiota tumaniga tushsa ko‘plab xonadonlarda yoshlar yetakchisini tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, mo'maygina daromad topayotgan yoshlarni uchratasiz. Jumladan, mazkur tumanda yashovchi Nazar Intimoqov ham yaroqsiz shinalardan oyiga 15 million so‘m daromad topayotgan uddaburon yoshlardan biri sanaladi. Toshkent viloyatida boshqa sohalarning ham etagini mahkam tutib, oilaviy daromadga hissa qo‘shishga intilayotgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.