2276ta natija
12.1.2024 889
Asosiy vaqti kompyuter qarshisida o‘tadigan ofis xodimlarining katta qismi kamharakat, ularga jismoniy faollik yetishmaydi. Kamharakatlilik esa bo‘g‘inb umurtqa pog‘onalarida muammolar, ortiqcha vazn kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Respublika travmatologiya markazi rahbari bu boradagi oson tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. 25 yoshdan oshgan xodimlarning 80 foizida umurtqa pog‘onasi xastaliklari mavjud Sog‘liqni saqlash vazirligi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 25 yoshdan oshgan xodimlarning 80 foizida umurtqa pog‘onasi xastaliklari, xususan, umurtqa qiyshiqligi aniqlanadi. Bunday kasalliklarning kelib chiqishiga 80 foiz holatda ish stolida gavdani noto‘g‘ri tutish sabab bo‘ladi. Og‘ir asoratlar Biroq buni ish sharoiti, kasb taqozosi bilan bog‘lab, salomatlikka e’tiborsiz bo‘lish og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov ushbu muammo («ofis xodimi sndromi»)ning oson va samarli yechimlarini taklif qildi. Jismoniy mashqlar qiling va ortopedik yostiqdan foydalaning Ish vaqti davomida imkon qadar har bir-ikki soatda 5−10 daqiqa tanaffus qilish lozim. Bu paytda bir necha marotaba o‘tirib-turish, gavdani yon tomonga harakatlantirish, boshni soat millari bo‘ylab aylantirish kerak. So‘ng o‘pkamizni to‘ldirib nafas olamiz va yana ishni davom ettirishga kirishamiz. Bel og‘riqlaridan himoyalanishda kursi suyanchig‘iga maxsus ortopedik yostiq qo‘yish mumkin. Qolaversa, bunday vositalar bavosil bilan og‘rigan kishilar uchun ham tavsiya etiladi. Har ikki soatda bo‘yin mushaklari uchun mashq bajarish bo‘yin osteoxondrozi profilaktikasida qo‘l keladi. Ayniqsa, ensa va kurak sohasida og‘riq, uvishish kuzatilganida bunday harakatlar juda samarali. Ertalab badantarbiya qiling Kamharakatlik tanada qon aylanish tizimini izdan chiqaradi. Birinchi navbatda, oyoq va kichik tos a’zosida me’yoriy jarayon buziladi. Oqibatda oyoq vena qon tomirlarida varikoz kengayishi, bavosil tugunlari hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bunday vaziyatda qon aylanishini yaxshilash uchun jismoniy faollikni oshirish lozim. Ishni ertalabki badantarbiyadan boshlagan ma’qul. 10−15 daqiqa qo‘l-oyoq chigalini yozish salomatlikni yaxshilaydi. Kun davomida esa zinadan piyoda ko‘tarilish, vaqti-vaqti bilan xona bo‘ylab yurish kerak. To‘g‘ri ovqatlaning Qon aylanishining me’yorda bo‘lishi iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga ham bog‘liq. Muntazam qahva yoki achchiq qora choy ichish qon quyuqlashishiga olib keladi. Shuningdek, shirinliklar tufayli organizmda «yomon» xolesterin miqdori ortishi ham sir emas. Bundan tashqari, kompyuter qarshisida taom yeyishning ziyoni katta. Negaki, monitordan chiqayotgan nur nafaqat inson tanasi, balki u tanovul qilayotgan mahsulotlarni ham ma’lum ma’noda zararlaydi. Uzoq vaqt bir xil holatda o‘tirib qolmang Tizza bo‘g‘imlarining bir xil bukilgan yoki yozilgan holatda ko‘p qolib ketishi ham sog‘lik uchun ziyon. Bunday vaziyatda bo‘g‘imlarning drenaj funksiyasi, oziqlanishi buziladi. Natijada artroz-bo‘g‘im kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun oyoqlar holatini almashtirib turish, vaqti vaqti bilan turib yurish, o‘tirgan holatda velosiped harakatlarini oldinga va orqaga bajarish, chuqur nafas chiqarib o‘tirish hamda chuqur nafas olgan holda turish mashqlarini bajarish kerak. Eng oson mashg‘ulot Kishi nigohini derazadan tashqariga, biror ob’yektga qaratadi. So‘ng yana yaqindagi narsaga qarash mumkin. Ko‘zlarni o‘ng, chap, tepaga va pastga harakatlantirish ham foydali. Shuningdek, ko‘zni tez-tez yumib, ochish ham asqotadi. Muhimi, kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tirmaslik kerak.
4.12.2023 1287
Turkiyaning Antalya shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda qizlar ham, yigitlar ham dunyoning kuchli jamoalarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan o‘z yo‘nalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb e’tirof etilgan yigitlarimiz musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Qizlarimiz esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalariga imkoniyat qoldirishmadi. Yigitlar: O‘zbekiston Turkiya Ruminiya Qizlar: O‘zbekiston Italiya Polsha
4.12.2023 1352
Xabar berganimizdek, joriy yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda shaxmatning tezkor va blits yo‘nalishlari bo‘yicha FIDE jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini jamlaydigan chempionatda kimlar ishtirok etishi, ishtirokchilarning ro‘yxatdan o‘tishining so‘nggi kunlari etib qaysi sanalar belgilanganligi hamda Qatnashchilarning yakuniy ro‘yxati qachon e’lon qilinishi borasidagi so‘rovlar natijasida kuni kecha Xalqaro shaxmat federatsiyasi mazkur musobaqa tafsilotlari xususida ayrim ma’lumotlarni chop etdi. Unga ko‘ra, bugungacha Samarqandda o‘tadigan jahon chempionatida o‘z omadini sinab ko‘rish uchun tezkor(rapid) va blits bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya), shuningdek, Gukesh Dommaradju (Hindiston), Vinsent Keymer (Germaniya), Shaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon), Yan-Kshishtof Duda (Polsha), Yu Yangi (Xitoy), Levon Aronyan (AQSH), Maksim Vashiyer-Lagrave (Fransiya), Daniil Dubov (FIDE), Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) erkaklar o‘rtasidagi bahslarda qatnashish istagini bildirgan. Jahon chempionatining ayollar guruhida Szyuy Venszyun (Xitoy), Tan Jun’i (Xitoy) va Bibisara Asaubayeva (Qozog‘iston), Aleksandra Goryachkina (FIDE), Katerina Lagno (FIDE), Humpy Koneru (Hindiston), Harika Dronavalli (Hindiston), Aleksandra Kosteniuk (Shveysariya) ishtirokchilar qaydnomasini to‘ldirgan. Joriy yilning 25-31-dekabr kunlari o‘tadigan Samarqand musobaqalarining kun tartibiga binoan 25-dekabrda jahon chempionatining ochilish marosimi, 26-28-dekabr kunlari tezkor(rapid) musobaqalar, 29-30-dekabrda esa blits bahslari va yopilish marosimi tashkil etiladi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi 11-dekabrni ishtirokchilarni ro‘yxatga olishning oxirgi sanasi ekanligini e’lon qildi.
1.12.2023 1421
Armanistonning Yerevan shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining chorak final bahslarida 8 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Chorak final bahslarida Sevara Mamatova, Maftuna Yangiyeva, Hikmatillo O‘lmasov, Akbar Ahmadov, Norbek Abdullayev, Islom Salihov o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozondi va yarim finalda jang qiladigan bo‘ldi. Afsuski, Rayhona Qurbonboyeva va Ruslan Esanovlar dunyo birinchiligidagi ishtirokini shu bosqichda yakunladi. Bugun musobaqaning yarim final doirasida quyidagi sportchilarimiz bahslarga kirishadi: Qizlar: - 75 kg: Maftuna Yangiyeva – Kritika Vasan (Hindiston) - 46 kg: Maftuna Musurmonova – Alkaniz Aparichi Klaudia (Ispaniya) + 80 kg: Zaynab Shahobiddinova – Hevi Sammar (Belgiya) - 57 kg: Sevara Mamatova – Anastasiya Taratinova (Rossiya). O‘g‘il bolalar: - 70 kg: Nodirbek Abdullayev – Samvel Siramargyan (Armaniston) - 50 kg: Husan Qahhorov – Angel Dimitrov (Bolgariya) - 60 kg: Firuzjon Sa’dullayev – Akaki Bararia (Gruziya) - 63 kg: Hikmatullo O‘lmasov – Martinez Xaviyer (Ekvador) - 46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov – Darchinyan Pin (Armaniston) - 66 kg: Akbar Ahmadov – Argishti Xakobyan (Armaniston) + 80 kg: Islom Salihov – Ivan Bogdanov (Rossiya).
29.11.2023 1384
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalarining “A” ligasi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarga Toshkent shahri, qizlar bellashuviga Namangan viloyati mezbonlik qildi. Musobaqaning mahalla bosqichida 761 ming 755 nafar yosh ishtirok etgan bo‘lsa, yakuniy bosqichda hududlarda g‘olib bo‘lgan 1 ming 512 nafar yosh qatnashdi. O‘yinlar 16-21 va 22-30 yosh toifalarida o‘tkazildi. Mahalla yoshlari chapdastligi va epchilligini murosasiz bahslarda ko‘rsatdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 16-21 yoshli yigitlar bahslarida Farg‘ona viloyati, qizlar bellashuvlarida Namangan viloyati yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 22-30 yosh toifasida esa g‘alaba buxorolik yigitlar hamda jizzaxlik qizlarga nasib etdi. Qashqadaryolik yigitlar har ikki yosh toifasida ham vitse-chempionga aylandi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. “A” liga bahslarida g‘alabani qo‘lga kiritgan yoshlar mahallasiga zamonaviy sport maydonchasi qurib beriladi.
29.11.2023 1435
Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasi sportning belbogʻli kurash turlari boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston belbogʻli, bel olish va uch kurash milliy assotsiatsiyasi, Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan sportning bel olish va uch kurash turi boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati bahslariga dunyoning yetakchi sportchilari tashrif buyurdi. Mamlakatimiz ilk bor mezbonlik qilayotgan musobaqaning uchkurash bahslarida erkaklar 8 ta vazn, qizlar 3 ta vazn toifasida oʻzaro bellashdi. Bellashuvlar murosasiz bahslarga boy boʻldi. Ayniqsa, soʻnggi kun ogʻir vazndagi polvonlar oʻrtasidagi final bahslar shiddatli va murosasiz kechdi. Xovoslik Baxtiyor va Husan polvon hamda mirzaobodlik Islom polvonning final bahslaridagi ishtiroki barchaning koʻngliga xush yoqdi. Jahon chempionatida umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi 1-oʻrinni band etgan boʻlsa, Tojikiston vakillari 2-, Qozogʻiston polvonlari 3-o‘rinni egalladi.