2276ta natija
15.5.2024 504
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi.Daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joyga muhtoj aholi uchun ipoteka kreditlari asosida subsidiya ajratiladi.Subsidiya — ipoteka bilan uy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foizlarining bir qismini qoplab berish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘. Kredit oluvchi subsidiyani qaytarishi shart emas Kredit oluvchi ipoteka krediti uchun subsidiya olsa, bu mablag‘larni davlatga qaytarib berishi shart emas.Masalan, bunda yillik 18 foizga ipoteka krediti olingan bo'lsa, dastlabki besh yil mobaynida foiz toʻlovlarining 10 foiz qismini oʻz hisobidan, 8 foiz qismini davlat subsidiyalari yordamida toʻlash mumkin boʻladi. Qo'yilgan talablar Uy-joy sotib olishda davlatdan subsidiya olish uchun ariza beruvchi yoki oilaning oylik daromadi quyidagicha bo'lishi kerak: - Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 8 mln 400 ming so‘mgacha); - Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 9 mln 660 ming so‘mgacha). 2023-yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln. 50 mingni tashkil etmoqda. Subsidiya uchun ariza Fuqarolar ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin. Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin: - ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olgan oila aʼzolarining takroriy arizasi;- taqdim etilgan maʼlumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi;- joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida;- oʻrtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi.
15.5.2024 100
2024-2025-o‘quv yilidan oliy taʼlimda o‘qishga qabul va davlat grantini belgilash tartibida bir qancha o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Quyida abituriyentlar uchun kerakli bo‘lgan eng asosiy yangiliklarni keltirib o‘tamiz. Avval test, so‘ng tanlov Yangi o‘quv yilidan oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi. Yangi tartibga ko‘ra, abituriyentlar testni bir marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab OTMga, bali yetmagan taqdirda professional taʼlim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. OTMga qabul jarayoni ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash bo‘lsa, ikkinchisi test natijasi eʼlon qilingandan so‘ng taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlashdan iborat. Oldinlari kvotalar OTMlar kesimida shakllangan bo‘lsa, bu yildan boshlab taʼlim yo‘nalishlari kesimida eʼlon qilinadi. O‘qishga kirishning minimal bali oshadi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali ikki bosqichda belgilandi. Amalda o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali barcha yo‘nalishlar uchun 56,7 ball edi. Kelasi o‘quv yildan bu ball ikki bosqichda oshiriladi. Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun o‘qishga kirish 94,5 baldan, boshqa yo‘nalishlar uchun 75,6 baldan boshlanadi. Til sertifikati darajasi pasaytiriladi Magistratura va doktoranturaga qabul jarayonida xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi yengillashtirildi. Xususan, endilikda taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. Soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona — B1 darajasiga tushiriladi. Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi. Taʼlim granti har yili qayta taqsimlanadi Joriy o‘quv yilidan davlat granti talabalar uchun taʼlim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi. Taʼlim granti esa endilikda har yili qaytadan taqsimlanadi. “Taʼlim granti 2024-yildan boshlab bir yilga beriladi. Bu grantda o‘qiyotgan talabadan o‘qishning ikkinchi yilida imtiyoz olib qo‘yiladi, degani emas. O‘qishning ikkinchi yilida u olgan grantini himoya qilishi kerak bo‘ladi. Yaʼni qattiq o‘qishi lozim. Agar baholari pasayib ketsa, uning granti yaxshi o‘qiyotgan yoshlarga beriladi. Bu ham grantda, ham kontraktda o‘qiyotgan yoshlarga yaxshi o‘qish uchun motivatsiya bo‘ladi”, – deb tushuntirish berdi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov. Maʼlum qilinishicha, grantni qayta taqsimlash bo‘yicha tartib o‘qishga yangi qabul qilinadigan talabalarga taalluqli bo‘ladi. Yaʼni ayni paytda grantda o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini tamomlaguncha bu qoida tatbiq etilmaydi. Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
14.5.2024 69
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari uy-joy bozorining aprel oyidagi natijalarini sarhisob qildilar. Mart oyidagi biroz pasayishdan so‘ng, aprel oyida bozorga faollik qaytmoqda - bitimlar soni ortdi. Ijara bozori, aksincha, pasayish dinamikasini ko‘rsatdi. O‘zbekiston uy-joy bozoridagi faollik aprel oyida o‘sdi. Shunday qilib, aprel oyida bitimlar soni 11,2 foizga oshib, savdolar 20 mingtani tashkil etdi. Biroq, aprel oyidagi natija o‘tgan yilgi darajadan past bo‘ldi: yildan yilga sotuvlar hajmi 2 foizga kamaydi. Hududlar bo‘yicha ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning eng katta o‘sishi Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 24 va 22,3 foizga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23,5 foizga qayd etildi. Poytaxtning uy-joy bozorida bitimlar soni oy davomida 6,5 foizga oshdi. Ijara narxi Aprel oyida poytaxtning ijara bozori yana pasayish dinamikasini ko‘rsatdi. Xarid qilish faolligi 4,6 foizga kamaydi va 1 kvadrat metr uy-joy narxi 8,3 dollarni tashkil etdi. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi hali ham yuqori, bu yerda har kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara haqi 10,4 dollarni tashkil etadi. Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida nisbatan arzon ijara uy-joylari saqlanib qolmoqda, bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi har kvadrat metr uchun 6,3 dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan Toshkent shahrida ijara bozori 6,9 foizga qisqargan. Shunday qilib, narxlarning eng ko‘p pasaygan hududlar Yashnobod - 11,6 foiz, Yakkasaroy - 11,1 foizga va Shayxontohur bo‘ldi - 10,5 foiz. Ikkilamchi uy-joy narxi Aprel oyida ikkilamchi uy-joy narxi 0,7 foizga biroz pasaydi, yillik ko‘rsatkichlarda esa ikkilamchi uy-joy narxi 11,6 foizga oshdi. Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng yuqori o‘sishi qayd etilgan hududlar Toshkent – 23,6 foiz, Buxoro – 21,3 foiz va Xorazm viloyatlari bo‘ldi - 20,5 foiz. O‘z navbatida, poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi. Mart oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi atigi 0,2 foizga oshgan bo‘lsa, aprel oyida mos ravishda 1,1 foizga oshgan. Narx o‘sishining eng yuqori sur’atlari Bektemir – 3,8 foiz, Yakkasaroy – 3,6 foiz va Chilonzor tumanlarida qayd etildi – 3,1 foiz. Umuman olganda, yil davomida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi qariyb 13 foizga oshdi.
13.5.2024 99
Markaziy bank O‘zbekistonning 2024-yil 1-choragidagi Mehnat bozori sharhini e’lon qildi. O‘tgan yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab mehnat bozori ko‘rsatkichlari yaxshilanishda davom etmoqda. 2023-yil yakuniga, yuqori investision faollik sharoitida jami ish bilan band bo‘lgan aholi soni 312 ming kishiga yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,3 foizga oshdi. Iqtisodiyotdagi ishsizlik darajasi sezilarli darajada kamayib, 6,8 foizni tashkil qildi. Bandlikka asosiy hissa qo‘shgan sohalar qurilish va savdo tarmoqlari bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar soni kamaydi. Qaysi sohalarda ish ko‘p? Mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar) soni bilan o‘lchanadigan ishchi kuchiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Ushbu davrda bo‘sh ish o‘rinlarining o‘rtacha soni qariyb 36,8 mingtani tashkil etib, 2023-yil dekabr oyi ko‘rsatkichlariga nisbatan 14 foizga oshgan (32,2 mingta). Eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari chakana savdo, qurilish, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish va ta’lim sohalarida shakllanishda davom etmoqda. Hududlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarining asosiy qismi Toshkent shahri (60 foiz atrofida), Samarqand (11 foiz) va Toshkent viloyatlariga (9 foiz) to‘g‘ri kelgan. Ish qidirayotganlar qaysi kasb egalari? Taklif tomonidan, ish qidirayotganlar orasida e’lonlarning salmoqli qismi transport, qurilish, buxgalteriya va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ri kelmoqda. Mehnat bozorida talabning mavjudligiga qaramasdan, uning ishchi kuchi taklifi bilan ayrim tarkibiy nomutanosibliklari mavjud. Bu, bir tomondan, oldingi davrlardagi bo‘sh ish o‘rinlari sonining sezilarli qismi saqlanib qolayotganida (dastlabki, T-1 davrida 64 foiz va T-2 davrida 55 foiz atrofida), boshqa tomondan esa, xususiy sektordagi yuqori va o‘rta malakali ishchilarning ish haqlari o‘rtasidagi tafovutda namoyon bo‘lmoqda. Bunda maxsus ko‘nikmalar talab etiladigan axborot texnologiyalari, tibbiyot, ishlab chiqarish kabi sohalarda bo‘sh ish o‘rinlari o‘tgan davrlardan saqlanib qolayotgan bo‘lsa, maishiy xizmatlar, qo‘riqlash/xavfsizlik xizmatlari va talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yuqori tezliqda yangilanib kelmoqda. Ish haqi dinamikasi Ish haqi dinamikasi mehnat bozorining joriy holatini o‘zida aks ettirishda davom etmoqda. 2024 yilning birinchi choragida ish haqining nominal o‘sish sur’ati yillik 19,8 foizni, inflyatsiyani hisobga olgan holda esa 9,8 foizni tashkil etdi. Xususan, ishchi kuchiga bo‘lgan yuqori talab fonida, savdo (24,4 foizga) hamda axborot va aloqa (23,5 foizga) sohalarida yuqori ko‘rsatkichlar saqlanib qoldi. Qurilish sohasida mehnat resurslari taklifining o‘sishi hisobiga ish haqi o‘sishi pastroq shakllanmoqda (6,6 foiz). Iqtisodiyotdagi bandlik va ishlab chiqarish darajasini inobatga olganda, xizmat ko‘rsatish sohalarining aksariyatida mehnat unumdorligi ish haqi o‘sishidan ortda qolib, bu xizmat ko‘rsatish sohasi tomonidan inflyatsiyaga bosim beruvchi omillardan biri bo‘lib qolmoqda.
7.5.2024 149
Intellektual mulk sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yuzasidan 2024-yilda aniqlangan kontrafakt va soxtalashtirilgan mahsulotlar soni e’lon qilindi. Eng ko‘p hissa oziq-ovqatlarga to‘g‘ri keladi Adliya vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki choragida aniqlangan kontrafakt holatlarining 58 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rin esa gigiyena mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu jami aniqlangan holatlarning 11 foizini tashkil qiladi. Umumiy ko‘rsatkichning 7 foizi alkogol mahsulotlari, 5 foizi farmatsevtika mahsulotlari va 4 foizi boshqa turli mahsulotlarga to‘g‘ri keladi. Mualliflik huquqi bilan bog‘liq ko‘plab ishlar ham aniqlanib, bu umumiy mahsulotlarning 15 foizini tashkil etgan. Yilning dastlabki 3 oyida bu kabi jinoyatlarning eng ko‘pi Toshkent shahrida aniqlangan bo‘lib, 41 holatda soxta mahsulotlar tarqalishining oldi olingan. Keyingi o‘rinlarni Samarqand – 24 ta, Qashqadaryo – 17 ta holat bilan egallagan. 30 million jarima undirilgan Soxtalashtirish va ularni tarqatish bilan bog‘liq 44 nafar huquqbuzar jarimaga tortilgan. Ushbu shaxslardan 30 million 430 ming so‘m jarima undirilgan. Bundan tashqari, 145 ta tashkilot o‘zida ushbu turdagi qonun buzilishini bartaraf etganligi bo‘yicha hujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim etgan.
23.4.2024 183
“O‘zsuvta’minot” respublika miqyosida hududlar kesimida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha infografika taqdim etdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri 97,7 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinda bo‘lsa, eng quyi natija — Qashqadaryo viloyatida 59,4 foizni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha: Andijon viloyatida – 90,9 foizBuxoro viloyatida – 73,2 foizJizzax viloyatida – 70,4 foizQoraqalpog‘iston Respublikasi – 72,4 foizFarg‘ona viloyati – 79,4 foizXorazm viloyati – 90,4 foizSamarqand viloyati – 75,4 foizNamangan viloyati – 82,7 foizSirdaryo viloyati – 86,9 foizSurxondaryo viloyati – 62,9 foizToshkent viloyati – 79,4 foiz.